“TASDIQLAYMAN” _______________________
Akademik ishlar departamenti boshlig‘i
O. Raximberdiyev
2023-yil __-____________
PSIXOLOGIYA FANIDAN 1-MUSTAQIL TOPSHIRIQ
Bilim sohalari:
100000
–
Gumanitar soha
Ta’lim sohalari:
110000
–
Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishlari:
60110500
–
Boshlang‘ich ta’lim
Toshkent – 2023 MUSTAQIL TOPSHIRIQLAR TO‘PLAMIDAN FOYDALANISH QOIDALARI Mazkur uslubiy qo‘llanma Xalqaro Nordik universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalarning mustaqil ta’limini to‘g‘ri va samarali tashkil etish uchun tayyorlangan. Mazkur uslubiy qo‘llanmada talabalar mustaqil ta’limining mazmuni, topshiriqlarga qo‘yiladigan talablar, mustaqil topshiriqni baholash mezonlari batafsil bayon etilgan. Uslubiy qo‘llanma universitet talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har bir talabadan mazkur qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqish so‘raladi.
Ushbu uslubiy qo‘llanmadan ko‘zda tutilgan maqsad quyidagilar:
Talabalar barcha mavzuni o‘zlashtirishlari va musatqil o‘z ustilarida ishlashlariga erishish;
Ilmiy manbalarni tahlil qilish orqali talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Uslubiy qo‘llanmada talabalar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalar:
Eng avvalo, talabalar mustaqil topshiriqlar to‘plamini diqqat bilan o‘qib chiqishlari, savollar paydo bo‘lganda professor-o‘qituvchiga murojaat qilishlari lozim;
Talabalar qo‘llanmadagi har bir topshiriq yuzasidan mustaqil izlanishlarni olib borishi, topshiriqni bajarishga mas’uliyat bilan yondashishi, dars jarayonida berilgan ma’lumotlarni qunt bilan o‘rganishi talab etiladi;
Mustaqil topshriqlarni bajarayotganda berilgan adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha manbalardan foydalanish ham mumkin va bu talaba uchun foydali ish hisoblanadi;
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida talaba vijdonan harakat qilishi, turli qing‘ir yo‘llardan foydalanmasligi, plagiatga yo‘l qo‘ymasligi, topshiriqni boshqa birovga bajartirmasligi lozim, shunday ishlar aniqlanganda universitet ma’muriyati bunday talabalarga keskin chora ko‘rishi ko‘zda tutilgan;
Talaba har bir topshiriqni bajarishda o‘zining iqtidorini, iste’dodini va bilimini to‘la namoyon etishi, o‘z ishining mohir bilimdoni ekanini isbotlashi lozim.