5 SHu o'rinda alohida qayd etishimiz zarur, har bir davlat organi, ayniqsa, respublika darajasidagi vazirlik,
idora, tashkilotlar huzurida nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari
tuzilib, ular bilan yaqin hamkorlik o'rnatilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.
— YAqinda BMTning “Raqamli hukumatni barqaror rivojlanishi yo'lidagi o'n yillik harakat” nomli hisoboti
e'lon qilindi. 2020 yil uchun dunyoda elektron hukumat rivojlanishi natijalari taqdim qilingan ushbu
reytingda O'zbekiston 6 ta pog'onaga tushib, 87-o'rinni egalladi. Nima deb o'ylaysiz, nima sababdan
mamlakatimiz avvalgi o'rnini yo'qotdi?
— Albatta, O'zbekiston umumiy reytingda 6 ta pog'onaga pasaydi. Lekin reytingni shakllantiruvchi
komponentlar bo'yicha birmuncha o'sish kuzatilgan. Masalan, ushbu reytingning “Inson kapitali”, “elektron
ishtirok” va “Telekommunikatsiya infratuzilmasi” indekslari bo'yicha ko'rsatkichlar 0,01 dan 0,14
punktgacha oshgan.
“elektron ishtirok” indeksi bo'yicha respublikamiz o'zining ko'rsatkichini 0,80 punktgacha oshirib, umumiy
reytingdagi o'rnini 13 pog'onaga ko'tardi va 46-o'rinni egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori
rivojlanish darajasiga ega mamlakatlar ro'yxatiga kirdi. Vaholanki, 2018 yilda ushbu indeks bo'yicha
mamlakatimiz 59-o'rinda edi.
Bundan tashqari, O'zbekistonga ochiq ma'lumotlar bo'yicha eng yuqori ball berildi. Albatta, “elektron
hukumatni rivojlantirish” reytingidagi o'rnimiz pasayishiga ayrim omillar ta'sir qildi. eng avvalo, ta'kidlash
joizki, 2018 yildan joriy yilning aprel` oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va
“elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud bo'lmagan. Natijada
reytingni oshirish bo'yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmagan va tegishli ishlar etarli
darajada tashkil etilmagan. Hozir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
ushbu ishga mas'ul etib belgilangan.
SHuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta'lim, mehnat, ijtimoiy xizmatlar, sog'liqni saqlash,
moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlari ham talabga to'liq javob
beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu saytlar reytingning “elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat
bo'yicha baholab boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil` qurilmalardan
foydalanish uchun moslashgan shakllari etarli darajada joriy etilmagan.
SHuningdek, tranzaktsiya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli yig'imlar va jarimalarni to'liq
elektron tarzda to'lash ham oxiriga etmaganligi reytingdagi o'rnimizga salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.
Reytingning “Inson kapitali” komponenti bo'yicha ham ishlashimiz kerak bo'lgan ayrim kamchiliklar bor.
Masalan, masofaviy o'qitish imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmayotgani, oliy ma'lumotga ega aholi qatlami
bo'yicha aniq ma'lumotlar etarli emasligi reytingdagi o'rnimizga ta'sir qilmoqda.
Mobil` aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan “Telekommunikatsiya
infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmog'i
etib bormaganligi ham reytingdagi o'rnimizga o'z ta'sirini o'tkazmoqda.
Bu kamchiliklarni to'g'rilash bo'yicha ustuvor vazifalarni belgilab olganmiz. Umid qilamizki, navbatdagi
hisobotlarda ushbu yo'nalishda mamlakatimiz o'rni yanada yaxshilanishiga erishiladi.
— Koronavirus pandemiyasi ko'p islohotlarimizga salbiy ta'sir qildi. Iqtisod deysizmi, sanoatmi, ta'lim va
boshqa sohalar qiyin raqobat muhitida qoldi. Nima deb o'ylaysiz, bu holat reyting va indekslarda qanday
baholanadi?
— Darhaqiqat, bugungi kunda koronavirus pandemiyasi global miqyosda butun insoniyatga xavf
solayotganiga, barcha sohalarda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganiga barchamiz guvoh bo'lib
turibmiz.
Pandemiya sharoitida, albatta, birinchi zarba iqtisodiyotga tushadi, rejalashtirilgan ko'plab islohotlar ijrosi