63
va rejalashtirish maqsadida tashkil qilinganYevropa ko’mir va po’lat birlashmasi)
nomenklaturasi tovarlariga tarif preferentsiyalari qo’llanilmaydi.
PUT YEI Kengashi tasdiqlaydigan har yili qayta ko’rib chiqiladigan sxemalar
asosida amal qiladi. PUT harakat qilishining asosiy maqsadi faqat preferentsial rejim
taqdim qilingan mamlakatlardan faqat shu rejim qo’llaniluvchi tovarlarni imtiyozli
sharoitlarda olib kirilishini ta’minlashdan iborat. Tovarning kelib chiqish
mamlakatini o’rnatish qoidalari bo’yicha ma’lum
mamlakatlarda butunlay yoki
import materiallariga jiddiy ishlov berish yordamida ishlab chiqarilgan tovar shu
mamlakatdan kelib chiqqan hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat faqat bojxona
idoralari tomonidan beriladigan maxsus hujjat-sertifikatni taqdim etish bilan o’z
tovarining kelib chiqish faktini tasdiqlaydi.
Kontingentirlash va import ustidan nazorat YEIga a’zo-mamlakatlarning
mahsuloti bilan raqobatlashayotgan tovarlarning olib kirilishini cheklash va to’xtatish
maqsadida qo’llaniladi. Ayrim savdo sohalarida (masalan, qora va rangli metallar)
kontingentirlash roli namoyon bo’ladi. Yevroittifoq hududida bunday tovarlarning
muomalaga kiritilishi uchun importga ruxsatnoma yoki tegishli a’zo-mamlakatlarning
maxsus organlari tomonidan o’rnatilgan kvotalar chegarasida berilgan shunga
o’xshash hujjat talab qilinadi.
Xususan, Yevroittifoq sobiq SSSR mamlakatlaridan alyuminiy olib kirishga
cheklovlar kiritdi. Yevroittifoq Komissiyasi buni bizning korxonalarimizning sun’iy
pasaytirilgan energiya haqi va nisbatan yengilroq ekologik me’yorlar ko’rinishida
katta ustunliklarga egaligi bilan asoslaydi.
Eksportni “ixtiyoriy” cheklash haqidagi kelishuvlar importer va eksporter
o’rtasidagi kelishuv natijasi bo’lib, haqiqatda ular eksporterga qat’iyroq
cheklovchi
choralarni qo’llash havfi ostida o’tkaziladi. YEIning to’qimachilik mahsulotlari va
qora metallarning asosiy yetkazib beruvchilari bilan qator kelishuvlar eksportni
“ixtiyoriy” cheklashga yaqqol misol bo’la oladi.
Dempingga qarshi tadbirlar Yevroittifoq tomonidan uchinchi mamlakatlardan
importni cheklab turish uchun faol qo’llaniladigan notarif to’siqlar qatoriga kiradi.
YEIning dempingga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi YEI Komissiyasi eksporter-
mamlakatda haqiqiy eksport va ichki baholarni taqqoslaydi, demping miqdori esa
ushbu tovar ichki bahosining eksport bahosidan ortiq miqdori bilan aniqlanadi.
EIning antidemping qonunchiligi YEI barcha a’zo-mamlakatlarining hududida
bir vaqtda himoya choralari kiritilishini belgilaydi.
Texnik to’siqlar notarif xarakterga ega choralarga kiradi.
Bu guruh ichida
muomalada bo’lgan va tashqaridan olib kirilayotgan sanoat mahsulotlariga me’yorlar
va standartlar – sifat xarakteristikalari, komponentlar dozirovkasi va boshqalar kiradi.
Milliy me’yorlarni uyg’unlashtirish va barcha YEI a’zo-mamlakatlari uchun sanoat
mahsulotlariga yagona standartlarni ishlab chiqish jarayoni bilan birga 1985 yildan
beri Yevroittifoqda soddalashtirilgan tartib: ayrim tovarlar uchun emas, balki yirik
tovar guruhlariga (avtomobillar, elektrotexnik uskunalar) va atrof-muhit muhofazasi,
iste’molchilar manfaatlari himoyasi va boshqa jixatdan ahamiyatga ega bo’lgan faqat
asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha yagona me’yorlar o’rnatiladi.
Eksportni tartibga solish – eksport nazorati va olib chiqishni cheklash – a’zo-
mamlakatlarning milliy havfsizligi,
milliy boyliklarni saqlash, intellektual mulkni
64
himoya qilish, aholi hayoti va salomatligi, atrof-muhit muhofazasi maqsadlarida
kamroq tovar guruhlariga qo’llaniladi.
Evroittifoqda a’zo-mamlakatlar tashqi iqtisodiy ekspansiyaning ko’pgina
muhim instrumentlari – eksportga davlat subsidiyalari, eksport kreditlari,
eksportyorlarga turli soliq, ma’muriy va boshqa turdagi yordam ko’rsatish usullarini
qo’llashda mustaqilliklari saqlangan.
Hozirgi vaqtda YEIda sanoat mahsuloti eksportini tartibga solish asosan a’zo-
mamlakatlar siyosatini muvofiqlashtirish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi.
Eksport kreditlarini taqdim qilish sharoitlarini kelishishga alohida e’tibor beriladi.
Shu maqsadda maxsus organ – sug’urtalash, kafolatlar
va moliyaviy kreditlar
sohasida siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha guruh tuzilgan, unga YEI barcha a’zo-
mamlakatlari va YEI Kengashi vakillari kiradi.
Eksportni tartibga solishning boshqa instrumentlari ko’proq: miqdoriy
cheklashlar (neft va uni xaydashdan olinadigan mahsulotlar), eksportni bevosita
ta’qiqlash va litsenziyalash (kimyo mahsulotlari, radioaktiv moddalar) kabi ma’muriy
choralar hisoblanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib chiqishni tartibga solish xususiyatlariga
eksportni subsidiyalash kiradi: YEI qishloq xo’jalik fondi (EI yagona byudjetining
tarkibiy qismi) xarajatlarining umumiy miqdori yagona agrar siyosatni o’tkazish
uchun barcha sarflarning 20-40 % ini tashkil qiladi. Ko’p hollarda subsidiyalar
ma’lum tovarlar (galla, sut mahsulotlari) bo’yicha jahon baholaridan ancha yuqori.
Subsidiya darajasi har bir konkret holda YEI Komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: