7.3. Osiyo menejment uslubi
Osiyo menejment uslubi g’arbiy menejmentdan farq qiladi va quyidagi
xarakterli xususiyatlarga ega:
72
- turli “yumshoq” tuzilmalarga urg’u berish, bunda firmalararo munosabatlar
tegishli kelishuvlarni tuzish bilan rasmiy asosda emas, balki kompaniya
rahbarlarining ishonchi, o’zaro tushunishi, qardoshlik va do’stona munosabatlar
asosida olib boriladi;
- menejerlarning yuqori ta’lim darajasi, ularning malakasini muntazam
oshirish; bo’ysunuvchilarning rahbarlar bilan munosabatlarida g’amxo’rligi;
- kompaniyalar strategik rejalarining muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning
bir-biriga ishonchi;
- firmani rivojlantirish umumiy maqsadiga qo’shma hissa qo’shish muhimligini
tushunish.
Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreyada kompaniyalar kishilarga faqat bandlik
va daromadni ta’minlab qolmay, balki o’zini namoyon etishga imkoniyat yaratadi,
jamiyatda
ma’lum
o’rinni
egallashga
ko’maklashadi,
ya’ni
mehnatni
motivlashtirishni o’zgartiradi. Yapon firmalarida iktidorli mutaxassisga uning
g’oyalarini rivojlantirish va hayotga tadbiq etish uchun maxsus departament tashkil
qilingan, firma esa muvofiq tarzda o’z faoliyat doirasini o’zgartirgan yoki
kengaytirgan hollar ma’lum.
Bu mamlakatlarda boshqaruv samaradorligi asosida do’stona va jipslashgan
jamoalarni tuzish yotadi. Ular mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish
munosabatlari rasmiy va norasmiy omillarini qo’shish, menejment ratsional usullarini
shimoliy amerika tipidagi individualistik madaniyatdan farqli holda faqat
rahbarlarning ishonchi va o’zaro tushunishiga asoslangan irratsional firmalararo
aloqalar bilan qo’shib uyg’unlashtirish yordamida tashkil qilinadi.
Yapon menejmenti uslubining amerikanikidan tubdan farqlanishiga misol bo’lib,
ishga oid masalalarni sekin, ularning mohiyatiga asta-sekin yaqinlashib, muhokama
qiluvchi yapon biznesmenlarining muzokaralar o’tkazish odatini keltirish mumkin.
Ular avval sheriklar o’rtasida o’zaro tushunish va ishonchga erishishga, so’ngra
asosiy muammolarni muhokama qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga munosib
sheriklar o’rtasidagi muzokaralarga huquqshunoslar jalb qilinmaydi.
Mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari bo’yicha g’arbiy
mutaxassislar o’n yillab Osiyo, xususan yapon menejmenti uslubini o’rganadilar.
Unga bo’lgan qiziqish hozirda ham susaymagan. Xususan, 1999 yil avgustda
“Ekonomist intillidjens yunit” tadqiqot markazi chop etgan obzorga binoan “Nissan”,
“Toyota”, “Xonda” yapon avtomobillarini ishlab chiqaruvchilar yiliga bir ishchiga
to’g’ri keladigan avtomobillar soni bo’yicha birinchi o’nlikka kirgan. Masalan,
Buyuk Britaniyadagi “Nissan” kompaniyasi zavodi yiliga bir ishchiga 105 avtomobil
ishlab chiqaradi,Yevropada o’rtacha unumdorlik 52 avtomobilni tashkil qiladi. Yapon
menejment uslubini o’rganish asosida yapon menejmenti amaliyotiga quyidagi
namunaviy chora-tadbirlar kiradi degan xulosaga kelish mumkin:
- firmaning barcha xodimlari uchun ertalabki badantarbiya;
- ish vaqtida maxsus kiyim;
-har kuni konsensus usuli bilan qaror qabul qiluvchi rahbarlar majlisi;
- kompaniyaga sodiqlikni unda ishlash sharti sifatida tarbiyalash;
- ishchi va xizmatchilarning ish vaqtidan tashqari ishlashga tayyorligi bilan
ishdagi muvafaqqiyatlari uchun albatta mukofotlash;
73
- ishchilar, menejerlar, kompaniya rahbarlaridan iborat “sifat to’garaklari” va
“nol defektlar” guruhlarining amal qilishi (bu to’garaklar va guruhlarning maqsadi –
firma normal faoliyati uchun to’siqqa aylangan maxsus muammoni hal qilish);
- rahbarlar va ishchilar uchun bitta oshxona va kompaniyaning barcha xodimlari
uchun “oilaviy” norasmiy ovqatlanishlar;
-
departament
rahbarlarida
kabinet
yo’qligi,
ular
bo’ysunuvchilarga
mehnatsevarlikni namoyish qilish uchun o’z ish joyini ular bilan umumiy xonada
joylashtirishni istaydilar;
- mehnatga haq to’lash va xizmat martabasining ko’tarilishida asosiy omil bo’lib
firmadagi ish staji hisoblanadi;
- ishga umrbod yollash;
- rahbarlarning bo’ysunuvchilar bilan odobli muomala qilishi;
- katta omborxonalardan qutulish va firma xodimlarini intizomga o’rgatish
imkoniyatini beruvchi aniq muddatda yetkazib berish amaliyoti;
- ishlab chiqarish jarayonida tanaffuslarni iloji boricha kamaytirish;
- ishchi va xizmatchilar nafaqaga chiqqanidan so’ng ularning barcha oila
a’zolariga pensiya nafaqasini to’lash.
Yaponiyada ishlab chiqarishni va mahsulot sotishni tashkil etish xususiyatlariga
“sogo shosha” savdo uylari va subetkazib beruvchilarning katta rolini kiritish
mumkin. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng “sogo shosha” tizimi Yaponiyada
sanoatning tez tiklanishi va uning dunyo yetakchilaridan biri darajasigacha
zamonaviylashtirilishiga yordam berdi. Zamonaviy yapon sanoatining barpo etilishi
eng rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng jalb etish yordamida amalga oshirilgan.
U vaqtda “sogo shosha” rivojlangan mamlakatlardan samarali texnologiyalar va
uskunalarni import qilish, so’ngra esa boshlang’ich materiallar va Yaponiyada
zamonaviylashtirilgan samarali mashina va uskunalarni eksport qilish kanallari bo’lib
xizmat qildi.
90-yillar o’rtasida “sogo shosha” ga yapon eksportining 40 % dan ortig’i va
importning 70 % ga yaqini to’g’ri keldi. Jahon bozorida “sogo shosha”dan tashqari
yapon TMK larining faoliyati kengayishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Ular o’z tashqi
iqtisodiy aloqalari, xalqaro marketing va o’z sotish tarmoqlarini tashkil qilmoqdalar.
“Sogo shosha” ustunliklariga: jahon bozorlari konyukturalarini o’rganish, butun
dunyo bo’ylab yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan keng aloqalar, yaxshi
yo’lga qo’yilgan xorijda sotish tizimi, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar, xizmatlar,
kapitallar oqimini tashkil etish tajribasi, narhlar tizimi, mahsulot sifati, mijozlarni
bilish va yo’lga qo’yilgan yetkazib berish sxemasi, o’rta va kichik firmalar uchun
ichki va tashqi bozorlarga chiqish sharoitlarini yaratish kiradi.
Yaponiya sanoatida subetkazib beruvchilar faoliyati tizimini sxematik ravishda
piramida
ko’rinishida
tasvirlash
mumkin
(7-rasm).
Masalan,
yapon
avtomobilsozligida piramidaning yuqori qismida katta to’rtlik – Yaponiyaning eng
yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari – “Nissan”, “Toyota”, “Mitsubisi
motors”, “Xonda”, piramidaning o’rta darajasida ularning 500 ta bevosita subetkazib
beruvchilari, pastki darajada - subetkazib beruvchilardan 20 mingta asosan o’rta va
kichik firmalar joylashgan.
74
Yapon menejment uslubining afzalliklari boshqa mamlakatlarda ham namoyon
bo’ldi. Masalan, 90-yillar boshida “yaxshi didli, yosh qalbli va yetarli daromadli
kishilar uchun” avtomobillar ishlab chiqarish, german “Porshe” kompaniyasi
sotuvlarining keskin kamayishi va firma rahbariyatining ishlab chiqarish
xarajatlarining o’sishi ustidan nazoratni yo’qotishi tufayli bankrotlik yoqasiga va
mustaqillikni yo’qotishiga kelib qoldi. Qarzlarga botgan kompaniyani germaniya
avtogigantlari “Mersedes-Bens”, “BMV” va “Folksvagen” sotib olishga tayyor edi.
“Porshe” mustaqilligini ma’muriyatning “o’z kamchiliklaridan nobud bo’lishdan
ko’ra, o’zga tajriba yordamida tuzalmoq afzal” degan g’oyasi va “Sin gidzyutsu”
(tarjima qilinganda – yangi texnologiya) yapon maslahat firmasi mutaxassislarini
taklif qilish qarori qutqarib qoldi. Yapon mutaxassislari uch yil ichida “Porshe”ni
qayta qurdi. Natijada yig’ish konveyeri qisqartirildi, bir necha uchastkalar va
yordamchi xonalar yo’qoldi, zavodning hududiy maydoni 30 % ga kamaydi,
avtomobil yig’ish sur’ati esa deyarli 40 % ga o’sdi va ishlab chiqarish nosozligi
(brak) kamaydi.
Hal qiluvchi momentlardan biri bo’lib nemis intizomi va pedantizmi o’rniga
yapon menejmenti tomonidan yaratilgan ijodiy muhit o’rnatilishi xizmat qildi.
Mehnat avvalgi uskunalarda o’sha ishchilar va muxandislar yordamida amalga
oshirilmoqda. Ishchi va muxandislar yapon menejmenti ta’sirida ratsionalizatsiya
jozibadorligini anglab, har oyda yaponlar tomonidan zamonaviylashtirilgan mehnat
jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ikki yarim mingta taklif-tashabbuslar taqdim
qilmoqdalar.
Yapon novatsiyalarining kiritilishi amalda menejment va butun ishlab chiqarish
tsiklini tashkil etish nuqtai-nazaridan yangi “Porshe” kompaniyasi vujudga kelishiga
olib keldi. “Porshe” moliyaviy qiyinchiliklardan qutildi, yuqori foyda ko’rmoqda va
bozorga yangi model – marketing taxmini bo’yicha 50 ming dollar bahoda ikkio’rinli
Аvtоmobilsozlik
kompaniyalari
500 tа subyetkazib
beruvchilar
20000 tа o’rta va kichik
firmalar
Dostları ilə paylaş: |