Pedagogika kengashi huquqlari:
- Pedagogika kengashi maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini rivojiantirish yo'nalishining istiqbol rejasini belgilaydi.
- maktabgacha ta'lim tashkilotining o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarning bajarilish yo'llarini belgilab beradi va ijrosini ta'minlaydi.
- Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi.
- O'z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi.
- Pedagoglarning malaka oshirishdan keying amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejasini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi.
- Maktabgacha ta'lim tashkiloti Ustaviga muvofiq pedagog xodimlarni rag'batlantirish va jazolash bo'yicha masalalarni hal qiladi.
Pedagogika kengashi hujjatlari Pedagogika kengashi hujjatlari ta'lim tashkilotining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.
Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat: bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qilingan masalalarga oid materiallar. Pedagogika kengashi hujjatlari tashkilotda uch yil davomida saqlanadi.
Ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish. Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o'rganish, barcha ilg'or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim tashkiloti metodik ishining asosi bo'lishi kerak.
Pedagogik kabinetning ishi. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetdir. Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o'qishlarini tashkil qilishda tarbiyachilarga amaliy yordam ko'rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir.
Xulosa !
- O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslarini tushindik
- Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarining asosiy vazifalarini tushindik
- Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmunini tushindik
Foydalanilgan adabiyotlar.
- UNICEF
- Genderi org
- Li.: Aristotel, Ob iskusstve poezii, M., 1957; Gegel G. V., Estetika, v 4-x tomax, M., 1968—73; Maxmudov T., Estetika i duxovnыye sennosti, T., 1993; Abdul-layev A., Jajda prekrasnogo, T., 1994.
Internet saytlari. 1. LexUz
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT.
Dostları ilə paylaş: |