Xalqaro reyting va indekslar



Yüklə 51,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.03.2023
ölçüsü51,44 Kb.
#88749
1   2   3   4   5   6
downloadfile

3
hali e'tirof etilmagan. Buning sababi nimada? Ushbu reytinglarda mamlakatimiz o'rnini aks ettirish bo'yicha
qanday choralar ko'rilmoqda?
— O'zbekistonning ushbu xalqaro indekslarda e'tirof etilmaganiga bir necha sabablar bor. Masalan, Jahon
iqtisodiy forumining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga mamlakatimizni kiritish masalasi yuzasidan
Moliya vazirligi olib borgan muzokaralar natijasida indeksga kirish jarayoni 2 yil muddatni talab etishi
ma'lum bo'ldi.
Birinchi yilda tashkilot tomonidan O'zbekistonda rasmiy so'rovnoma o'tkazish uchun hamkor, ya'ni
nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tanlab olinadi va so'rovnoma o'tkaziladi. Ikkinchi
yilda so'rovnoma natijalaridan kelib chiqib, O'zbekistonning indeksdagi norasmiy o'rni belgilanadi hamda
ularning O'zbekiston ko'rsatkichlarining haqiqiy tendentsiyalari bilan qay darajada mos kelishi tekshirib
ko'riladi. Tendentsiyalar maxsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida muntazam kuzatilib boriladi va
tahlil qilinadi.
Xalqaro byudjet hamjamiyatining “Byudjet ochiqligi indeksi”ga kirish masalasiga to'xtaladigan bo'lsak,
indeks bo'yicha mamlakatda tadqiqot o'tkazish uchun zarur resurslar (jumladan, mablag'lar) faqatgina
xalqaro nodavlat tashkilotlar va institutlar (donorlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o'tkazishdagi mahalliy hamkor sifatida mustaqil
fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bo'lishi zarur. Mazkur indeks hisobotida
mamlakatimizni aks ettirish bo'yicha yakuniy qaror tashkilotning joriy yil avgust oyidagi yig'ilishida ko'rib
chiqilishiga kelishilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish
cheklovlari indeksi”da O'zbekistonni e'tirof etish maqsadida tuzilma mas'ul rahbarlari bilan muzokaralar
o'tkazildi. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan birgalikda “Investitsion siyosat sharhi
— O'zbekiston” nomli hisobotni ishlab chiqish va bu orqali indeksda mamlakat o'rnini aks ettirish
imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Kornell universiteti, Xalqaro intellektual mulk tashkilotining “Global innovatsiyalar indeksi”da
mamlakatimiz o'rnini aks ettirish masalasida Innovatsion rivojlanish vazirligi muzokaralar o'tkazmoqda.
Hozir ushbu indeksda talab etilgan zarur statistik ma'lumotlarni jamlash bo'yicha hamkorlikda ishlar yo'lga
qo'yilgan.
— Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni mamlakatimizdagi islohotlar bo'yicha xolis va
zarur ma'lumotlar bilan o'z vaqtida ta'minlash masalasi o'z echimini topganmi?
— Albatta, bunday ma'lumotlar turli axborotnomalar shaklida tegishli tashkilotlar, xususiy investorlar
hamda xalqaro ekspertlarga jo'natilmoqda. SHuningdek, ular vazirliklarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy
tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham keng jamoatchilik e'tiboriga havola etib borilmoqda.
Bundan tashqari, ayrim reyting va indekslarda talab etilgan statistik ma'lumotlar respublikamizning davlat
idoralari va tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan statistik ma'lumotlar bazasiga asoslanadi.
Masalan, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami 206 ta milliy indikator tasdiqlangan. Davlat
statistika qo'mitasi tomonidan yaratilgan maxsus saytga bu boradagi zarur ma'lumotlar doimiy ravishda
joylashtiriladi. SHuningdek, xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma'lumotlar davlat idoralari
tomonidan muntazam yangilanib boriladi.
Misol uchun, hukumat portali doirasida “Ochiq ma'lumotlar portali” ishga tushirilgan. Mazkur portal Davlat
statistika qo'mitasining davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar bazasi yuritilishi va
yangilanishi, shuningdek, tegishli axborotlarning o'z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlar tadbirkorlar va aholi o'rtasida
o'tkazilgan so'rovnomalar natijalariga, nodavlat notijorat tashkilotlar ma'lumotlariga hamda milliy va xorijiy



Yüklə 51,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin