55
Ko’p tomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish ko’ptomonlama universal
shartnoma-kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Unda BMT tizimi muassasalari va
integratsion birlashmalar (EI, NAFTA, ASEAN va b.) ishtirok etadi. Xorijiy
tadbirkorlik
masalalari
bo’yicha eng mashhur ko’ptomonlama universal
konventsiyalarga 1965 yil “Qabul qiluvchi mamlakatlar va xorijiy xususiy
sarmoyadorlar o’rtasida investitsion bahslarni hal qilish haqida”gi Vashington
konventsiyasi kiradi.
Bu konventsiyaga binoan unga qo’shilgan davlatlar va investorlar bahslarni hal
qilish uchun Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB) qoshida investitsion
bahslarni muvofiqlashtirish bo’yicha Xalqaro markazga murojaat qilishi mumkin.
Ko’rsatilgan muassasaga murojaat etishning shart-sharoiti bo’lib, ularning bahsni
kelishtiruvchi tadbir yoki arbitraj sudi yordamida hal qilishga yozma roziligi
hisoblanadi.
1985 yil Seul konventsiyasi asosida XTTB qoshida xorijiy xususiy
investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha Xalqaro agentlik (XXISXA) tashkil etilgan.
Bu tizim bo’yicha sug’urtachi – XXISXA sug’urtalanuvchi – xorijiy investor bilan
imzolangan shartnomaga muvofiq siyosiy havflar vujudga kelgan taqdirda
sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan miqdorni to’lash majburiyatini
oladi. Sug’urtalanuvchi o’z navbatida sug’urtachiga har yili sug’urta to’lovini to’lash
majburiyatini oladi.
90-yillar oxirida Butunjahon savdo tashkiloti (BST) doirasida savdo bilan
bog’liq xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi tizim – TRIMS (Trade Related
Investment Matters) shaklida xorijiy investitsiyalarni ko’ptomonlama xalqaro-
huquqiy tartibga solish keng tarqaldi. TRIMS doirasida milliy hukumatlar
faoliyatining muhim jihatlari qatorida quyidagilarni muvofiqlashtirish amalga
oshiriladi:
- xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarda milliy korxonalar mahsuloti ulushi (bu ushbu mahsulotlarni bojxona
to’lovlaridan ozod qilish sharti sifatida qaraladi);
- xorijiy investor korxonasining u bilan qo’shma milliy korxona uchun
mahsulotida import komponentlar ulushi ko’rsatilgan korxona mahsulotining eksport
hajmiga teng bo’lishi haqidagi talab;
- xorijiy investor tashkil qilgan korxonalarda eksport hajmini cheklash.
BST doirasida xalqaro kompaniyalar va milliy hukumatlar sarmoyaviy
faoliyatini tartibga solishning yana bir yo’nalishi bo’lib Xizmatlar bo’yicha bosh
kelishuv (GATS) hisoblanadi. Bunday maxsus kelishuvni qo’llash zaruriyati tez o’sib
boruvchi xizmatlar sohasi va ishlab chiqarish eksporti ko’pincha telekommunikatsiya
va aloqa sohasida buxgalterlik va auditorlik faoliyat turlarida, axborot ma’lumotlarini
qayta ishlash va dastur ta’minoti sohalarida xalqaro kompaniyalarning xorijda
maxsus ishlab chiqarish filiallarini tashkil qilishini ko’zda tutishi sababli vujudga
keldi.
Dostları ilə paylaş: