Xalqaro nordik universiteti oila pedagogikasi fanidan esse mavzu: Oilaning bola shaxsini shakllanishidagi ta’siri Bajardi: Rahmatillayeva d mavzuning dolzarbligi



Yüklə 22,36 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü22,36 Kb.
#212144
  1   2   3
Rahmatillayeva D-oila


XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
Oila pedagogikasi fanidan
ESSE
Mavzu: Oilaning bola shaxsini shakllanishidagi ta’siri


Bajardi: Rahmatillayeva D
Mavzuning dolzarbligi


Bola shaxsi rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqa faoliyatlarning turli yoshdagi faoliyatlar mazmuni shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma’lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Oila va ijtimoiy muhit bolaning rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi. Agar ana shu omillar bolaga ijobiy ta’sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo‘lishi va salbiy tomondan ta’sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin. Bola kamolotiga ta’sir etadigan omillardan muhit deganda kishiga tabiiy ta’sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Oilaviy tarbiyaning muhim roli nutq hisoblanadi, shuning uchun otaona o‘z nutqida yoqimsiz ohang bilan, mantiqsiz va qaytariq so‘zlarini ishlatish va qo‘llash bilan farzandlarni ranjitishlik, ularda ishonch hissini so‘ndiradigan, hazilmutoyiba, samimiy bo‘lmagan fikr va mulohazalardan saqlanish kerak. Odatda, oilada ota-ona nazokatli bo‘lgandagina haqiqiy obro‘-e’tiborga erishadi. Bundan tashqari, oilada ota-ona o‘rnak bo‘lmog‘i uchun ishonch har tomonlama rivojlangan bo‘lishi, shuningdek, aqliy, axloqiy estetik jihatdan muayyan cho‘qqiga erishgan bo‘lishi darkor. Bularning barchasi ota onadan aql-zakovatli, milliy udum va urf-odatlarni mukammal egallagan shaxs bo‘lishni talab qiladi. Ota-onalar o‘z farzandlari o‘rtasida o‘rnak, ya’ni ko‘zgu bo‘lishlari uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Farzandlarni yoshiga mos holda qator tarbiyaviy ishlar olib borishlari darkor. •Ota-onalar farzandlari oldida oilada ibrat, namuna ko‘rsatishlari uchun ularning ruhiy dunyosiga kirib borishlari ayni muddaodir. •Komil insonni tarbiyalashda har bir ota-ona qimmat vaqtlarini o‘z norasidalaridan hech ayamasliklari kerak. •Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, ziyrakligi, sezgirligi, fahmliligi, hozirjavobliligi, samimiyligi muhim ahamiyat kasb etadi. •Oilada ota-onalarning o‘z farzandlariga va oilaning boshqa a’zolariga (buva, buvi, kelin va boshqalar)ga mehribonligi ijobiy muhitni yaratishdagi eng muhim vazifalardan biridir. Farzandlarining kuchiga, qobiliyatiga, aql-zakovatiga xotirasiga, diqqate’tiboriga, irodaviy xislatiga, qiziqishlariga, ko‘nikma va malakalariga qarab aqliy va jismoniy topshiriqlar berilishi hamda o‘z vaqtida, uzluksiz ravishda ularning natijasini tekshirish va oqilona baho berish, rag‘batlantirish bolalarda qat’iylik, dadillik fazilatini vujudga keltiradi, mustaqil ilmini, tashabbus ko‘rsatish sari chorlaydi, kattalarga nisbatan ixlosi ortadi. Otaonalarning ijtimoiy muhitda ibratli xislatlari, shaxsiy fazilatlari, irodaviy sifatlari, o‘z- o‘zini qo‘lga olish kabi jihatlari bolajonlar qalbida o‘chmas iz qoldiradi. Otaonaga nisbatan ishonch, intilishi, moyillik, hamdardlik kabi sifatlari shakllana boradi. Oilada ruhiy muhit, totuvlik mavjud bo‘lishi uchun ota-onalarda haqiqiy ma’nodagi nazokat hamda obro‘ mustahkam shakllangan bo‘lishi kerak. Bolaning ma’naviy tarbiyasida oilaning ahamiyati muhimligi ta’kidlanadi. Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan birbiri bilan bo‘ladigan munosabatlari sof, samimiy, erining xotiniga, xotinning eriga nisbatan o‘zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunda u oilada musaffo ma’naviy muhit va hamjihatlik vujudga keladi.
Kirish
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan tasiri benihoyat kattadir, Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Otaonaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota onalar bolalar xulq- atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar ko‘pincha "demokratik" va "avtoritar" nazorat qiluvchi kabilarga ajratiladi. Bolalarga oilaviy ta’sir etishning "demokratik" shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p aloqa qilinadi, unda ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-onalar bo‘lar-bo‘lmas ta’qiblarini qo‘ymaslikka harakat qiladilar, buning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga xapakat qiladilar. Oiladagi "avtoritar" muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. "Hukmron" otaonalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulqatvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o‘tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, "avtoritar" va "demokratik" oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. "Demokratik" oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh; fikriga tobe bo‘lishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar. Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, oiladagi muhit iliq ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo‘ladilar. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ularga mexr-muhabbat bilan, diqqat e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi o‘sib kelayotgan shaxs axloqiy qiyofasining shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi. Oilaning bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni beqiyos ekan, oila a’zolari bolalarining psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog‘lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilarning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak. Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo‘ladigan muloqati muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo‘lgan qiziqishlari bolada kattalarga bo‘lgan qiziqishidan biroz keyinrok bir yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi, biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi. 4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo - bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishidan maxrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning "bolalar jamiyati" a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘rganish mumkin emas

Yüklə 22,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin