Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

 
 
 


56 
5.3. Milliy kapital eksportini rag’batlantirish 
 
Iqtisodiyotda milliy kapital ortiqchaligi sezilayotgan davlatlar uning chet elga 
chiqarilishini rag’batlantiradi. Davlatning xalqaro kompaniyalar eksport-investitsion 
faoliyatini qo’llab-quvvatlashining asosiy shakllari bo’lib imtiyozli moliyalashtirish; 
foydaga soliq kamaytirilishi bilan bog’liq yo’qotishlarni qoplovchi maxsus kreditlash 
tizimi; potensial zararlarni sug’urtalashning kengaytirilgan doirasi hisoblanadi. 
Oxirgi shakl raqobat erkinligi tamoyilini buzmaganligi va shu tarzda xalqaro 
kelishuvlar ta’qiqlash me’yorlarini ostiga tushmasligi sababli keng tarqaldi. Bundan 
tashqari, turli mamlakatlarning davlat organlari o’z eksporterlariga keng axborot 
doirasini taqdim etadi.
Xorijiy tadbirkorlik (shu jumladan, kapital) bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar 
o’z davlatlari ko’magini olishi uchun uchta asosiy shart bajarilgan bo’lishi kerak: 
1. Xalqaro kompaniyalarni xorijiy filiallari foyda keltirishi, ya’ni ularning 
texnologiyasi ishonchli, ishlab chiqarishni tashkil qilishi samarali bo’lishi kerak. 
2. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallari qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiy 
rivojlanishiga ko’maklashishi zarur. Ularning texnologiyasi qabul qiluvchi mamlakat 
mahalliy resurslaridan foydalanishga mo’ljallangan mehnat sig’imli bo’lishi kerak. 
3. Xalqaro korporatsiyalar xorijiy tadbirkorligi bosh kompaniya joylashgan 
mamlakat iqtisodiyotiga – ishlab chiqarish, bandlik va h.k. zarar yetkazmasligi kerak. 
Masalan, Janubiy Koreya moliya va iqtisodiyot vazirligi kapital chiqib ketishini 
to’xtatish uchun ichki kapital qo’yilmalarni xorijga investitsiyalar sharti deb aytdi va 
100 mln. dollardan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy kompaniyalar 
ichki kapital qo’yilmalar hajmini 20 % ga ko’paytirishni ta’minlashi kerak. 
Sarmoyador-mamlakatlar hukumatlari xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantirib, o’z 
milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga oshirishga ko’maklashadi. Masalan, 
YEIda investitsiyalarga ko’maklashish dasturi (European Community Investment 
Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin