88
xorijiy filial faoliyatini qat’iy nazorat qilishga asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda
ulardan foydalanish kompaniyaga qimmatga tushadi.
Kolumbiya universiteti olimlari o’tkazgan tadqiqot natijalari ham shuni
ko’rsatdi, chunki mahalliy mutaxassislarning ish xaqi,
ularning uy-joy xarajatlari,
ular ma’muriy xonalar va transport xarajatlari bosh kompaniya mutaxassislariga
nisbatan kamroq. Masalan, Malayziyada xorijiy filialni AQShdan yuborilgan
boshqaruvchisini ta’minlash qiymati amerika TMKsi uchun yiliga 200 ming dollarga
teng, mahalliy boshqaruvchi yollanganda esa 20 ming dollarga teng bo’ladi.
Xulosa
Xalqaro menejer bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z darajasidagi
rahbardan ko’ra odatda kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi.
Xalqaro menejer o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun xorijiy davlat
sharoitlariga
tez moslasha olishi, ish manfaati yo’lida xalqaro tafovutlarni yenga
olishi, xorijiy sheriklar bilan muloqotda egiluvchanlik va o’z kompaniyasi
qiziqishlarini himoya qilishda qat’iyatlikni ko’rsata olishi va shu kabi bir qator
boshqa zaruriy qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak.
Global menejerning qabul qiluvchi mamlakatda inson resurslarini boshqarishi
bosh kompaniya joylashgan mamlakatdagiga qaraganda bir qator farqlarga ega.
Har bir xalqaro kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda
mahalliy personalni
TMK filiallarida ishlash uchun o’z o’qitish dasturlari va usullariga ega.
Ko’pgina xalqaro kompaniyalar chet elda ishlash uchun xodimlarni tanlashga
katta e’tibor beradilar. Buning uchun nomzodlar va ularning oila a’zolari stresslar,
muloqot qilish bo’yicha psixologik testlardan o’tadi, kasbiy bilimlarni baholash
o’tkaziladi.
Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallar rahbariyatini qabul qiluvchi mamlakat
fuqarolaridan shakllantirish quyidagi afzalliklarga ega:
-mahalliy xodimlarning xizmati xalqaro kompaniyaga arzonroq tushadi;
-ayrim
qabul
qiluvchi
mamlakatlarda
xizmat
qilayotgan
mamlakat
chegarasidan tashqarida kasbiy ma’lumot olgan buxgalterlar
va huquqshunoslar
xizmatidan foydalanish imkonini bermaydigan talablar mavjud.
-mahalliy kadrlar ishlab chiqarish munosabatlari, milliy iste’molchilar talabi
xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat doiralari bilan bevosita aloqalarga
ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: