Xalqaro menejment


 TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

3.2. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli 
 
Hozirgi vaqtda TMKning dunyoga tarqalishi va ularning jahon iqtisodiyotiga 
ta’siri juda yuqori. XXI asrning boshiga kelib 500 mingga yaqin o’z xorijiy filiallarini 
boshqarayotgan 60 mingdan ko’p kompaniyalar ro’yxatdan o’tgan. TMKning qo’l 
ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 30 %, xalqaro savdoning 50 
%ga yaqini mujassamlangan. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon 
bozorlaridagi deyarli butun xom-ashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, 
o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90 %, mis va boksitning 
85 %, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75 % nazorat 
qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan 
barcha yangiliklarning 80 % to’g’ri keladi.
TMKning umumiy valyuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining 
birgalikdagi zahirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul 
miqdorining 1-2%ga siljishi istalgan ikkita milliy valyutalarining o’zaro paritetini 
o’zgartirishga qodir.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik 
mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar, xorijiy sarmoyalar 
lokomotivi bo’lib qatnashadilar va milliy chegaralardan qat’iy nazar strategik qarorlar 
qabul qiladilar.
90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati bo’yicha 
birinchi o’rinda “Royyal Datch Shell” ingliz-golland kontserni turar edi. Yirik 
TMKlarning birinchi o’nligiga 5ta amerika kompaniyalari, 2ta yapon, 1ta GFR, 1ta 
shvetsariya kompaniyasi kirar edi. 1995 yilda dunyoning nisbatan qudratli 100ta 
TMKlari ro’yxatida ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu 
Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuela”lar paydo bo’lishdi. 
Yirik TMKlar ko’pincha o’z faoliyatini ilmiy-texnik taraqqiyotini belgilovchi 
tez rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratadi. Ular 90-yillarning oxirida 
kompaniyaning 100ta yirik TMKlar ro’yxatiga kirgan kompaniyalar xorijiy 
aktivlarining 15 %dan yuqorirog’i to’g’ri keladigan elektronika sanoatiga juda faol 
qiziqmoqdalar. Bu ro’yxatlarda kimyo, qazib olish va avtomobil sanoati 
korporatsiyalari yuqori o’rinlarni egallaydi. Mislsiz hajmdagi xalqaro iqtisodiy 
bitimlarni amalga oshira turib, TMKlar, ularda savdogarlar (tijoratchilar), to’g’ri va 
portfel sarmoyadorlar, 
samarali 
texnologiyalarni 
tarqatuvchilar, 
xalqaro 
mehnat 
migratsiyasining 
stimulyatorlari sifatida ishtirok etadi. 


31 
Milliy bozorlar orasida aloqalarni mustahkamlagan xolda, TMKlar umumiy 
boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni 
internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda 
joylashgan korxonalarning texnologik tsiklini birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat 
taqsimotini amalga oshiradilar.
TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy 
strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta yoki undan ko’p 
qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan 
bog’liq. Har bir TMKdan bir-biriga bog’liq korxonalar orasida ITTKI natijalari, 
resurslar va javobgarliklarning taqsimlanishi kelishib olingan. 
TMK faoliyati unumdorligi 3ta manbaga asoslangan: 
1.Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada 
yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish; 
2.Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon 
ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan firmalarning joylashish ustunliklaridan 
foydalanish; 
3.Internatsional ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing 
tamoyilidan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasidan foydalanish; 
Moliyaviy jixatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining tarmog’i bilan 
milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda, chunki:
- ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda keltiruvchi 
mamlakatga ko’chiradilar; 
- sharkdan g’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya 
bozorlarining holati haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan, kunning so’nggida Nyu-
Yorkdagi bosh kompaniya eletron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni 
Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya 
Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va vaziyatning tahlili haqida 
ma’lumot oladi. Shunday qilib bitta TMK miqyosida to’xtovsiz tartibda ITTKIning 
ishlab turishi, dasturlashtirish va boshqalar tashkil etiladi; 
- qabul qiluvchi mamlakatlarda valyuta paritetining tebranishi va investitsion 
iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion qaltisliklarni o’z 
filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valyuta 
paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun 
qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul 
qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi; 
- xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro moliyaviy 
institutlardan qarzga olingan 
mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda 
foydalanadi. 
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat 
ustunliklaridan biri bo’lib bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan 
o’tkaziladigan ITTKI natijalaridan foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va 
litsenziyalardan foydalanganlik uchun to’lovlarning 70%ga yaqini TMK doirasida 
bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda 


32 
oxirgi yillarda TMKlar ITTKI o’tkazish xarajatlarini kamaytirish maqsadida o’z 
izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. 
Agar oldin izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh 
kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning oxiriga 
kelib xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining kengayishi bilan TMK izlanish 
markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni minimal xarajatlar 
bilan o’tkazish uchun resurs va ilmiy potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda 
o’rnashmoqdalar. 
ITTKI o’tkazish uchun TMKlar ishlab chiqarish infrastrukturasiga ega bo’lgan, 
universitetlar va milliy tadqiqot markazlari faoliyat ko’rsatayotgan, olimlarning 
maoshi unchalik katta bo’lmagan va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada 
rivojlangan qabul qiluvchi mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot 
markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omil bo’lib ilmiy muassasalar va 
sanoat korxonalari orasida aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi, qabul qilayotgan 
mamlakatning hukumati tomonidan milliy ITTKIlarni qo’llab-quvvatlanishi va 
intellektual mulkni qo’riqlashning mustahkam huquqiy asosi hisoblanadi. 
90-yillarda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, 
TMKlar bajonidil o’z tadqiqot markazlarini joylashtirayotgan ilmiy va texnologik 
parklar keng tarqaldi. Bunday parklarning muvafaqqiyatli faoliyati uchun u yerda 
olimlarning ishlashi va yashashi uchun qulay sharoitlarga ega asosiy ilmiy va o’quv 
markazining joylashishi, shuningdek, u yerda ilmiy izlanishlarni kengaytirish va 
takomillashtirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo’lishi zarur. 
TMK korxonasi samarali faoliyat yuritishining asosiy manbalaridan biriga, 
resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda, bosh 
kompaniya uyushtiradigan internatsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda 
xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati TMKning umumiy strategiyasiga 
muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun 
xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi hamkorlik aloqalarini 
ishlatadilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har xil shakllari birgalikda 
qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan birgalikda 
ishlatiladi va TMK xorijiy filiallari mahsulotlarini olib chiqish hisobiga eksport 
amalga oshiriladi. 
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish kapital, texnologik jarayonlar, 
malakali xodimlarning migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat chegaralari orqali 
yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot 
chiqarishni o’zida ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning 
boshqaruv quroli (instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab 
chiqarish xarajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega 
mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment hisoblanadi. Bunda 
savdo bozorlarini kengaytirishda TMK korxonalarining raqobatbardoshlik ustunligi 
namoyon bo’ladi.
Xalqaro kompaniyalar ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning 3 xil 
strukturasi mavjudligini ko’rsatadi (5-rasm): 
1. 
Gorizontal 
2. 
Vertikal 


33 
3. 
Diversifikatsion
Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini 
kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul 
qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda xalqaro kompaniya bu 
mahsulotga bo’lgan talab saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z 
korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan 
TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida 
aniqlanishi mumkin.
TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil mamlakatlarda ishlab 
chiqarish jarayonini: bir mamlakatda xom ashyo qazib olish, boshqa mamlakatda 
unga ishlov berish va yarim tayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, 
uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig’ishni yagona texnologik zanjirga 
birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bunday 
strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu 
jumladan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar xaridorlarining ehtiyojlarini 
qondirishga butun e’tiborni qaratish, butun texnologik jarayon uchun umumiy reja 
bo’yicha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, 
bosh kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish muomalalarida texnik 
darajani oshirish imkonini ko’zda tutadi. 
Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKIdan 
hududiy ajratilishi vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab chiqarishda yetkazib 
berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil qilishga, ya’ni ishlab 
chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida 
aloqalar va bog’lanishlarni yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab 
chiqarishning o’zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini 
ratsionallashtirishga ma’lum jixatdan bog’lab qo’yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro 
vertikal integratsiya darajasi bir TMK filiallarining mana shu kompaniyaning boshqa 
mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo’li bilan aniqlanishi 
mumkin. 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash – bu turli qabul qiluvchi mamlakatlarda 
rang-barang mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu 
mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va shu tovarni eksport qilishdan ko’ra 
maqsadga muvofiqligi, qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import boji 
miqdori bilan aniqlanadi. Yuqori import boji va o’sayotgan talab vaziyatida xalqaro 
kompaniya shu mahsulot eksporti o’rniga uni import qiluvchi mamlakatda ishlab 
chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari bir turdagi mahsulotni 
shu mamlakatda, boshqa turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish xalqaro kompaniyaga o’zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot 
mustahkam talabga egaligi va yangi bozorda o’rnashish bo’yicha muvaffaqiyatsizligi 
holatida, kompaniya o’z yo’qotishlarini har xil mamlakatlardagi boshqa tovarlarni 
chiqarish va sotishni oshirish hisobiga qoplashi mumkinligi bilan sug’urtalagan holda 
yangi bozorlarga kirish imkonini beradi. 


34 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin