Platformaga joylashtirilgan adabiyotlar tahlili professor o‘qituvchi tomonidan baholanayotganda quyidagi mezonlar asosida ball berish maqsadga muvofiq:
Mustaqil ta’limda talabaning shaxsiy fikr-mulohazalari albatta aks ettirilgan bo’lishi.
4
3
Talaba berilgan mavzuning tahlilida boshqa manbalarga ham murojaat qilinganligi.
3
4
Talaba mavzuning mazmun-mohiyatini tushunishi, mustaqil fikrlash, xulosalash va yakun yasash malakalarining namoyon etishi talab etiladi.
4
5
Talabaning o‘ziga xos boshqa kreativ yondashuvi uchun.
1
Jami ball:
15
1-MUSTAQIL TOPSHIRIQNI BAJARISH JARAYONIDA FOYDALANISH UCHUN MANBALAR:
ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILIGA NAMUNALAR:
N.I.Xalilovaning Umumiy psixologiya darsligidan motivatsiya mavzusini tahlil qilingMavzuning talaba tomonidan namunaviy yoritilishi:
- talaba dastlab o‘quv adabiyotlaridagi ma’lumotlar bazasi bilan tanishib chiqadi;
- so‘ng mustaqil ta’limni bajarish uchun reja tuzib oladi;
- talaba o‘quv qo‘llanmadan rejaga mos keladigan ma’lumotlarni ajratib, saralab chiqadi;
- saralangan ma’lumotlarga tayangan holda asosiy mazmun mohiyatni yozma bayon etadi;
- mustaqil ta’limni xulosalash uchun tavsiya etilgan adabiyot bilan tanishib chiqish davomida o‘zi o‘zlashtirgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni yoritadi.
Reja
Kirish
Asosiy qism:
Motiv haqida tushuncha
Motiv turlari
Xulosa (Mavzuga oid manbalarni o‘qish jarayonida egallagan BKMlar yoritiladi)
Yuqoridagi holatda bajarilgan mustaqil ta’lim quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: Kirish. Shaxs kamolotida va uning ontogenetik taraqqiyotida kichik maktab yoshi senzitiv davr hisoblanadi. Ayniqsa, shaxsning kognitiv rivojlanishining intensiv rivojlanishi ayniqsa kichik maktab yoshiga to‘g‘ri keladi. Shularni hisobga olgan holda, kichik maktab yoshida tafakkurning rivojlanishini psixodiagnostika qilish orqali uning rivojlanishiga samarali ta’sir etish yo‘llarini didaktik jihatda to‘g‘ri ishlab chiqish muhim ahamiyatga egadir.
Asosiy qism: 1. Motiv haqida tushuncha. «Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so’zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko’pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag’batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo’llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo’llaymiz. Shunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo’lgan sabablar yig’indisi sifatida belgilash mumkin. (Shu taxlit davom ettiriladi) Mazkur o‘quv adabiyotlarida mana shu kabi masalarni nazariy jihatdan yoritib berishga xizmat qiladi.
2. Motiv turlari. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg’unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o’lchanuvchi motivlar: dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo’lgan g’oyaviy motivlar; ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozisiyani ifodalovchi siyosiy motivlar: jamiyatning axloqiy normalari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar; borliq go’zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari. II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo’yicha umumiylikka ega bo’lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik); guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar; faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo’naltirilgan prosessual motivlar; faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo’ljallangan rag’batlanuv, mukofot motivlari. III. Faoliyat turlari mohiyatini o’zida aks ettiruvchi motivlar: ijtimoiy-siyosiy voqyeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar; kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o’zida namoyon etuvchi motivlar; o’qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar. IV. Paydo bo’lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo’lgan motivlar: doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar; qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar; uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar. V. Vujudga kelishi, kechishi sur’ati bioquvvat bilan o’lchanuvchi motivlar: kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar; paydo bo’lishi, kechishi o’rta sur’atli motivlar; yuzaga kelishi, kechishi zaif, bo’sh, kuchsiz, beqaror motivlar. VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar: aniq, yaqqol, voqye bo’luvchi real motivlar; zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar; imkoniyat (potensiya), zohira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi motivlar. (Shu taxlit davom ettiriladi) Mazkur o‘quv adabiyoti mana shu kabi malakarni nazariy jihatdan yoritib berishga xizmat qiladi.
Xulosa Mazkur mavzuga oida manbalarni o‘qish jarayonida men:
kichik maktab yoshida tafakkurning rivojlanganlik darajasini o‘ziga xos qonuniyatlari
mazkur masalaning mohiyatini ochib beruvchi ta’riflar va fikrlar
tafakkur psixodiagnostikasida qo‘llaniladigan uslubiyalar haqida haqida BKMlaga ega bo‘ldim.