41
tomonlarning (kapital yetishmasligi, ilmiy-texnik sohada orqada qolish va b.) xorijiy
sarmoyadorlar faoliyati bilan to’ldirilishi mumkinligi.
3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning
murakkablik darajasi va xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda sotish
kanallarining jahon bozorida qabul qilingan kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi.
Ichki talabning rivojlanish tendentsiyalari TMK xorijiy filiali mahsulot assortimentini
shakllantirish yo’nalishlarini belgilaydi.
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro kompaniyani
qabul qiluvchi mamlakatda mahsulotini yirik iste’molchilarining mavjudligi haqidagi
axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda
loyihalashtirilayotgan korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi
tarmoqlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat
sohasini tanlashda keyingi muhim omil bo’lib mahalliy firmalar – potensial yetkazib
beruvchilarning texnik darajasi (sifatli butlovchi detallarni yetkazib berish
imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.
90-yillarda jahon bozorlarida amal qilgan kompaniyalar qo’llagan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari va turlari o’z ustunliklari va
kamchiliklariga ega. Amerikalik iqtisodchilar tomonidan taklif qilingan ularning
turkumlanishi 2-jadvalda berilgan.
2-jadval. Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va
turlarining afzalliklari va kamchiliklari
Dostları ilə paylaş: