Xalqaro menejment


Partners Program) amalga oshiriladi. 90-yillarda uning asosida YEIga a’zo-



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)


Partners Program) amalga oshiriladi. 90-yillarda uning asosida YEIga a’zo-
mamlakatlar kompaniyalarini ularning O’rta yer dengizi, Osiyo va Lotin Amerikasi 
davlatlaridagi faoliyatida qo’llab-quvvatlash amalga oshirildi. YEIga a’zo-
mamlakatlarning 1000 dan ortiq kompaniyalari qabul qiluvchi mamlakatlar firmalari 
bilan qo’shma korxonalar faoliyatida va uzoq muddatli litsenzion kelishuvlarda ushbu 
dastur ko’magida foydalandilar. Dastur qabul qiluvchi mamlakatlarda YEI a’zo-
mamlakatlari kompaniyalari loyihalarining barcha bosqichlarini moliyalashtirishga 
yordam beradiki, unga texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga grantlar, qabul qiluvchi 
mamlakatda qo’shma korxonalar tashkil qilish sharoitlarini oldindan o’rganishga, 
personal o’qitishga va ITTKIga foizsiz qarzlar kiradi.
AQShda 
amerikalik 
investorlarning 
xorijda 
xususiy 
xorijiy 
kapital 
qo’yilmalarini 
moliyalashtirish 
bo’yicha davlat korporatsiyasi – OPIK 
moliyalashtiradi. U amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalarini 
siyosiy tavakkalchilikdan sug’urtalaydi va ularning samarali xorijiy faoliyati uchun 
yana qator xizmatlar ko’rsatadi. Lotin Amerikasi va Karib basseyni mamlakatlari 
iqtisodiy o’sishini ta’minlash uchun maxsus rivojlanish dasturlari alohida ajralib 
turadi.
OPIK yordami quyidagi shartlarga rioya qilinganda beriladi:


57 
a) amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalari AQShda bandlik 
darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak;
b) ular moliyaviy jihatdan oqlangan bo’lishi va yuqori foyda keltirishi kerak;
v) ular qabul qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib 
hissa qo’shishi lozim.
Yaponiya Eksport-import banki yapon firmalarining bevosita xorijiy 
investitsiyalarini moliyalashtiradi va yapon firmalari bilan qo’shma korxonalar 
tashkil qilish uchun chet el hukumatlari va xususiy kompaniyalarga qarzlar beradi. 
Bu bank shuningdek xorijda ijtimoiy infrastruktura loyihalarini sarmoyalovchi yapon 
firmalariga kafolatlar beradi. Bundan tashqari, Yaponiyada rivojlanayotgan 
davlatlarni investitsiyalashga byudjetga soliq ajratmalarni kamaytirish ko’rinishidagi 
imtiyozlar mavjud.
TMK odatda bosh kompaniyalar joylashgan mamlakatlar va qabul qiluvchi 
mamlakatlar hokimiyat tuzilmalarida o’z manfaatlarini himoyalashni tashkil etadi. 
Bunda iqtisodiyotni muvofiqlashtirish davlat organlari xalqaro kompaniyalar 
istaklarini har doim ham va darhol bajarmaydilar. Bu istaklar ba’zan milliy firmalar, 
ishchi va xodimlar manfaatlariga, muayyan mintaqa ekologiyasiga va byudjet 
imkoniyatlariga zid keladi.
Shu bilan birga davlat iqtisodiyot tarmoqlarini va mintaqalarni cho’zilib ketgan 
krizisdan chiqarish maqsadida ustuvor rivojlantirishdan, jadal ilmiy-texnik taraqqiyot 
sharoitlarini yaratishdan, tarmoqlar va mintaqalar ichki va butun xalq xo’jaligida 
progressiv tarkibiy o’zgarishlar uchun sharoitlar yaratishdan manfaatdor bo’lganda, u 
xalqaro kompaniyalarga moliyaviy stimul va davlat kapital qo’yilmalari yo’li bilan 
rag’batlantiruvchi ta’sir etadi. 90-yillarda ko’p davlatlar siyosatida ichki bozorlar 
hajmini kengayishi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat rolini cheklash, 
korxonalarni xususiylashtirish, erkin savdo zonalarini tashkil qilish kabi xalqaro 
kompaniyalar uchun jozibali tendentsiyalar namoyon bo’ldi. 
Global menejer xalqaro kompaniya xorijiy filiali tashabbuslariga qabul qiluvchi 
mamlakat ma’muriy organlarining munosabatini oldindan ko’ra olish muhim. Turli 
vaziyatlarda xalqaro tashkilotlarning qabul qiluvchi davlatlar hukumatlari bilan ko’p 
yillik munosabatlari tajribasi xalqaro iqtisodiy hamkorlikning uchta asosiy 
komponentini (tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar, bevosita xorijiy investitsiyalar) 
mamlakatga kiritish va chiqarishga qarab qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi 
yo’nalishlarni turkumlash imkoniyatini beradi (4-jadval). 
1. Mamlakatdan olib chiqish holida: 
a) tovarlar va xizmatlar olib chiqish hajmini kengaytirishga yordam beruvchi va 
davlat uchun muhim bo’lgan texnologik sirlar ochilish havfini tug’dirmaydigan 
tayyor mahsulotlar, texnologiyalar eksporti, shuningdek milliy kompaniyalar sotish 
bozorlarini kengaytiruvchi kapital olib chiqilishi odatda davlat tomonidan 
rag’batlantiriladi.
b) mashina va uskunalar, komplektlovchi mahsulotlar va yarimfabrikatlar 
eksporti mamlakat iqtisodiyotiga foyda yoki zarar keltirishiga qarab davlat tomonidan 
rag’batlantiriladi yoki cheklanadi. Bu yerda barcha narsa bu mahsulotlar va 
yarimfabrikatlar milliy korxonalarga yetarliligiga va ularning xorijga chiqarilishi 


58 
milliy korxonalar raqobatchilarini jahon bozorida mustahkamlanishiga olib 
kelmasligiga bog’liq. 
Jahon bozorida milliy korxonalar ahvolini yomonlashtiruvchi texnologiyalar 
eksporti davlat tomonidan cheklanadi. Shu bilan birga milliy korxonalarni yoqilg’i-
xomashyo resurslari bilan ta’minlovchi kapital chiqarilishini davlat rag’batlantiradi. 
v) qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va 
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga ko’maklashuvchi kapital chiqarilishi 
investor davlati iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirsa ushbu davlat tomonidan 
rag’batlantiriladi. Agar kapital chiqarilishi milliy korxonalar raqobatchilarini jahon 
bozoridagi ahvolini yaxshilasa, investor mamlakatida ishchi joylari sonini qisqartirsa 
davlat kapital chiqarilishini cheklaydi. 
2. Mamlakatga olib kirish holida: 
a) murakkab bo’lmagan standart tayyor mahsulotlar, ularni tayyorlash uchun 
texnologiyalar hamda ularni xorijiy kompaniyalar firma belgisi bilan ishlab chiqarish 
va sotish huquqi importi investor sotish bozorini kengaytirishga mo’ljallangan kapital 
olib kirish kabi davlat tomonidan rag’batlantirilmaydi; 
b) mahalliy xomashyo resurslarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan 
bog’liq mashina va uskunalar, butlovchi mahsulotlar, yarimfabrikatlar, ularni ishlab 
chiqarish texnologiyalari, kapital importi davlat tomonidan rag’batlantiriladi; 
v) xorijiy firma filiallarida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi va uning 
xarajatlarini kamaytiruvchi bevosita xorijiy investitsiyalar bu firmalar mahsuloti 
milliy korxonalar raqobatbardoshligi darajasini pasaytirmagan holda davlat 
tomonidan rag’batlantiriladi. Aks holda davlat bunday yo’nalishdagi BXIlarni 
cheklaydi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin