Butunjahon pochta ittifoqi. 1974 yilda Berk shartnomasiga ko'ra ta'sis etilgan. 1948 yilda BMT ning ihtisoslashgan muassasasiga aylantirilgan.
-189 ta davlat a'zo, 1997 yilgi byudjet 25,2 mln dollar
- Oliy organlari –Butun jahon pochta kongressi. Markaziy apparat shtatida151 kishi bor.
Bosh direktor: Janob Tomas E.Livi(AKSH)
Bosh qarorgoh : Bun (Shveysariya) Internet ibis.ib.upu.org.
Xalqaro elekrt aloqalar ittifoqi
1865 yilda parijda tuzilgan. 1947 yilda BMT da
188 ta davlat a'zo. 482 (tashkilot a'zo). Byudjet 1998-1999 yilda 22,7 mln dollar. Kengash 46 a'zo .
Bosh kotib: Pekka Taryan (Finglandiya)
Bosh qarorgoh : Jeneva(Shveysariya) Internet.www ltu. int.
Butunjahon meteriologiya tashkiloti
1951 yildan BMT tarkibida, 185 a'zo,179 ta davlat va 6 sarhaddan tashkil topgan. Byudjet 1996-1997 yil 177 mln dollar
Bosh kotib: G.O.P. Obasi(Nigeriya)
Bosh qarorgohi: Jeneva(Shveysariya) Internet.www.wmp.ch.
1994 yilda Brettonvud konferensiyasida tashkil etilgan. Xalqaro valyuta fondi qo'yidagilarni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan:
pul-kredit sohasida xalqaro hamkorlikka ko'maklashadi;
barqaror valyuta kursi va valyuta munosabatlarini tartibga keltirishga yordam beradi;
ko'pqirrali to'lovlar tizimi va chet el valyutasini almashtirishdagi cheklashlarni yo'qotishga yordamlashadi;
o'z a'zolariga vaktinchalik moliyaviy resurslar bilan yordam berib, to'lov balanslarida ularga disproporsiyani yo'kotishda ko'maklashadi.
Xalqaro valyuta jamg'armasining moliyaviy resurslari asosan 182 a'zo mamlakatdan tushgan badallardan (“kvotadan”) tashkil topib, hozirgi vaqtda “maxsus o'zlashtirish huquqi” shaklida 145321 milliardni tashkil etadi, bu degani qariyib 195 milliard dollardan iborat. Kvotalar qatnashchilarning nisbiy iqtisodiy hissalari hisobi asosida formulaga binoan aniqlanadi. Xalqaro valyuta fondi o'z a'zolariga “maxsus o'zlashtirish huquqi” shaklida xalqaro moliya rezervlari tuzish va ajratish vakolatiga ega.
Xalqaro valyuta jamg'armasining asosiy vazifalaridan biri to'lov balansida qiyin axvolga tushib qolgan a'zolarga qisqa muddatli kredit berishdir. Xalqaro valyuta jamg'armasi a'zosi o'zlashtirishi mumkin bo'lgan summa ularning kvotasiga nisbatan proporsional tarzda cheklanadi. Jamgarmadan o'z iqtisodini bir necha yil davomida barqaror qilish uchun moliyaviy kredit oladigan mamlakatlar o'z kvotalaridan (hissalaridan) to'rt-besh bor ortiq summa o'zlashtirishlari mumkin.
Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg'armasi tarkibiy qayta ko'rishni moliyalashtirish mexanizimi orqali daromadi past mamlakatlarga imtiyozli yordam ko'rsatadi. Jamg'arma a'zolari tarkibiy qayta ko'rishni moliyalashtirish mexanizimi orqali moliyalash uchun tegishli talablarga ko'ra uch yil muddatga o'z kvotalarini 190% i miqdorida qarz olishlari mumkin. Ayrim xollarda ushbu miqdor kvota xajmidan eng yuqori 255% darajaga yetishi mumkin.
Xalqaro valyuta jamg'armasining rahbar organi – Boshqaruvchilar kengashi bo'lib,unda barcha a'zo davlatlar vakillari ishtirok etadi. Kengash har yili chaqiriladi. Kundalik ishlarga 24 a'zodan iborat Ijroiya kengash rahbarlik qiladi,unga Muvaqqat komitet maslahatlar beradi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi xodimlari 110 mamlakatdan 2600 kishi atrofida bo'lib, ularga Ijroiya qumita tomonidan saylangan Boshqaruvchi –direktor rahbarlik qiladi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi yiliga ikki marta “Jahon iqtisodiy istiqbollari” sharxini nashr qildi.
Boshqaruvchi direktor: Xorest Keler(Fransiya)
Bosh qarorgoh: Vashington(AQSH) Internet.www int. org.