Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

 
PhD. Nabiev D.H. 
Reviewers: 
 
 
PhD. Zokirova N.K., PhD. Halilov H.H.
 
International management is the subject and it is particular view of management; its main aims are shaping, 
developing and using the firm’s preferences of competition for opportunities of making business in the different 
countries and corresponding to them, these countries’ economic, social, demographic, cultural and other features with 
using mutual relations within countries. 
This teaching manual is devoted learning bases of international management and features of it in the conditions 
of world economy globalization. 
In this teaching manual, we found the answers to theoritical bases of international management, accomodations 
of foreign firms to the working conditions of receiving countries, management systems of international companies, 
relations of international comppanies with the government, effects of international economic integration to the 
development of international business, features of managing styles in foreign countries, personnel policy in 
international business, ethics of international business and other problems. 
This teaching manual is recommended for higher educational establishments, students of this establishments, 
post graduate students, teachers and also for the readers interesred in international management. 
©
Tashkent state university of economics, 2009. 



KIRISH 
Xalqaro (global) menejmentni o’rganish, ishlab chiqarishni va xorijiy 
firmalarning malakali tashkilotchisi bo’lish maqsadini o’z oldiga qo’ygan o’zbek 
firmalari rahbarlari va ta’lim oluvchilar uchun zarur hisoblanadi. «Xalqaro (global) 
menejment» kursi milliy firmalarni boshqarish usuli sifatidagi menejmentning 
umumiy tamoyillari majmuasidan jiddiy farq qiluvchi muammolarga bag’ishlangan. 
Xususan, milliy sharoitlarga yo’naltirilgan strategik menejment firmalarning 
baynalmilallashuvi va globallashuvi sharoitlarida qarorlar qabul qilish strategiyasini 
aniqlashga imkon bermaydi. Kompaniya xorijiy tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanayotgan joyda xalqaro boshqaruv vujudga keladi. Global menejer-
professionallar firmalarni xalqaro boshqarish sohasida faoliyat ko’rsatadilar. Bu 
firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati davlat chegaralari orqali amalga 
oshiriladi. O’zbekistonda bunday firmalarning soni tobora ko’paymoqda. Chunki 
XXI asr boshida tabiiy resurslarga egalik qilishning o’zi davlatning iqtisodiy o’sishi 
uchun etarli emas. Vaholanki, tayyor mahsulotlar, texnologiyalar, xizmatlar va 
kapitallarning xalqaro almashuvida faol ishtiroki orqali mamlakatning yuksalishiga 
erishiladi. 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida hech bir mamlakat 
boshqalardan ajralgan holda faqat o’z hududidagi resurslar evaziga yashay olmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov aytganlaridek: «Biz integratsiya 
jarayonlari va bozor islohotlarini rivojlantirishga, Markaziy Osiyo mintaqasida 
umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat beramiz»
1
. Milliy xo’jalikni 
rivojlantirish uchun har bir mamlakat hukumati uning xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda ishtirok etishini kengaytirish maqsadida chora-tadbirlar ishlab 
chiqadi. Bu hatto eng kam rivojlangan davlatlarga ham taaluqlidir. Vujudga kelgan 
vaziyatda butun dunyoda firmalarni xalqaro boshqarish bo’yicha menejerlarga talab 
oshib bormoqda. 
Agar bir necha yil ilgari tashqi iqtisodiy faoliyat bilan faqat yirik 
kompaniyalargina shug’ullanadi degan fikr mavjud bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda 
jahon iqtisodiyoti, jadal rivojlanib borayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
globallashuvi (jahon iqtisodiyotining bir butun yagona o’zaro bog’liq tizim sifatida 
amal qilish jarayoni) va erkinlashtirilishi ta’siriga bog’liq bo’lgan sharoitda, hatto 
kichikroq firmaning zamonaviy rahbar-menejeri uchun ham uning milliy ko’lamdagi 
faoliyatining predmetlarini bilish endi yetarli emas va xo’jalik faoliyatining 
baynalmillashuvi butun jahonda har bir menejerning kasbiy tayyorgarligiga yangi 
talablar qo’yadi. 
Ishlab chiqarish, sotish va ta’minlash bozorlari davlat chegaralaridan hatlab 
o’tmoqda. Iste’molchi uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi aniq firma, u joylashgan 
mamlakatga qaraganda ko’proq ahamiyatga ega bo’lmoqda. Firmaning samarali 
faoliyat ko’rsatishi uchun rahbar o’z firmasining bevosita iqtisodiy muhitini bilish 
bilan bir qatorda jahon bozoridagi ahvoldan ham xabardor bo’lishi zarur. Informatika, 
axborot texnologiyalari va transport vositalari sohasidagi yutuqlar davlatlar 
1
И.Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация 
ва ислоҳ этишдир. Т.: Ўзбекистон, 2005 й, 59-бет. 



o’rtasidagi masofalarni qisqartirmoqda. Shuning uchun menejer firmaning ichki va 
tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy shakllari, ularning birlashuvi haqidagi 
bilimlarga ega bo’lishi va o’z firmasi faoliyatining samaradorligini oshirish uchun 
ulardan to’g’ri foydalana olishi kerak.
Global ko’lamli mutaxassislar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bilan 
shug’ullanayotgan firmalar uchun zarur. O’zbekistonda xo’jalik sub’ektlari tashqi 
iqtisodiy faoliyatining kengayishi va MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan
qo’shma korxonalar tashkil qilishga qiziqishning kuchayishi natijasida global 
menejer mentalitetiga ega rahbarlarga ko’proq ehtiyoj vujudga kelmoqda. Bunday 
rahbar firmaning faoliyati qiyinlashganda, xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali 
muammolarni hal qilish yo’llarini izlaydi va quyidagilarni maqsadga muvofiq deb 
topishi mumkin: 
-raqobatbardosh 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
maqsadida 
(marketing 
kontseptsiyasidan kelib chiqib) texnologik va uskunalarni zamonaviylashtirishni 
jadallashtirish uchun xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish; 
-iste’molchilar doirasini kengaytirish va jahon bozoriga o’z mahsuloti bilan 
chiqish uchun xususiy va davlat kompaniyalari bilan firmalararo kooperatsiyani 
amalga oshirish; 
-mintaqaviy ma’muriyat yordamida sarmoyadorlar uchun jozibali sharoit 
yaratish; 
-korxona ishiga milliy va xorijiy sheriklar bilan to’g’ri kontraktlar tuza oluvchi 
huquqshunoslarni jalb qilish; 
-korxona ixtisoslashuvi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi axborotni 
muntazam olish va o’zining ilmiy-texnik va konstruktorlik bazasini rivojlantirish 
uchun milliy va xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarini jalb qilish; 
-qiziqish bildirgan xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik tashkilotlar bilan 
ishbilarmonlik munosabatlarini o’rnatish. 
«Xalqaro (global) menejment» kursining vazifasi — jahon bozorida milliy va 
xalqaro kompaniyalar strategiyasini, integral (birikma) xalqaro texnologiyalarni 
qo’llash orqali ishlab chiqarishni baynalmilallashtirish imkoniyatlarini, xorijiy 
an’analar, madaniy xususiyatlar va qabul qilingan standartlarga moslashish usullarini 
o’rganish. Natija sifatida global ko’lamdagi tafakkur, falsafa va psixologiyani hamda 
chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlariga tez moslashish ko’nikmalarini egallash 
qabul qilinadi. 
Mazkur o’quv qo’llanmaning kirish, 1-2 boblari prof. Nazarova G.G., 3-4 
boblari dots. Nazarova R.R., 5-6 boblari kat.o’qituvchi Salixova N.M., 7-8 boblari 
dots. Muxamedjanova G.A., 9-10 boblari kat.o’qituvchi Ismailova N.S. tomonidan 
tayyorlandi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin