59
yarimfabrikatlar
chiqaruvchilar
uchun
texnologiyalar importi
ishlash va foydalanish bilan
bog’liq
v)
mashina
va
uskunalar importi
____
Ishlab
chiqarish
samaradorligini oshiruvchi
Xulosa
Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlari vakolatga ega
davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro kompaniyalar faoliyatini
barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijroiya va nazorat xarakteridagi tadbirlar
tizimi yordamida tashkil qiladi.
Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik kapitalida
xorijiy investor ulushini cheklash; ishlab chiqarishni boshqarishdagi cheklashlar
foydani taqsimlashda maksimal ulushni aniqlash; litsenziyalar patentlar berish
shartlari; buxgalterlik hisobotini tekshirish kiradi.
Xalqaro kompaniyalarning qabul qiluvchi mamlakatda o’z xorijiy filiallarini
tashkil etish maqsadlari:
- sotish bozorlarini kengaytirish;
- eksport hajmini ko’paytirish;
- xomashyo materiallari bilan ta’minlash;
- antiqa texnologiyalarni xarid qilish;
- faoliyat samaradorligini oshirish.
Qabul qiluvchi mamlakat xalqaro kompaniyalarni quyidagi tadbirlar yordamida
o’z iqtisodiyotiga jalb qiladi: tartibli tadbirlar, soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda
subsidiyalar va qarzlar berish, savdo imtiyozlari, xorijiy firmalar tadbirkorlik
faoliyatiga ko’maklashish.
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyati ikki usulda –
milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy yo’llar bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: