Xalqaro menejment


 MERKOSURda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

6.5. MERKOSURda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari 
MERKOSUR - Lotin Amerikasi mamlakatlarining (Argentina, Braziliya
Paragvay va Urugvay) 200 mln. aholiga va 1 trln. dollardan ortiq YaMMga ega yirik 
va eng dinamik rivojlanib borayotgan savdo-siyosiy ittifoqidir. Bu mamlakatlarga 
qit’a aholisini 45 % dan ortig’i, jami YaMMning 50%dan ortig’i, bevosita xorijiy 
investitsiyalarning 40 %dan ortig’i, Lotin Amerikasi mamlakatlari jami tovar 
aylanish hajmining 60 % dan ortig’i va tashqi savdo hajmining 33 % dan ortig’i 
to’g’ri keladi.
1991 yilda MERKOSUR tashkil qilish to’g’risidagi Shartnomada istiqbolda 
to’rtta mamlakat o’rtasida o’zaro savdodagi barcha to’lovlar va tarif cheklovlarini 
bartaraf qilish, uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona boj tarifini o’rnatish, kapital 
va ishchi kuchini erkin harakatlanishi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa 
sohalarida siyosatni muvofiqlashtirish, valyuta-moliya sohasida strategiyani kelishish 
nazarda tutiladi. MERKOSUR Shartnomasi, shuningdek 2000 yilgacha ko’p tovarlar 
uchun (qurol va xarbiy texnika, radioaktiv materiallar, nozik metallar, milliy madaniy 
boylik predmetlari bilan savdo bundan mustasno) notarif cheklovlarni tugatishni 
ko’zda tutadi. 
Integratsiya jarayonini boshqarish uchun milliy boshqaruv organlari, tashqi 
ishlar vazirlaridan tarkib topgan Umumiy bozor Kengashi, ijroiya organi – 
Montevideoda doimiy faoliyat ko’rsatuvchi shtab-kvartiraga ega bo’lgan Umumiy 
bozor guruhi, shuningdek, shu Guruhga bo’ysunuvchi 10 ta texnik hay’atlar tashkil 
etilgan. Bu hay’atlar tashqi savdo, bojxona tartibi, yer usti va suv transporti, sanoat 
texnologiyalari, qishloq xo’jaligi va energetika masalalari, shuningdek texnik 
me’yorlar, valyuta va makroiqtisodiy siyosat bilan shug’ullanadi. A’zo-mamlakatlar 


67 
o’rtasida savdo nizolarini hal qilish uchun maxsus organni tuzish bo’yicha choralar 
amalga oshirilmoqda.
MERKOSURning amal qilish natijalari ushbu bojxona ittifoqi tuzilishi 
yakunlanmaganligiga qaramay, integratsion guruhning ma’lum yutuqlaridan dalolat 
beradi. Blok ichki eksport hajmi 1991-1998 yillarda to’rt barobar o’sdi, shu davr 
ichida integratsion guruh a’zo-mamlakatlarining uchinchi mamlakatlarga umumiy 
eksporti 30 % dan ortiqroq o’sdi. Shu davr ichida MERKOSURdan tovarlar olib 
chiqishning umumiy hajmida blok ichki eksportining ulushi 9 dan 20 % gacha o’sdi. 
MERKOSUR miqyosida o’zaro tashqi iqtisodiy aloqalar kengayishi uchinchi 
mamlakatlardan kiritilgan xorijiy investitsiyalarga ham tegishli. Masalan, 
Argentinada avtomobil zavodi qurilishiga 100 mln. dollar kiritgan “Toyota motors” 
yapon korporatsiyasi bu mamlakatda har yili 20 ming yengil yuk tashuvchi-pikaplar 
ishlab chiqarishni mo’ljallagan. Bu avtomobillarning yarmini Braziliyaga braziliya 
korxonalarida ishlab chiqilgan butlovchi mahsulotlar evaziga olib chiqish ko’zda 
tutilgan.
MERKOSURda 
integratsion 
jarayonlar 
a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi 
qiyinchiliklar va ziddiyatlar bilan birga rivojlanmoqda. Masalan, uchinchi 
mamlakatlardan importga yagona tashqi tariflar o’rnatilgan muddatlarda kelishilmadi. 
MERKOSUR a’zo-mamlakatlari umumiy YaMMining 90 %iga to’g’ri keladigan 
Argentina va Braziliya o’zining yaratilayotgan yuqori texnologik sanoat tarmoqlarini, 
ya’ni kompyuterlar va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishni xorijiy 
raqobatchilardan himoyalashga alohida e’tibor bermoqda. Xususan, 90-yillar 
o’rtalarida Braziliya uchinchi mamlakatlar bilan elektron, neftkimyo sanoati va og’ir 
mashinasozlik mahsulotlari bilan savdo qilishda import bojlarini 35 % darajasida, 
Argentina 12 % darajasida, Braziliya va Argentinaga texnologik bog’lanib qolishdan 
havfsirayotgan Urugvay va Paragvay minimal boj to’lovlari kiritishni yoqlab 
chiqdilar.
EI, NAFTA, ASEAN va MERKOSUR miqyosida integratsion jarayonlarning 
rivojlanishi xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro kompaniyalarning strategik 
imkoniyatlarini quyidagi yo’nalishlarda kengaytirayotganligidan dalolat bermoqda: 
1) eksportdan importni qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini tashkil 
qilish bilan bevosita xorijiy investitsiyalarga o’tish; 
2) kapitallar va tovarlarning erkin ko’chishi sababli BXI samaradorligini 
oshirish; 
3) BXI o’sishiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish 
hajmining ko’payishi; 
4) kompaniyalar birlashishi uchun imkoniyatlarning kengayishi.
Xulosa 
Davlatlar xalqaro iqtisodiy integratsiyasini amalga oshirishda keyinchalik 
davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi turli davlatlarning kompaniyalari 
darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga intilish muhim turtki bo’ladi. XX asr 
nihoyasida 100 dan ortiq davlatlarni qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion 
guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.


68 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy va xalqaro tadbirkorlik tuzilmalari 
manfaatlariga javob beradi, chunki: 
- korxonalar faoliyatining geografik doiralarini kengaytirishga; 
- tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini xalqaro ayirboshlashda 
chegaraviy to’siqlarni bartaraf qilishga; 
- masshtab effekti afzalliklarini realizatsiya qilishga; 
- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va yangiliklar 
kiritish oqimining o’sishiga; 
- integratsion guruh a’zo davlatlar kompaniyalarining ITTKIga xarajatlarini 
ko’paytirish hisobiga raqobatbardoshligini mustahkamlashga yordam beradi. 
Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko’rsatkichlari: 
- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi; 
- integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi hajmida 
ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi; 
- integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini ularning 
boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish; 
- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa davlatlar 
firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar soni bilan 
taqqoslash.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin