Xalqaro reyting va indekslar



Yüklə 51,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.03.2023
ölçüsü51,44 Kb.
#88749
1   2   3   4   5   6
downloadfile

2
Korruptsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida
mamlakatimiz o'rni yaxshilanishiga olib keldi.
SHu bilan birga, bu yo'nalishda hali qilinishi kerak bo'lgan vazifalar talaygina. Prezidentimiz farmoni
asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya'ni parlament darajasida nazorat qilish
belgilanganidan maqsad — bu borada vazirlik va idoralar rahbarlarining mas'uliyatini oshirishdir. SHu bois,
xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis deputatlari
va senatorlarining xalq tomonidan saylanishini inobatga oladigan bo'lsak, mazkur mexanizm sohadagi
chora-tadbirlar ijrosi ustidan xalq nazorati o'rnatilganligini anglatadi.
endilikda vazirlik va idoralar rahbarlari o'zlari mas'ul bo'lgan reyting va indekslarda ko'rsatkichlarni
yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan respublika kengashida
hisobot berib boradilar.
Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o'rnining yaxshilanishi ko'p jihatdan qabul qilayotgan
qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog'liq. SHuning uchun ham kengash tarkibiga mahalliy hokimlar
kiritildi. Bu esa qonun talablarining joylardagi ijrosi yuzasidan muammolarni vaqtida aniqlash va ularni
bartaraf etish imkonini beradi.
SHu orqali bu yo'nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning o'zaro
hamkorligi ta'minlanadi, sansalorlik holatlarining oldi olinadi, barcha ishlar muvofiqlashtirilgan holda tashkil
etiladi.
— Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash mamlakatimiz uchun butkul yangi yo'nalish hisoblanadi. SHu
ma'noda vazirlik va idoralar, sud va prokuratura organlari, mahalliy hokimliklar bunga qay darajada
tayyor?
— Albatta, bu ko'p vaqt sarflanadigan, progressiv bilimlarni talab etuvchi yangi jarayonlardan biri. Bu,
shubhasiz, mas'ul davlat organlarining o'zlariga biriktirilgan xalqaro reyting va indekslar metodologiyasini
izchillik bilan o'rganish, uni to'g'ri talqin qila olgan holda amaliyotga tatbiq eta olish, xalqaro reyting va
indeksni beruvchi tashkilot bilan aloqalarni o'rnata olish bilan bog'liqdir.
Ochig'i, barcha vazirlik va idoralar, ayniqsa, joylardagi hokimliklar yoki parlament a'zolarining barchasi
ham masalaning tub mohiyatini to'la anglab etdi, deb aytish mushkul. YUqorida aytganimdek, reyting va
indekslar joylardagi vaziyatga bog'liq, qonunlarning ijrosiga bog'liq. Ming afsuski, joylardagi hokimliklar
yoki davlat organlari vakillarining ba'zida bilib-bilmay aytgan gap-so'zlari yoki xatti-harakatlari reyting va
indekslardagi o'rnimizga salbiy ta'sir qiladi.
SHu o'rinda barcha rahbarlar, ular qaysi darajadagi rahbar bo'lishidan qat'i nazar, o'z harakatlarini
qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari zarur ekanini yana bir karra ta'kidlamoqchiman.
Odamlar bilan muloqotlarda esa inson sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi shart.
Har bir tizimda ishlarimizni samarali tashkil etish maqsadida barcha vazirlik va idoralarda xalqaro reyting
va indekslar bilan ishlash bo'yicha tarkibiy bo'linmalar tashkil etilishiga erishdik. Bu esa ishimizni ancha
osonlashtiradi. Ajratilgan alohida xodimlar doimiy ravishda o'zlarining vazirligi yoki idorasi mas'ul bo'lgan
xalqaro reyting va indeks bo'yicha ish olib boradi.
Xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati, oldimizda turgan ustuvor vazifalarni belgilash, reyting
agentliklarining metodologiyalarini o'rganish maqsadida mahalliy hokimliklar hamda vazirlik va idoralar
mas'ullari uchun maxsus treninglarni boshladik.
SHu bilan birga, eng asosiy ishimiz qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini,
bir so'z bilan aytganda, qonun ustuvorligini ta'minlashdir. Bu borada biz parlament va jamoatchilik
nazoratini qat'iy yo'lga qo'yishga kirishdik va, albatta, ijobiy natijalarga erishamiz.
— Bugungi kunda xalqaro miqyosda ustuvor hisoblangan to'rtta xalqaro reyting va indeksda O'zbekiston



Yüklə 51,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin