Xalqaro tajribani o’rganish orqali Buxoro viloyati turizm infratuzilmasini rivojlantirish



Yüklə 35,58 Kb.
səhifə4/5
tarix26.06.2023
ölçüsü35,58 Kb.
#135229
1   2   3   4   5
Germaniya
1990 yil Germaniyada ichki va xalqaro turistlar tomonidan o‘tkazilgan turistik kunlar taxminan 255 mln. ni tashkil qilar edi (Ushbu ma’lumotlar g‘arbiy Germaniyaga oid). Chet mamlakatlarga sayohat qiluvchilar soni oshganligi sababli ichki turizmning o‘sishi keyingi paytlarda susaydi. Germaniyaliklar otel yoki boshqa mehmonxona tipidagi binolarda to‘xtashni xush ko‘radilar. Shu paytgacha o‘z-o‘zini boshqaruv sektorida joylashish ham o‘z mavqeiga ega edi. Ularning ko‘p qismi Bovariyada joylashgan. 1990 yillarda Sharqiy Germaniyada Xalqaro turizm sohasining dunyo standartlariga yaxshi javob bera olmasligi aniqlandi. Shu sababli u yerlarda turizm yaxshi rivojlana olmadi. g‘arbiy Germaniya bilan birlashuviga qadar esa ko‘p mamlakatlardan turistlar qa. 1990 yilda turistlar bu yerlarga turli maqsadlar bilan kelar edi. Dam oluvchilar qismi katta emas, bu esa (sayohatning qimmatga tushishi) milliy valyuta – marka kursining balandligi va turmush tarzining yuqoriligidan dalolatdir. Mamlakat hududida NATO qo‘shinlari joylashganligi sababli qarindosh va do‘stlarning qatnovi ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveytsariya va Yaponiya kabi mamlakatlardan ish yuzasi bo‘yicha qatnovchilar ko‘p edi. Bunga Gannover, Gamburg, Dyusseldorf, Shtutgart, Myunxen va boshqa shaharlarda o‘tkaziladigan ko‘plab xalqaro savdo ko‘rgazmalari va konferensiyalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Germaniya Alp, Fransiya va O‘rta Yer dengizi yo‘nalishlarida strategik chorraha hisoblanadi. Shu sababli mamlakatda juda ko‘p tranzit sayohatchilar bo‘ladi. Ularning ayrimlari bu mamlakatda tunash uchun ham qolmaydi. Germaniyaga Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan, qo‘shni Polsha mamlakatlaridan bir kunlik mehmonlar ko‘plab tashrif buyuradi. g‘arbiy Germaniyaning chetga chiqish turizmi o‘sib bormoqda (ta’tilini chet mamlakatlarda o‘tkazayotgan germaniyaliklar soni yildan-yilga o‘sib bormoqda). Germaniyaliklar amerikaliklardan so‘ng ta’til davrida ko‘p pul sarflash bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. 1991 yilda ularning xarajatlari butun dunyo turistlari xarajatining 13%ini tashkil qildi. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarining turistik sohalari Germaniya bozorlari bilan chambarchas bog‘liq. Germaniyaliklarning ta’tilini o‘tkazadigan asosiy joyi O‘rta Yer dengizi bo‘lib qolmoqda. Italiya ekologik holatining yomonlashganligi tufayli turizm sohasida o‘z mavqeini yo‘qotdi. Shu sababli 80-yillarning oxirida germaniyaliklar Ispaniyada dam olishga ko‘proq e’tibor bera boshladilar (1985-1989 yillarda Italiyaga germaniyaliklarning kelishi 20%ga qisqardi). Germaniyaliklarning boshqa Alp mamlakatlari – Shveytsariya va Avstriyaga sayohati 18,4%ni, Skandinaviya mamlakatlariga sayohati esa 5,1%ni tashkil qiladi. Germaniyaning birlashishi sobiq Yugoslaviyaning parchalanishi, "Cho‘ldagi bo‘ron urushi" va boshqa siyosiy voqealar, shuningdek, iqtisodiy inqiroz mamlakatdan chetga chiqish turizmi modeliga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ispaniya, Portugaliya, Turkiya (1991 yildan keyin) va Kipr davlatlariga chiqish, shuningdek, uzoq sayohatlar miqdori ham oshdi. Ularning o‘sishi hatto 1990-91 yilgi iqtisodiy inqiroz davrida ham saqlanib qoldi. Bunday sayohatlarning aksariyati (milliy valyuta kursining doimiy ravishda o‘zgarib turishiga qaramasdan) AQShga to‘g‘ri keladi. Germaniya bozori uchun 2-o‘rinda Uzoq Sharq turadi. Germaniyaliklarning ayniqsa, Yaponiya, Singapur, Gongkong kabi mamlakatlarga qiziqishi katta. Aksariyat germaniyalik turistlar Tailandda dam oladilar. Ayniqsa, Shri-lanka, Keniya germaniyaliklar uchun turistik markaz hisoblanadi. 1990 yillarga qadar Germaniyaning sharqiy va qarbiy qismlari alohida turistik zona sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. Sharqiy Germaniya ham boshqa Sharqiy Yevropa mamlakatlaridek yaxshi tashkil qilingan ichki turistik bozorga ega edi. Ammo uning xalqaro turizmi chegaralangan. Bu chegaralashdan faqat sotsialistik lager mamlakatlarigina mustasno edi. Agar 1990 yilda Sharqiy germaniyaliklarning faqat 25%igina chet davlatlarga chiqqan bo‘lsa, 1991 yilda ularning soni 45%ga yetdi. g‘arbiy Germaniya urush davridan keyin g‘arbiy Yevropa turistik oqimlariga kiritilgan edi. Ammo 90-yillarning boshida g‘arbiy Germaniyaning chet davlatlarga chiqish turizmi iqtisodning yomonlashuvi tufayli qisqardi. Ammo Germaniya birlashgandan keyin bu ko‘rsatkich mamlakatning Sharqiy qismi bilan kompensatsiya qilindi. g‘arb bilan Sharqning birlashuvi Germaniyada Yevropa mamlakatlari uchun turizmning yangi modelini tashkil qilishga imkoniyat yaratdi. Ichki turizmning yangi modeli kelajakda xalqaro turizm modeliga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.


Yüklə 35,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin