34
ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi.
Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
- taqsimlash
funksiyasi;
- nazorat funksiyasi;
- takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valuta-kredit va moliya
tashkilotlarining aralashuvi bilan bog‘liq tartibga solish funksiyasi;
- barqarorlashtirish funksiyasi.
Mazkur funksiya jahon xo‘jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror
sharoitni yaratishda namoyon bo‘ladi. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va
rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:
• Jahon
bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari;
• Xalqaro mehnat taqsimoti;
• Iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi;
• Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi;
• llmiy-texnika
taraqqiyoti;
• Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi.
Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy va
jahon iqtisodiyotiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat
ko‘rsatadi va uning elementlariga quyidagilar kiradi:
- jahon valuta tizimi;
- milliy va
zaxira valutalar, xalqaro jamoaviy valutalar;
- o‘zaro konvertirlash shartlari, valuta pariteti, valuta kursi,
valuta kurslarini tartibga
solishning milliy va xalqaro mexanizmlari;
- xalqaro hisob-kitoblar.
Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari - jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish
maqsadida xalqaro valuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun
davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro moliyaning
rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar
kabi subyektlar faol rol
o‘ynaydi.
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon
xo‘jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi
milliy iqtisodiyotlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan global iqtisodiy tizim bo‘lib, bozor
iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga,
ishlab chiqarish va
kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o‘zgarib boradi. Xalqaro moliya munosabatlari
rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta ’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon
bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro moliya munosabatlari mamlakatlar o'rtasidagi moliya
operatsiyalarni va o‘zaro aloqalarni ifodalovchi xususiyatlar jamlanmasidir. Ushbu
munosabatlar
xorijiy investitsiyalar, xalqaro savdo, valuta-kredit operatsiyalari, moliyaviy
resurslar taqsimlanishi, moliyaviy institutlar bilan hamkorlik, jahon bozorlarini rivojlantirish
va mamlakatlarning moliya tizimlarini mustahkamlashda va boshqalar orqali jahon
iqtisodiyotining shakllanishida muhim o‘rin egallaydi
`
35
References:
1.
Xalqaro moliya bozori va institutlari " Ataniyazov"
2.
Markaziy bank sayti "cbu"
3.
"Finlit.uz" xalqaro moliya
institutlari