2. San’at markazi ish faoliyati bilan tarbiyalanuvchilarni tanishtirish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Maktabdagacha ta'lim Vazirligininig maktabdagacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish to'g'risidagi qarorlariga muvofiq maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida 5 ta markaz tashkil etilgan: ''Til va Nutq", ''Qurish, yasash va matematika", ''San'at", ''Fan va tabiat", ''Syujetli va rolli" markazlar. Ushbu markazlar tarbiya-lanuvchilar uchun muhim o'rin kasb etadi, chunki bola markazlarda erkin faoliyat olib boradi. Tarbiyachi esa ularga yordamchi sanaladi. Bu esa bolalarni nutqini, erkin fikrlashini, jismoniy va ijtimoiy bilish kompitensiyalarini rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi o'yin hisoblanadi. O'yin orqali bola o'rgatilgan mashg'ulotni xotirada tez va mustahkam saqlaydi.
Markazlarda ham bolalar bilan o'yin orqali ishlash muhim o'rin egallaydi. Buning uchun biz peda-goglar markazlarni bolajonlarga jihozlab, barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz lozim. Masalan,''Til va Nutq''markazi: bunda biror bir qutichaga mashg'ulotga mos rasmli kartochkalar solinib, bolalar ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, birin-ketin quti ichidan kartochka tanlab olib, rasmiga mos hikoya tuzadi yoki she'r aytadi. ''Qurish-yasash va matematika" markazi: bunda bolajonlar markazdagi geometrik shakllardan, lego va konstrukturalardan foydalanadilar, shu bilan birga guruhda o'rtaga doira chizib, bolalar ham chizilgan doira bo'ylab turishadi. So'ngra biron bir raqam tanlanadi, masalan:10 raqami. Bolalardan 10 tasi doiraga kiradi va 10-2 deyiladi, shunda bolalardan ikkitasi doiradan chiqishadi. Qolgan bolalar sanaladi. Misolni javobi yechiladi o'yin shu tariqa davom etadi. Bunda bolalar raqamlarni farqlashga, sanashga, hisob-kitobga o'rganadi.