65
shakllanishi uchinchi mamlakatlardan, asosan YEI va Yaponiyadan bevosita va
portfel investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag’batlantiradi.
YEIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya, Irlandiya,
Portugaliya) qo’shma byudjet fondlaridan moliyaviy yordam berilsa, NAFTA
Meksikaga bunday yordam ko’rsatmaydi. Uning yangi vaziyatlarga yolg’iz
moslashishiga to’g’ri keladi. Shunga qaramay NAFTA yordamida Meksika o’z
iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish
muddatini yarim asrdan 10-15 yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning
uchun ikki shimoliy davlat va Meksika o’rtasidagi tovar ayirboshlashni faol
erkinlashtirish jarayoni boshlanishi zarur, chunki kanada-amerika savdosida savdo
to’siqlari bartaraf etib bo’lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar ayirboshlash
cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va oziq-ovqat tovarlari bilan o’zaro
savdoda boj to’lovlari 65%ga kamaytirilgan, qolgan to’lovlarning ko’pchiligi esa
2003 yilda tugatiladi. Energoresurslar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, avtomobillar va
to’qimachilik tovarlari bozorini asta-sekin liberallashtirish mo’ljallangan.
Meksika qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha har bir shimoliy sherik bilan
alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o’z bozoriga Kanada va
AQShning yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini ta’minlash uchun Amerika va
Kanadada ishlab chiqarilgan kompyuterlarga avvalgi 20%lik boj to’lovini butunlay
olib tashladi, uchinchi mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to’lovi asta-sekin
3,9%gacha pasaytiriladi. Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika bozoridan
arzon yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish imkoniyati beriladi. 10 yil
mobaynida Meksika avtomobillar importiga ko’pgina cheklashlarni olib tashlashi
kerak, bu esa amerika eksportyorlariga bozorni kengaytirish imkonini beradi. Bundan
tashqari, 90-yillar o’rtalarida Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini
kengaytiruvchi qonun kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p
tarmoqlarida kapitalni “har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi. Xorijiy
tadbirkorlarga energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab topish va qazib
chiqarishga
transport
va
kommunikatsiya
infrastrukturasiga
mablag’lar
investitsiyalash hozircha ta’qiqlanadi. Keyinchalik qatnashish ulushi cheklangan
sohalarda uni 2001 yildan boshlab- 51 % gacha, 2004 yildan boshlab – 100 % gacha
kengaytirish ko’zda tutilmoqda.
Meksika banklar va sug’urta kompaniyalarida xorijiy firmalarning ishtirok
etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa Amerika va Kanada
moliyaviy kapitalining Meksika sug’urta bozorining 3 dan 1 qismini egallash
imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: