Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

4. Milliy yo’nalganlik. 
Garchan kompaniyalar maqsadlari qatorida global 
masshtabda yuqori samara va raqobatga erishish vazifasi ko’rsatib o’tilgan bo’lsada, 
aslida uning xodimlari (ishchilar ham, boshqaruvchilar ham) global emas, balki 
milliy manfaatlarga ko’proq urg’u berishlari mumkin. Xodimlar bilan ishlashning 
ayrim usullari tor milliy orientatsiyani chetlab o’tishga yordam berishi mumkin. 
5. Nazorat. 
Hududiy jihatdan olislik va xorijiy faoliyatning o’ziga xos 
xususiyatlari kabi omillar nazorat olib borishda qiyinchilik tug’diradi. Shu bois 
xorijiy ishlab chiqarish boshqaruvini ta’minlash uchun kompaniyalar tomonidan 
ayrim hollarda kadrlar siyosatining aniq belgilangan tamoyillariga rioya qilish talab 
qilinadi. Lekin masofaviy olislik va mamlakat xususiyatlari kompaniya ma’qul 
topgan kadrlar siyosatini olib borishni murakkablashtirishi mumkin, va bu o’z 
navbatida turli xil siyosat olib borishga majbur qiladi. 
9.2. Xorijiy korxonalarni boshqarish shakllari 
 
Ingliz tilida so’zlashadigan inson xalqaro biznesda muvaffaqiyat qozonmoqchi 
bo’lsa, qaysi xorijiy tilni o’rganishi lozim? Bu ko’proq ish beruvchining qaysi 
mamlakatda biznes bilan shug’ullanayotganligi hamda inson qayerda faoliyat olib 
bormoqchi ekanligiga bog’liqdir. Shunga qaramasdan, 1990 va 2010 yillar orasida 
qaysi xorijiy til eng muhim bo’lishi to’g’risida amerika firmalari xodimlarining fikri 
o’rganilganda, 44% respondentlar ispan tili, 33% esa yapon tili eng asosiy til bo’ladi 
deb javob berdilar. 1%dan kam foiz olmagan qolgan tillar orasida Fransuz tili (8%), 
xitoy tili (6%), nemis tili (5%) va rus tili (1%) o’rin oldi. 
Kompaniyaning xorijdagi filialining rahbari mustaqil ishlay olish qobiliyatiga 
ega bo’lishi kerak, chunki chet eldagi ko’pgina vazifalar xarajatlarni qisqartirish 
maqsadida bekor qilingan. Firmaning shtab-kvartirasida menejer mutaxassislardan 
zarur maslahatni olish uchun bemalol boshqa xonaga o’tishi yoki telefonda 
qo’ng’iroq qilishi mumkin, lekin filialning rahbari esa ko’proq faqat o’z fikri va 
shijoatiga suyanishi lozim. 
Bosh firma xodimlari xorijiy xizmat safarlarida filial rahbarlari kabi, o’z 
oilalaridan vaqtincha uzoqda bo’lishlari bilan bir qatorda har xil muammolarga duch 
kelishlari mumkin. Garchan bosh firmaning ko’pgina lavozimlari vazifalarida xizmat 
safarlariga, shu jumladan, chet el xizmat safarlariga chiqish ko’zda tutilgan bo’lsada, 
mahalliy xizmat safarlari, shanba va yakshanba kunlari o’z oilasiga kelib ketish 
imkoniyati mavjud bo’lganligi tufayli, unchalik uzoq tuyulmaydi. Xalqaro biznes 
bilan shug’ullanadigan bir tadbirkor ushbu vaziyatni hazil bilan shunday tasvirlab 
bergan: 
“Qachon xizmat safariga borishni va qachon qaytishni oldindan rejalashtira 
olmaysan. Tug’ilgan kunlarda ishtirok etish, tomoshalar, yubiley marosimlari yoki 
oilaviy bayramlar va boshqa tadbirlarga borish sening hayotingda qoida emas, balki 
kamdan-kam sodir bo’ladigan voqeaga aylanib qoladi. Sen safarda bo’lgan 
chog’ingda, qarzlarni qaytarish muddati yaqinlashib qolishi, kredit kartochkasi 


91 
bo’yicha hisoblarni olib kelishlari, uydagi uskunalar ishdan chiqishi, farzanding kasal 
bo’lib qolishi, soliq nazoratchisi tekshirish uchun kelishi, turmush o’rtog’ing esa sen 
bilan ajrashish to’g’risida ariza berishi mumkin”. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin