`
32
XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI, BOZORIDAGI INVESTORLAR VA
ULARNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIDAGI ROLI
Ahmad Temirov Javli o‘g‘li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti
1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8069094
Annotatsiya:
Mazkur maqola xalqaro moliya munosabatlari haqida ma’lumotlar va ularning
o‘zaro aloqalarini tushuntiradi. Maqolada xorijiy investitsiyalar, xalqaro savdo, valuta-kredit
operatsiyalari, moliyaviy resurslar taqsimlanishi, moliyaviy institutlar
bilan hamkorlik va
boshqalar kabi mavzular yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
lizing, korporatsiya, to‘lov balansi, transmilliy korporatsiyalar,
iqtisodiy
integratsiya, rentabel, valuta pariteti.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish
evolutsiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo'jaligining
shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon
xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini
jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil
iqtisodiy tizim sifatida
baholash mumkin. Jahon xo‘jaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga
bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o‘zaro bog'liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi
sifatidagi global iqtisodiy tizimdir.
Xalqaro moliya - xalqaro moliyaviy resurslar majmuasini va ularning harakatlanishini
ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari
muayyan maqsadlarni
amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va
ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shu o‘rinda ushbu
munosabatlari o‘ziga xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro kredit, investitsiya, savdo, soliq,
lizing munosabatlari hamda mamlakatlar to‘lov balansini boshqarish,
xalqaro moliya
tashkilotlari bilan aloqalar kabi bir qancha ichki va tashqi aloqalarni qamrab oladi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapitalning xalqaro harakati, ayniqsa, to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro
savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko‘rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil
sifatida ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va
kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi
kuchi migratsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya
bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga,
xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon yaratdi.
Globallashuv jarayoni - jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va
kengayishi, kapitalning
xalqaro oqimi rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro
harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Mazkur holat xalqaro moliyaviy
korporatsiyalarining, jahon moliya bozorlarining yuzaga kelishiga
va davlatlararo iqtisodiy
munosabatlarning faoliyatning boshqa jihatlari murakkablashuviga olib keldi.
Xalqaro moliya doimiy o‘zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida
mamlakatlar to‘lov balansining o‘zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy