1- mavzu: biznesni boshqarishda buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati



Yüklə 311,7 Kb.
səhifə1/14
tarix18.08.2023
ölçüsü311,7 Kb.
#139813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Дарс


1- MAVZU: BIZNESNI BOSHQARISHDA BUXGALTERIYA HISOBINING O’RNI VA AHAMIYATI


Tadbirkorlik sub’ektlari haqida ma’lumot

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida tadbirkorlik bilan yuridik va jismoniy shaxslar shug’ullanishi mumkinligi belgilab qo’yilgan. Fuqarolarning tadbirkorligi yuridik shaxs tashkil etmasdan turib, doimiy yashash joydagi hokimiyatdan yakka tartibdagi (xususiy) tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan holda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Bunda tadbirkorlik uchun alohida mol-mulk ajratilmaydi, balki fuqaroning jamiiyki shaxsiy mulki (uy joyi, do’koni, avtomobili, texnika vositalari va x.k.) asosida amalga oshiriladi. Fuqaro tadbirkorlik faoliyati yuzasidan vujudga kelgan majburiyatlari bo’yicha hamma mulki bilan javob beradi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-sonli qarori bilan belgilab qo’yilgan va ushbu faoliyat turidan kelib chiqib bittadan uchtagacha ishchi yollanishi mumkin, shuningdek, u dumaloq va burchakli muhrga ega bo’lishi, bankda hisob raqam ochishga haqlidir.


O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasida “O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan xamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak” deyilgan.
Sodda qilib aytadigan bo’lsak, yuridik shaxs fuqarolar tomonidan tashkil etiladigan iqtisodiy hayotda alohida ko’rinmas shaxs bo’lib, o’z nomidan harakat qiladi, bitimlar tuzadi. U jismoniy ko’rinishga ega emas, faqat uning egalari (taʼsischilari) tomonidan yuridik hujjatlar asosida tashkil etiladi va Davlat xizmatlari markazlari (avvalgi Yagona darcha markazlari) da davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. Yuridik shaxs taʼsischisi boshqa yuridik shaxs bo’lishi ham mumkin. Yuridik shaxs alohida mol-mulkka ega bo’lib, uning taʼsischisi ushbu mulkka tug’ridan tug’ri egalik qila olmaydi. Yaʼni uning taʼsischilari bilan oldi-berdisi “hisob-kitobli” bo’ladi. Yuridik shaxsni uning taʼsischilari tomonidan tayinlangan rahbar shaxs boshqaradi.
Yuridik shaxs dastlab tashkil etilganda taʼsischilar tomonidan berilgan mol mulkning puldagi qiymati uning ustav kapitalini tashkil qiladi va u yuridik shaxs balansida aks etadi. Yuridik shaxs va uning foydasi taʼsischilarga ustav kapitaliga kiritilgan ulushlarga mutanosib ravishda tegishli bo’ladi. Ustav kapitalini keyinchalik uzgartirish mumkin.
Foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot, yaʼni MChJ, АJ, OK va b.) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo’lmagan tashkilot, yaʼni jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va muassasa) yuridik shaxs bo’lishi mumkin.
Yuridik shaxs taʼsis hujjatlari deb ataladigan taʼsis shartnomasi va ustav asosida ish olib boradi. Yuridik shaxsning taʼsis shartnomasi uning taʼsischilari tomonidan tuziladi, ustavi esa — tasdiqlanadi. Yuridik shaxsning ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, taʼsischilari, ustav kapitali, uning joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qo’yilishi, shuningdek ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar to’g’risida qonunda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar bo’lishi kerak. Taʼsis hujjatlaridagi ozgartishlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.


Yüklə 311,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin