1. Mehnat bozorining xilma-xilligi. Har bir mamlakatda ishchi kuchi tarkibi
va unga qilinadigan xarajatlar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, transmilliy
kompaniyalar turli mamlakatlar ishchi kuchi bozoriga bemalol kira olishlari tufayli
bundan foyda ko’rishlari mumkin. Masalan, AQShning “General motors”
korporatsiyasining Meksikada joylashgan yordamchi korxonasida asosan past
malakali ishchilar ishlaydi, “IBM” korporatsiyasining Shveytsariyadagi ilmiy-
tadqiqot bo’limida aksincha, yuqori malakali fizik mutaxassislar ishlaydi.
Kompaniyalar xorijiy resurs va bozorlarga kirganlarida, ular tomonidan ishlab
chiqarilayotgan ayni bir turdagi mahsulot mehnat bozorlaridagi mavjud tafovutlar
ta’sirida turlicha bo’lishi mumkin.
2. Ishchi kuchi harakatining muammolari. Ishchi kuchining boshqa
mamlakatga ko’chishi jarayonida insonlar oldida huquqiy, iqtisodiy, jismoniy va
madaniy to’siqlar vujudga keladi. Transmilliy kompaniyalar, aksincha, bu
jarayondan, ayniqsa,
mehnat bozoridagi tafovutlar zarur
mutaxassisliklar
yetishmovchiligini olib kelganda katta foyda oladilar. Bunday vaziyatlarda ko’pincha
kompaniyalarda kadrlarni tanlash va tayyorlash, mehnat xaqi to’lash va xodimlarni
rag’batlantirish, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish bo’yicha o’z
uslubiyatlarini ishlab chiqishga to’g’ri keladi.
3. Boshqarish uslubi va tajribasi. Boshqarish uslubiga turli mamlakatlarda
turlicha yondashadilar. Buning tasdig’i tariqasida ishchilar va ma’muriyat o’rtasidagi
munosabatlarning amaldagi ijtimoiy me’yorlarini ko’rsatish mumkin. Shunga
o’xshash tafovutlar bosh firma va uning filiallari xodimlari o’rtasidagi
munosabatlarda keskinlik tug’dirishi yoki boshqaruvchi ishining o’z mamlakati
ichidagi mehnat unumdorligiga nisbatan xorijdagi faoliyati samarasini pasaytirish
90
mumkin. Ayni vaqtda xodimlarni boshqarishning milliy xususiyatlari bilan tanishib
chiqish bir mamlakat doirasidan ikkinchi mamlakatga ijobiy tajribalarning o’tishiga
imkon beradi.