98
yaxshi moslashadilar. Bundan tashqari ayrim kompaniyalar
har xil test usullaridan
biri bo’lgan “Boshlang’ich identifikatsiya dasturi”dan foydalanish orqali u yoki bu
shaxsning ma’lum bir sharoitga moslashish qobiliyatini baholaydi. Bir nechta boshqa
testlar yordamida odamning o’z xulq-atvorini o’zgartirishga tayyorligini ko’rsatuvchi
shaxsiy xususiyatlari baholanadi. Bunday testlarga «Minnesota ko’pmartalik shaxsni
baholash», «xarakter qirralarini Juilford-Simmerman bo’yicha aniqlash” va “Ell-Port-
Vernon qimmatliklarni aniqlash tizimi”ni misol sifatida keltirish mumkin. Juda kam
kompaniyalar xizmat safariga ketayotgan xodimlarning turmush o’rtoqlari bilan
testlar va suhbatlar o’tkazadilar. Chunki xizmat safariga ketayotgan xodimga nisbatan
uning oila a’zolari uchun yangi sharoitlarga va muhitga moslashishi qiyin kechadi.
Xodimning boshqa davlatga ishga yuborilishi lavozim ko’tarilishidir,
lekin uning
ayoli uchun u yerda mehnat faoliyatini yangidan boshlashi kerak bo’ladi. O’z
dugonalari va oila a’zolaridan ajralish ayoli uchun yolg’izlikni olib keladi. Ayrim
kompaniyalar chet elda mehnat faoliyatini yuritish uchun xodimlarni tanlash va
tayyorlashning murakkab tartibidan foydalanadilar. Bu jihatlarning
tahlili tanlash
tartibining murakkabligi va moslashuvchanlik o’rtasidagi ijobiy bog’liqlikni
ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: