Ichki foydalanuvchilarga korxona ma’muriyati, amaldagi mulkdorlar va aksiyadorlar, korxona faoliyatining barqarorligi va rentabilligi to’g’risidagi axborotdan manfaatdor bo’lgan korxona xodimlari va xizmatchilari.
Tashqi foydalanuvchilarga amaldagi va bo’lg’usi mol yetqazib beruvchilar, xaridorlar va mijozlar, qarz beruvchilar va kreditorlar, bo’lg’usi investorlar, soliq idoralari, auditorlik va maslahat beruvchi tashkilotlar, banklar va boshqalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy tartibga solish Har bir soha kabi buxgalteriya hisobi ham qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Demak, buxgalter hisob yuritayotgan paytda buxgalteriya hisobiga tegishli qonun hujjatlariga muvofiq ish yuritishi kerak. Buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, Shuningdek, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga tegishli qonun hujjatlari quyida keltirilgan, ularni bir necha darajalarga bo’lish mumkin:
Qonunlar va Kodekslar:
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni (13.04.2016y. № 404);
O’zbekiston Respublikasing Soliq kodeksi (31.12.2020 y.);
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (04.12.2020 y.);