94
mahalliy muhitning salbiy ta’siriga uchrashi mumkin. Masalan, menejerning obro’si
tan olinishi uchun ma’lum
vaqt zarur, ekspatriantga esa xizmat safari muddati
yetmasligi mumkin. Ko’pincha mahalliy xodimlar xorijliklarga yaxshi lavozim
berilgan va ko’proq ish xaqi to’lanadi deb o’ylaydilar.
Xorijiy boshqaruvchi
firmaning umumiy maqsadlariga erishish uchun notanish qarorni qabul qilishi
mumkin. Agar bunga xorijliklarga nisbatan salbiy munosabatlar qo’shilsa,
ekspatriantga o’z ishini muvaffaqiyatli bajarish juda qiyin bo’ladi. Shuning uchun
ayrim nomzodlar xorijga yuborishda umuman ishtirok etmaydi. Masalan:
Janubiy
Afrikada qora tanli menejer, Liviyada – yaxudiy, Yaponiyada – juda yosh ayol,
Saudiya Arabistonida –
boshqaruvchi-ayol, chunki ular ish olib borishda jiddiy
muammolarga uchrashi mumkin.
Kompaniyalar xodimlarning xorijga yuborilishida ularni mahalliy aholi
tomonidan qanday qabul qilinishiga juda jiddiy qaraydilar deb hisoblash mumkin.
Masalan, ayollarga bo’lgan munosabatlar quyidagicha xarakterlanishi mumkin:
- ayollar erkaklarga buyruq bermasligi kerak;
- ayollar o’ta hissiyotlarga berilgan, ularning o’rni uyda;
- buyurtmachilar ular bilan ishlashni xush ko’rmaydilar;
- qo’l ostidagilar ularni jiddiy qabul qilishmaydi;
- ular og’ir sohalarda ishlay olmaydilar;
- ular turmush o’rtog’ining xizmat martabasini buzishni hohlashmaydi.
Shularga
asoslanib, firmalar juda kam hollarda xorijiy filiallar boshqaruviga
ayollarni tayinlaydi. Lekin o’z mamlakatidan tashqarida ham barcha ishni
uddalaydigan ayollar ham mavjud. Ammo, ular sanoat
ishlab chiqarishi sohasida
emas, balki Yaponiya, Tailand va Hindiston kabi davlatlarda xizmatlar ko’rsatish
sohasida ko’p uchraydi. Chunki bu davlatlarda ularni eng avvalo xorijiy fuqaro, keyin
esa ayol sifatida qabul qilishadi. Xorijda ayol boshqaruvchilarning mahalliy aholi
tomonidan ijobiy qabul qilinishi uchun ba’zi tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Unga
ko’ra
yoshi katta, oliy toifali, xizmat pog’onasida bir necha marta ko’tarilgan va
shular natijasida katta mavqega ega bo’lgan ayollarni tanlash maslahat beriladi.
Mahalliy rahbariyatga ayol nomzodning yuqori malakasi to’g’risida oldindan axborot
berish va boshqaruvda mahalliy ayollar ishlab turgan joyga tayinlash maqsadga
muvofiqdir. Bundan tashqari uning tashqi muhitga moslashib
olishi uchun xizmat
safari uzunroq muddatga ega bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: