Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Tayanch iboralar: 
menejment uslubi, g’arbiy menejment uslubi, sharqiy 
menejment uslubi “Sifat to’garaklari”, “Sogo Shosha”, “aniq muddatda” (Just in 
time) shartlarida yetkazib berish. 
Nazorat savollari:
 
1.
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki davrida 
qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin bo’lgan tashqi iqtisodiy bitimning asosiy 
elementlarini aytib bering. 
2. Menejment uslubi deganda nimani tushunasiz? 
3. G’arbiy menejment uslubini ta’riflang. 
4. Osiyo menejment uslubini ta’riflang. 
5.
Sanoat korxonalariga “Sogo shosha” qanday imkoniyat beradi?
6. Umumqabul qilingan ishbilarmonlik etikasining asosiy talablari nimalardan 
iborat? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


80 
8 - BOB. XALQARO BIZNESDA KADRLAR SIYOSATI
 
8.1. Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari 
 
Xalqaro menejer odatda bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z 
darajasidagi rahbardan ko’ra kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi. Eng avvalo 
u qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida faoliyat ko’rsatishga moslashishi hamda o’z 
korporatsiyasi aktivlarini yo’qotish imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek 
qabul qiluvchi mamlakat hukumati yoki raqobatchilar xatti-harakatlari sababli 
bozordagi o’z ulushining qisqarishiga qarshi choralar ko’rishi kerak. 
Bundan tashqari, u yuqori martabali hukumat a’zolari bilan muloqotlar olib 
boradi va demak, siyosatchilar va diplomatlarga zarur bo’lgan qobiliyatlarga ega 
bo’lishi kerak. 
U o’z xorijiy faoliyati va xususan qaror qabul qilish jarayonida ikkita asosiy 
savolga: 1) Kim bilan ish olib borayapman? 2) O’z xorijiy sherigimdan nima 
kutishim mumkin? degan savollarga javob topish uchun chet ellik sheriklar 
to’g’risida to’la axborotga ega bo’lishi zarur. Bunda sheriklar bilan to’g’ridan-to’g’ri 
vositachilarsiz ishbilarmonlik munosabatlari o’rnatishga harakat qilishi lozim. Shu 
bilan birga sheriklar, raqobatchilar va istemolchilarni ularning millatidan qat’iy nazar 
jiddiy o’rganish va ular bilan muloqot qilishda ularning balki boshqa madaniyat 
an’analarida tarbiya topganligini nazarda tutishi kerak bo’ladi. 
Xalqaro 
menejer 
vazifalarini 
muvaffaqiyatli 
bajarishni 
ta’minlovchi 
qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:

xorijiy davlat sharoitlariga tez moslasha olish; 

xalqaro tafovutlarni e’tiborga olib fikrlay olish va ish manfaati yo’lida 
ularni yengish; 

yaratuvchan tashabbus; 

oldindan ko’zlangan reja bo’yicha harakat qilish; 

chet ellik sheriklar bilan muloqotda egiluvchanlik va kompaniya 
manfaatlarini himoya qilishda qat’iyat; 

sof vijdonlilik; 

qabul qilinuvchi qarorlarning to’g’riligi; 

kutilmagan vaziyatlarga hozirlik; 

berilgan imkoniyatlardan eng yaxshi variantini tanlash imkoniyati; 

tadbirkorlik; 

hamkorlikka intilish; 

uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishni istamaslikning yo’qligi; 

maqsadga intiluvchanlik; 

muloqotga oson kirishish; 

chet tilini bilish;

jamoada ishlash va ishontira olish; 

chet elliklarning urf-odatlari va madaniyatiga sabrli bo’lish; 

ruhiyat mustahkamligi; 

yaxshi umumiy salomatlik; 


81 

oilada yaxshi munosabatlar; 

fikrni tez jamlay olish va harakatlarga tayyor bo’lish; 

ierarxik tuzilma, ya’ni har bir bo’ysunuvchi bitta rahbarga ega tuzilma 
o’rniga keluvchi matritsali boshqaruv tizimi sharoitlarida ishlay olish; 

chet elda ishlash istagi. 
Global menejerga xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish ikkita 
asosiy omillar: 1) tashqi iqtisodiy aloqalarning ob’ektiv zaruriyati; 2) turli 
mamlakatlardan sheriklar uchun bu aloqalarning o’zaro manfaatdorligi va iqtisodiy 
samarasi bilan aniqlanishini bilish muhim. 
Bunda barcha vaziyatlarda sheriklar o’rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik 
prinsipiga asoslanishi kerak. 
Chet elda jamoa boshqarishda menejer uchun korxona faoliyatiga mahalliy 
xodimlarning malakasi va uzoq muddatli strategiyani hisobga olgan holda firmaning 
eng ratsional tuzilmasini faoliyat yuritish tizimi, mehnat uslubi, shtat jadvalini tatbiq 
qilish navbatini aniqlab olish muhim.
Global menejer qabul qiluvchi mamlakatlarda inson resurslarini boshqarishda 
quyidagi farqlarga duch keladi: 
1) Mehnat bozorlaridagi sifat tafovuti – rivojlanayotgan mamlakatlarda past 
malakali ishchilar va indrustrial mamlakatlarda yuqori malakali xodimlar mavjud. 
Yuqori darajadagi ishsizlikka ega qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyaning 
xorijiy filiali shtatini butlash odatda osonroq. 
2) Ishchi kuchi ko’chishining muammolari - huquqiy, iqtisodiy, jismoniy va
madaniy to’siqlar.
3) Boshqaruv usuli va amaliyoti – ishchilar va ma’muriyat o’rtasida o’zaro 
munosabatlarning ijtimoiy me’yorlari. Irqi, jinsi, dini, kelib chiqishiga qarab 
kamsitilishiga yo’l qo’yib bo’lmaslik. Shu bilan bir vaqtda qabul qiluvchi 
mamlakatda joriy qilingan bajarilgan ish sifati va miqdoriga ko’ra haq to’lash va 
rag’batlantirish prinsiplarini hisobga olish maqsadga muvofiq. 
4) Baynalmilal yo’nalganlik, ya’ni tor milliy yo’nalishli personal tafakkurini 
global ko’lamda kompaniya faoliyati yuqori samaradorligiga erishishga qaratgan 
holda shakllantirish. 
5) Nazorat - qabul qiluvchi mamlakat hududiy yiroqligi va sharoitlar 
xususiyatlari bosh kompaniyaning xorijiy filial personalini nazorat qilishni 
qiyinlashtiradi. 
6) Kasaba soyuzlar bilan munosabatlar - barcha davlatlarda standartlarni 
unifikatsiyalash tendentsiyasi tobora yaqqol namoyon bo’lib borayotganligiga 
qaramay turli mamlakatlarda mehnat havfsizligi me’yorlari bir-biridan farq qiladi. 
TMK xorijiy filiallari bilan jamoaviy shartnomalar muhokamasida kasaba soyuzlar 
o’rni zaiflashgan, negaki TMK bo’ysunish mexanizmlarining murakkab tizimini
ishlab chiqarishning xalqaro diversifikatsiyasi va korxonalarni ish joylari bilan birga 
chet elga olib chiqish havfini qo’llaydi. Shu bilan bir vaqtda TMK korxonalarida 
mehnat sharoitlari mahalliy kasaba soyuzlar qoidalari nazarda tutgan darajadan 
ko’pincha yuqori bo’ladi. Turli mamlakatlarda inson resurslarini boshqarishning 
barcha tafovutlarida asosiy prinsipga - ishchi va xizmatchilar ongida kompaniyaning 
samarali faoliyatidan manfaatdorlikni tarbiyalashga rioya qilish zarur. 


82 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin