Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Korxonalar tashqi 
iqtisodiy faoliyati turi 
 
Afzalliklar 
 
Kamchiliklar 
Tashqi savdo 
Sotish bozorini kengaytirish, milliy 
ishlab chiqarishni 
rag’batlantirish
Bojxona to’siqlari sababli sotish 
xarajatlarini 
oshirish, 
valyuta 
paritetlariga bog’liqlik
Litsenziyalar ayirboshlash, 
franchayzing, 
yetkazib 
berishlar
Kam 
sarmoyalar 
sababli 
qaltisliklarning qisqarishi, muayyan 
turdagi faoliyatga tor ixtisoslashuv
Litsenziyalar 
va 
subetkazib 
beruvchilar 
faoliyati 
ustidan 
nazorat uchun kam imkoniyatlar 
Chet el korxonalarining 
qurilishi, 
firmalarning 
qo’shilishi
Sarmoyador 
tomonidan 
to’la 
nazorat, korxona joylashuv o’rnida 
aniqlik
Katta kapital qo’yilmalar evaziga 
qaltislik 
va 
qabul 
qiluvchi 
mamlakatda notijorat qaltisliklari 
Strategik alyanslar 
ITTKIda 
kooperatsiya 
texnologiyalar 
ayirboshlashni 
kengaytirishda 
va 
qo’shma 
korxonalar tashkil qilishda keng 
imkoniyatlar
Qo’shma dasturlarni o’tkazishni 
nazorat 
qilish 
qiyinchiliklari, 
qarorlar qabul qilish muddatlarini 
uzaytirish, unikal mahsulotga 
monopoliyani yo’qotish havfi
Bevosita 
xorijiy 
investitsiyalar 
Sotish bozorlarini kengaytirish va 
axborot 
olish 
imkoniyatlarini 
kengaytirish 
Xorijiy aktivlarni yo’qotish havfi 
 
4.2. Qabul qiluvchi mamlakatni tanlash 
 
Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga eng katta 
e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil qilish haqida qaror qabul 


42 
qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlarning sharoitlarini to’rtta asosiy 
aspektda: bozor, iqtisodiy, mahalliy sharoitlarning xususiyatlari va raqobatbardoshlik 
aspektlarida o’rganib chiqiladi. 
Bozor 
aspektida 
qulay 
omillarga 
bozor 
hajmi, 
ishlab 
chiqarishga 
mo’ljallanayotgan mahsulotlarga yoki mahalliy bozorda taqdim qilinishga 
mo’ljallanayotgan xizmatlarga talab o’sishining yuqori sur’atlari, yirik 
iste’molchilarning mavjudligi, xorijiy sarmoyadorni qiziqtirayotgan tovarlar va 
xizmatlar hayotiy stiklining uzunligi, uning reklamasini mahalliy iste’molchilar 
tomonidan yaxshi qabul qilinishi, sotish tarmog’ini baynalmilallashtirish imkoniyati 
kabi omillar kiradi.
Bozor aspektida xalqaro menejerning qabul qiluvchi mamlakatda ishlab 
chiqarish va sotishga mo’ljallanayotgan tovarlar va xizmatlar iste’molchilarini 
turmush tarzi, intilishlari, istaklari xususiyatlariga qarab guruhlarga taqsimlanishini 
bilishi foydali. Xaridorlik talabining mavsumiy tebranishlari va sarmoyalar 
yo’nalishlaridagi tendensiyalar haqidagi ma’lumotlar ham katta ahamiyatga ega. 
Xalqaro menejer izlanishlarining predmeti bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda sotish 
kanallarining tuzilishi, ulgurji va chakana savdo xususiyatlari hisoblanadi. 
Iqtisodiy jihatdan u yoki bu mamlakatni qabul qiluvchi sifatida tanlash haqidagi 
qaror qabul qilishga xalqaro ko’lamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish natijasida 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qisqartirish, manbalarning keng doirasidan 
ilmiy-texnik va tijorat axborotlarini olish imkoniyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
birligiga ITTKI sarflarini qisqartirish kabi omillar ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tadbirkorlik faoliyatining mahalliy sharoitlariga qabul qiluvchi mamlakatning 
an’analari: bojxona tarifini, import va eksport kvotalarini, tovarlar va xizmatlarning 
importi bilan bog’liq mahalliy me’yorlar va standartlar, tadbirlar, tovar belgisi va 
xizmat ko’rsatish belgisini patentlash sharoitlarini o’z ichiga olgan qonunchilik 
kiradi. 
Xalqaro menejer uchun qabul qiluvchi mamlakatda, ayniqsa, uning hududida 
ishlab chiqarishga va sotishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarga nisbatan 
tadbirkorlik faoliyatining o’rnatilgan tartibi haqidagi axborot muhim. 
Qabul qiluvchi mamlakat savdo palatasi va tijorat assotsiatsiyalarining xalqaro 
menejerni qiziqtiruvchi tovarlar va xizmatlar bozorini erkinlashtirishga qaratilgan 
tadbirlari haqidagi axborotni olish foydali. Bosh kompaniya mamlakatining qabul 
qiluvchi mamlakatdagi elchixonasi yoki savdo vakolatxonasining mahsulot 
realizatsiyasiga ko’maklashish maqsadida amalga oshirayotgan xatti-harakatlari 
to’g’risida xabardor bo’lishi muhim o’rin tutuadi. Xalqaro kompaniya uchun 
quyidagilar alohida ahamiyatga ega: 
- valyutani muvofiqlashtirish tizimi; 
- mulkchilik huquqlari kafolatlari (xorijiy kompaniyalar mulki ekspropriatsiya 
qilinganda kompensatsiya to’lovining miqdori va uni to’lash shakli haqidagi masalani 
o’z ichiga olgan holda); 
- qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan kelishmovchiliklarni xalqaro 
arbitrajda hal qilish imkoniyati; 
- bevosita xorijiy investitsiyalar uchun ochiq tadbirkorlik faoliyati 
kategoriyalari va ularning qaysilari uchun alohida imtiyozlar berilishi haqidagi aniq 


43 
qonunchilik. Qabul qiluvchi mamlakatning investitsion iqlimi ko’p darajada 
moliyaviy tizim ahvolini aniqlaydi. Xalqaro kompaniya xorijiy aktivlarining qismati 
qabul qiluvchi mamlakatda hukumat barqarorsizligi, soliq tizimining yaxshi yo’lga 
qo’yilmaganligi, inflyatsiyani ushlab turuvchi yoki yo’qotuvchi qat’iy iqtisodiy 
siyosat yuritilmasligi bilan bog’liq inflyatsiya jarayonlari evaziga yo’qotilishi 
mumkin. Xalqaro kompaniya xorijiy filiali inflyatsiya sharoitlarida ish xaqining 
baholar o’sishiga nisbatan yuqoriroq o’sishi va soliq tizimining yomon tashkil 
qilinishi sababidan ham zarar ko’radi. Shuning uchun odatda xorijiy firmani tashkil 
qilish haqida qaror qabul qilishdan oldin bosh kompaniya kelajakda qabul qiluvchi 
mamlakatda inflyatsiya darajasini hisobga oladi. 
Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari nuqtai-nazaridan xorijiy investor uchun 
transport va aloqa vositalarining mavjudligi va foydalanish qiymati qabul qiluvchi 
mamlakat sharoitlariga qo’llanuvchi texnologiyalarni moslashtirish imkoniyati 
birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda bosh kompaniya rahbariyati potensial 
raqiblar – qabul qiluvchi mamlakatda milliy firmalarning mahalliy xaridorlar 
ehtiyojlarini va mahalliy bozorning o’ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq bilishi kabi 
ustunliklariga egaligini e’tiborga oladi. Bundan tashqari milliy firmalarni mahalliy 
hukumat qo’llab-quvvatlaydi, va nihoyat, iste’molchilarning vatanparvarlik sifatlari 
ular tomonida bo’ladi. 
U yoki bu mamlakatda tadbirkorlik faoliyati haqidagi qaror qabul qilishdan 
oldin bosh kompaniyaning mahalliy sharoitlar aspektidagi harakatlari ketma-ketligi 
odatda quyidagi tadbirlar zanjiridan iborat bo’ladi:
-qabul qiluvchi mamlakat bozorining kattaligi va chegaralarini baholash; 
-ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarning sifatini raqobatchilar 
taqdim qilayotgan shunday tovarlar va xizmatlarning sifat ko’rsatkichlari bilan 
taqqoslash; 
-o’rganilayotgan bozorda va qabul qiluvchi mamlakat mintaqasida sotishni tashkil 
qilish imkoniyatlarini o’rganish; 
-qabul qiluvchi davlat xaridorlari ehtiyojlari, qonunlari va an’analarining 
xususiyatlarini o’rganish; 
-shu bozorda xorijiy raqobatchilarning faoliyat tajribasi bilan tanishish; 
-qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilishning bu mamlakatga 
eksportga nisbatan ustunliklarini baholash.
Bosh kompaniya ishlash sharoitlari ma’lum bo’lgan mamlakatlarga, masalan 
ushbu mamlakatda bosh kompaniyaning sotish bo’yicha filiali amal qilayotgan bo’lsa 
ko’proq e’tibor beradi. 
Qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati sharoitlari haqidagi 
axborotning asosiy manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Qabul qiluvchi mamlakatning savdoga ko’maklashish bo’yicha davlat 
tashkilotlari (ko’pincha bu korxonalarning faoliyati eksportni rivojlantirishga 
ko’maklashishga qaratilgan)ning roli; 
2. Bosh kompaniya joylashgan mamlakatda qabul qiluvchi mamlakatning 
import qiluvchi firmalarining vakolatxonalari bo’lib, ular talabga ega tovarlar va 
xizmatlar haqida ma’lumotlar berishi mumkin (qabul qiluvchi mamlakatda bozorni 
o’zlashtirgunga qadar ular bilan hech qanday shartnomalar imzolamaslik afzal); 


44 
3. Bosh kompaniya davlatida qabul qiluvchi mamlakat elchixonasi yoki savdo 
vakolatxonasi, banklar bo’limlarining axborotlari; 
4. Qabul qiluvchi mamlakatda bosh kompaniya davlati elchixonasining tijorat 
bo’limi yoki savdo vakolatxonasining mavjudligi. Ular odatda eksportni 
rivojlantirishdan manfaatdor, ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazasiga ega va shuning 
uchun qabul qiluvchi mamlakat bozori haqidagi axborotni tez berishi va hatto 
potensial xaridorlar va import qiluvchilar bilan ham tanishtirishi mumkin; 
5. Bosh kompaniya joylashgan davlat va qabul qiluvchi mamlakat savdo 
palatalarining axborotlari. 
Qabul qiluvchi mamlakatda raqobatbardoshlik omilini o’rganishda xalqaro 
kompaniya rahbariyati kerakli raqobatbardoshlik darajasiga qabul qiluvchi mamlakat 
bozorida o’xshashi bo’lmagan antiqa tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) 
hisobiga erishish mumkinligini tushunadi. Raqobatli kurashda, shuningdek, 
raqobatchilar sifatidan ustun bo’lgan an’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarish yoki 
xizmat ko’rsatish bilan ham omadga erishish mumkin. Nihoyat, raqobat darajasi 
antiqa yangi texnologiyalar qo’llanishiga asoslangan kam ishlab chiqarish xarajatlari 
evaziga past baholar bilan ushlab turilishi mumkin. 
Qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish va sotishga mo’ljallanayotgan 
tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini baholashga o’xshash tovarlar va 
xizmatlar bozoridagi asosiy raqobatchilar, bu bozor sektorlarining asosiy 
raqobatchilar o’rtasida taqsimlanishi, raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari, 
ularning strategiyasi xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro 
kompaniya xorijiy filiali ixtisoslashgan tovarlar va xizmatlarga talab o’sishining 
kutilayotgan sur’atlari haqidagi ma’lumotlar yordam beradi.
Yangi tovar yoki xizmatlar qabul qiluvchi mamlakatning bozorida o’z o’rnini 
topishi yoki ular yangi xususiyatlari bilan ajralib turishi kerakki, iste’molchilar ularni 
ko’rmaguncha ularning zaruriyati haqida bilmasligi mumkin. Bu degani xalqaro 
menejerning qabul qiluvchi mamlakatda yangi yoki takomillashtirilgan tamoyilga 
asoslangan talabni yaratishiga to’g’ri keladi. Xususan u o’z tovarlarining ajoyib 
iste’mol xususiyatlarini reklama qilishi mumkin. 
Tovarlar yoki xizmatlarning sotilishini kengaytirish uchun xalqaro menejer 
qabul qiluvchi mamlakatning ommaviy axborot vositalarida bu tovarlar yoki 
xizmatlarni uning kompaniyasida ixtiro qilinishi va yaratilishining ko’p yillik tarixini 
bayon qilishi, ularning ishlab chiqarishida qo’llanilayotgan yetakchi texnologiyalarni 
ta’kidlashi, o’z tovarlari yoki xizmatlarining ko’pgina boshqa tovarlardan foydali 
farqlarini asoslashi mumkin.
Bunda xalqaro menejer boshqarayotgan xorijiy filialning imkoniyatlari va 
egiluvchanligini baholashi lozim. U asosiy iste’molchilarni buyurtmasini uning 
firmasi qanday muddatlarda bajara olishini va qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida 
mahsulot ishlab chiqarishning qanday hajmi real bo’lishini yaxshi bilishi kerak. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga va uning shartnomada ko’rsatilgan texnik-
iqtisodiy xarakteristikalarga muvofiqligiga birinchi darajali e’tibor berilishi lozim. 
Qabul qiluvchi mamlakatlarda iste’molchilar odatda bozordagi xorijdan keltirilgan 
yangi tovarlar yoki xizmatlarga shubha bilan qaraydilar va bu tovarlarda ularning 
iste’mol xususiyatlari uchun juda kichik va ahamiyatsiz bo’lgan kamchilik va 


45 
nomuvofiqliklarni ham kechirmaydilar. Iste’molchilarni, shuningdek tovarlarni 
shartnomalarda ko’rsatilgan muddatlarda va kelishilgan miqdorlarda olishlari 
qiziqtiradi.
Xalqaro kompaniyalar uchun qabul qiluvchi mamlakat jozibadorligining asosiy 
omillariga bu davlat hukumatining chet el investitsiyalariga nisbatan aniq 
shakllantirilgan munosabatini kiritish kerak. 
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qabul qiluvchi mamlakat hukumatining 
xorijiy investitsiyalarga nisbatan siyosati chet ellik investorlar uchun kerakli 
makroiqtisodiy iqlim yaratilib, ular uchun muayyan foyda olish imkoniyati va 
foydaning bir qismini repatriatsiya qilish huquqi berilgan taqdirdagina jozibali 
bo’ladi.
Qabul qiluvchi mamlakatga xorijiy investorlarni jalb qilishda milliy rejim 
prinsipi – ochiq huquqiy tizim ayniqsa kuchli stimul hisoblanadi. Uning doirasida 
xorijiy investorlar qabul qiluvchi mamlakat fuqarolarining muayyan tadbirkorlik 
faoliyatiga taaluqli qoida va nizomlarga rioya qilsa, qonunchilik tomonidan 
ta’qiqlanmagan shunday tadbirkorlik faoliyati ruxsat etiladi.
Qabul qiluvchi mamlakatning xorijiy investorlar uchun jozibadorligining asosiy 
omillaridan biri bo’lib, qarzni to’lash, foydani chet elga o’tkazish va kapitalni 
repatriatsiya qilish uchun ularning erkin almashinadigan valyutaga ega bo’lish 
hisoblanadi. Bunda soliq imtiyozlari shubhasiz xorijiy investorlarni jalb qiladi, biroq 
xorijiy investitsiyalar ortidan quvishda soliq imtiyozlariga beriluvchanlik ayrim 
rivojlanayotgan davlatlarning achchiq tajribasi ko’rsatishicha, qabul qiluvchi davlat 
iqtisodiyotida nomutanosibliklarga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarning 
oldini olish uchun qabul qiluvchi mamlakatlarning hukumatlariga BMT ekspertlari 
Qabul qiluvchi 
mamlakat hukumati 
ТМК 
Milliy tadqiqot 
markazi 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin