Kambag‘allikni qisqartirishning amaliy mexanizmlari qamrov darajasini oshirish maqsadida kambag‘al oilalarning doimiy daromad manbaini yaratish borasida jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan 3 ta asosiy vositadan foydalanish ko‘lami oshirildi.
Birinchi vosita: kambag‘al aholining doimiy daromad manbaini yaratish uchun dastlabki kapitalni shakllantirish maqsadida aholi tomorqasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va boshqa sohalardagi kooperativlarga jalb qilinadigan shaxslarning a’zolik badali uchun hamda mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga oladigan ish beruvchilarga subsidiyalar ajratilmoqda.
Ikkinchi vosita
Ikkinchi vosita: inson kapitali sifatini oshirish maqsadida ishsiz hamda malakaga ega bo‘lmagan aholini turli kasb-hunarlarga o‘qitish uchun monomarkazlar, ustoz-shogird an’anasini tiklash va kengaytirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi sub
sidiyalar taqdim etilmoqda.
Aholining kambag‘al qatlamini “World skills” standartlari asosida o‘qitish ishlari tashkil etilib, mazkur jarayonda nodavlat tashkilotlar ishtiroki kengaytirilmoqda.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholini Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari tomonidan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Uchinchi vosita
Bundan tashqari, 2020 yilda – pandemiya sharoitida moddiy ko‘makka muhtoj oilalarning 1 mln. 195 ming nafariga bir martalik va Muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 182 mingdan ortiq oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.