Xalqaro moliya-kredit


Kafedra mudiri J. Ataniyazov



Yüklə 148,67 Kb.
səhifə13/18
tarix20.11.2023
ölçüsü148,67 Kb.
#163103
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
XM -1-ON

Kafedra mudiri J. Ataniyazov


32-variant



  1. Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi.

  2. Yevrobozordagi depozitlarning foiz stavkasi

  3. Keys topshiriq. Muddatli valyuta bitimlarida valyuta kursini aniqlash

Valyuta kursining tebranishini hisobga olgan holda muddatli valyuta bitimlaridan foydalanishni rejalashtirdingiz. Ma’lumki, forvard (muddatli) valyuta kursi (forward rate) – kelajakda, odatda, 2 ish kunidan ortiq muddatda valyutalarni o’zaro ayirboshlash uchun foydalaniladigan, joriy valyuta kursi asosida belgilangan muddat uchun taxminiy hisoblangan valyuta kursidir. Hozirda kelgusi davr uchun 90 kunlik forvard bitimlarining USD/GBP bo’yicha foiz stavkasi + 0.5 foiz bo’lsa va bugungi kurs USD/GBP=1.6 bo’lsa, forvard kursini toping?




Kafedra mudiri J. Ataniyazov
33-variant



  1. Xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendensiyalari.

  2. Rollover yevrokreditlar berilishining turli shartlari.

3. Keys topshiriq. Real valyuta kursini aniqlash

Ma’lumki, real valyuta kursi (real exchange rate) – nominal valyuta kursi asosida ikki mamlakatdagi bir xil turdagi tovar va mahsulotlar narxlari darajasini o’zaro nisbati orqali hisoblangan valyuta kursidir. Real ayirboshlash kursi xalqaro iqtisodiy nazariyada “savdo shartlari” (terms of trade)dan birini o’zida namoyon etadi. Quyidagi ma’lumotlar asosida real valyuta kursini aniqlash lozim. “Apple” kompaniyasining kompyuterlari AQShda 5000 doll. tashkil etsa, “Toshiba” kompyuterlarining Yaponiyadagi bahosi 1 mln. ienaga, nominal kurs esa 100 JPY/USD teng bo’lsa, valyutaning real kursini aniqlang?




Kafedra mudiri J. Ataniyazov


34-variant

  1. Xalqaro kapital harakatining mohiyati ahamiyati.

  2. Yevrovalyutadagi qimmatli qog’ozlar bozori.

3. Keys topshiriq. Xalqaro bozordagi faoliyatni kengaytirish

AQShda 50 yil faoliyaga ega Blues korporatsiyasi juda katta mavqega ega. Bluesning koʻp faoliyati AQShda. U Germaniyaning g’arbida ham tovar ishlab chiqarib Yevropaga eksport qiladigan bir necha shoʻba korxonalariga ega. Blues korporatsiyasi Sharqiy Yevropada ishlab chiqarilishi va sotilishi mumkin boʻlgan koʻp iste’mol tovarlar ishlab chiqaradi. Quyidagi savollar ijrochilar kengashi yig’ilishida koʻtarilgan. Ularga oʻz fikringizni bildiring:



  1. Blues korporatsiyasi oʻz ichlab chiqarishlarini G’arbiy Germaniyadan Sharqiy Germaniyaga koʻchirmoqchi. Bunga ikkita sabab mavjud. Birinchisi, Sharqiy Germaniyada ishchi kuchi arzon. Ikkinchidan, Sharqiy Germaniyada biznes uchun qulay sharoit mavjud. Blues bu qulayliklardan foydalanib ishlab chiqarish samaradorligini oshirmoqchi. Bunda ishichilarning faqat toʻrtdan birini jalb qilish rejalashtirilgan. Bu qaror qabul qilinishiga ta’sir etuvchi yana qanday omillar mavjud?

  2. Blues korporatsiyasi Sharqiy Yevropa bozorlariga kirib bora olishiga ishonadi. Bu korporatsiya tovarlari Sharqiy Yevropada mashhur boʻlmaganligi sababli uni sotish va tarqatish uchun juda katta investitsiya talab qilinadi. Blues raqobatni hisobga olmagani uchun bu strategiya uzoq vaqtda oʻz samarasini berishi mumkin. Raqobatni baholashning pastligi Blues korporatsiyasi tomonidan tovarlarni Sharqiy Yevropada sotish masalasini koʻrib chiqishning asosiy sababi hisoblanadi. Yana boshqa qanday sabablarni keltirishimiz mumkin?

  3. Blues korporatsiyasi tovarlari AQShda sotilmayatganligi sababli pulga ehtiyoj sezmoqda. Hozirgi paytda qarzlari sig’imi koʻpligi sababli aksiyalarni emissiya qilmaslik afzal koʻrilmoqda. Aktivlarning bozor bahosi pasaygan, lekin ba’zi boshqaruvchilar Sharqiy Yevropadan foyda olish uchun tez qaror qabul qilish kerak deb oʻylashadi. Siz Blues korporatsiyasiga AQShdagi ba’zi aktivlaridan voz ketchishni maslahat berasizmi? Javobingizni tushuntiring.


Yüklə 148,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin