Xalqaro savdo nazariyalari


Raqobat ustunligi strategiyasi



Yüklə 94,24 Kb.
səhifə8/9
tarix29.11.2023
ölçüsü94,24 Kb.
#169943
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro savdo nazariyalari

Raqobat ustunligi strategiyasi. M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy birligi - bu tarmoqdir, ya`ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi va o`zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta`sir etadi:
1. Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya`ni raqobatning o`ziga xosliklari. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta`sir qiladi:
-yangi raqobatchilarning paydo bo`lishi;
-o`rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo`lishi;
-etkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;
-xaridorlarning savdolashish qobiliyati;
-mavjud bo`lgan raqobatchilarning o`zaro raqobati.
Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki, u bahoga, harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta`sir qiladi.
2. Firmaning tarmoqda tutgan o`rni. Firmaning tarmoqdagi o`rni, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo`lsa, u o`z raqiblarini ortda qoldiradi:
-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
-Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya`ni firmaning iste`molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati.
Firmaning tarmoqda tutgan o`rniga ta`sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu firmaning o`z tarmog’i doirasida mo`ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o`zi uchun necha turdagi tovarlarni chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat ko`rsatishini, qaysi joylarida o`z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida yuqorida ta`kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba`zi bir o`ziga xos xususiyatlarga ham ega.
M. Porter mavjud raqobatning o`ziga xosligiga ko`ra ikki turdagi tarmoqlarni ajratadi:
1)Quyi milliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo`llash mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.
2) Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar duni bo`yicha yagona raqobat maydoniga ega bo`ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas, balki global raqobat usutunligini yaratish kerak bo`ladi.
M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan foydalanishning ikki usulini ajratadi:
1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya`ni o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko`rinishlarini joylashtirish.
Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
-omillarning minimal qiymati;
-ITTKIni o`tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi;
-maxsus ko`nikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o`z ichiga
-ma`lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Raqobat ustunligining determinantlari. Har bir tarmoq doimo yangilanib va zamonaviylashtirib ko`riladi. Bu jarainni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat muhim o`rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo`lgan ishchi kuchi mavjud mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to`rt xususiyatni ko`rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta`sir qiladigan mahalliy firmalar raqobatlashadi.
YA`ni, xulosa qilib, M. Porterga o`z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo`ladi:
1.Asosiy omillar:
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo`lishi;
-mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo`lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo`ldosh va uni ta`minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh bo`lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri
2.Qo`shimcha omillar:
-tasodifiy hodisalar;
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha hukumat faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.



Yüklə 94,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin