Boshqaruv xodimlari malakasini oshirish. Ko’p millatli korporatsiyalar
barcha xodimlarda korporativ tizim tushunchasini hosil qilish uchun xorijliklarni o’z
mamlakatidagi bosh kompaniyaga yoki uning hududiy bo’limlariga jo’natadi,
mahalliy kadrlarni esa xorijga yuboradi. Ixtisoslashgan faoliyat mamlakatlar bo’yicha
taqsimlangan
ba’zi
firmalarda,
boshqaruvchida
birlashgan
yondashuvni
rivojlantirishning yagona yo’li xorijga uzoq muddatga xizmat safariga jo’natishdir.
Xorijga jo’natish boshqaruvchida turli xil ijtimoiy tizimlarda ishlash qobiliyatini
rivojlantirishi mumkin va shuning uchun bosh firma yoki uning xorijiy filiallarida
yuqori lavozimlarni egallash uchun yaxshi tayyorgarlik bo’ladi.
Nazorat. Ko’p
millatli
kompaniyaning
tashkiliy
rivojlanishini
muvofiqlashtirish va filiallarda ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish uchun
xodimlarni qisqa muddatli xizmat safarilariga jo’natish va bir ishdan boshqa ishga
ko’chirish qo’llanadi. Bu maqsadlarga bosh firmadan xizmat safariga
yuborilganlarning barcha narsalarni umumfirma holati bilan baholashga odatlanishi,
lavozimlarni tez-tez o’zgartirish yaxlit tizim haqida bilim olish imkoniyatini berishi
orqali erishiladi. Bosh firma va filiallar o’rtasida tajriba va kadrlar almashishi yo’li
bilan yangi korporativ madaniyat vujudga keladi. Bu firma oldiga qo’yilgan
vazifalarning bajarilishini nazorat qilish vositasi bo’lishi mumkin.
Kelib chiqish va uchinchi mamlakatlarning kadrlari. Texnologiya,
mahsulot va jarayonlarni amalga oshirishdagi yangiliklarning ko’pchiligi bosh
firmada vujudga keladi va keyinchalik xorijdagi filialga yuboriladi. Ekspatriantlarni
xorijiy filiallarda ishlatish ko’pincha ularning yangi uslublarni joriy etish hohishi
bilan xarakterlanar ekan, bosh firmada ishlash tajribasiga ega xodimlar (odatda bosh
firma joylashgan mamlakat fuqarolari) shu talablarga javob beradi. Biroq, uchinchi
mamlakat kadrlari ekspatriantlarga qaraganda ba’zan yuqoriroq texnik va shaxsiy
ko’nikmalarga ega. Masalan, AQSh kompaniyalaridan biri Perudagi zavodni
boshqarish va loyihalashtirish uchun mahalliy boshqaruvchilar tayyor bo’lguncha
amerika mutaxassislaridan foydalangan. Bir necha yildan keyin kompaniya
Meksikada o’lchami, mahsulot ko’rsatkichlari va boshqaruv bazasi bo’yicha
Perudagi zavodga o’xshash zavodni qurishga qaror qildi va ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish hamda rejalashtirish uchun Meksikaga moslashuvchan va ispan tilida
so’zlashadigan perulik mutaxassislarni jo’natdi.