Xalqaro tajribani o’rganish orqali Buxoro viloyati turizm infratuzilmasini rivojlantirish



Yüklə 35,58 Kb.
səhifə2/5
tarix26.06.2023
ölçüsü35,58 Kb.
#135229
1   2   3   4   5
Avstriya
Avstriyada Shveytsariyadagidek chegaraga keluvchi turistlar haqida ma’lumot to‘planmaydi va turizm holati haqidagi ma’lumotga turli hududlarga joylashgan va o‘tkazilgan turistik kunlar uchun miqdor ko‘rsatkichlariga qarab baho beriladi. Ushbu mamlakat Shimoliy Yevropani janub bilan, g‘arbiy Yevropani sharq bilan bog‘lovchi trassalarning kesishuv yo‘lida joylashgan.
Demak, mamlakatning geografik holati, shuningdek uning qulay avtomobil trassalarini katta miqdorda tranzit va 1 kunga keluvchi turistlar tashkil qiladi (tranzit turistlarning asosiy qismi shimoliy Yevropadagi mamlakatlardan O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlariga yo‘l oladilar). 80-yillarning oxirlarida sotsializm lageri bilan g‘arb o‘rtasidagi temir parda olib tashlangandan keyin 1 kunga keluvchi turistlar miqdori oshdi. 90-yillarning boshida mamlakatga qo‘shni bo‘lgan Vengriya, Chexiya va Slovakiya, shuningdek Polsha turistlari faol qatnay boshladilar. 1992 yilda chet el turistlari Avstriyada umumiy hisobda 99,7 million turistik kunni o‘tkazdilar. Ichki turistlar esa 30,6 million turistik kun o‘tkazdilar. Ichki turistlar tarkibiga asosan mamlakatning g‘arbida dam oluvchi poytaxt aholisi kiradi. Shveytsariya xalqidan farqli o‘laroq, Avstriyaliklar mamlakat va chet ellarga sayohat uyushtirmaydilar. 1990 yilda chet davlatlarga atigi 2,6 million sayohat uyushtirilgan. Shundan yarmi O‘rta Yer dengiziga to‘g‘ri keladi. Bu holat joylashish strukturasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yaqin kunlargacha Avstriyaliklar xususiy sektorlar kvartiralariga joylashardilar. Biroq 90-yillarning boshlariga kelib o‘z-o‘ziga xizmat qilish sektorlariga joylashish miqdori o‘sa boshladi. 1985 yilda joylashish miqdori 7% bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda 11,8%ga ko‘tarildi. Ushbu o‘sish miqdori chet elliklar hisobiga to‘g‘ri keladi. O‘ozirgi paytda Avstriya qishki sport o‘yinlari bo‘yicha yetakchi turistik markaz hisoblanadi. Vaholanki, xalqaro turizm asosan mamlakatning qarbiy qismida rivojlangan. Avstriya uchun asosiy ta’minlovchi mamlakatlar Germaniya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya hisoblanadi. Bu 3 davlat fuqarolarining Avstriyada o‘tkazgan turistik kunlari 80% ni tashkil qiladi. Keluvchilarning yarmi Germaniyaga to‘g‘ri keladi. Undan keyin Niderlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Fransiya, AQSH, Belgiya, Shvetsiya, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va boshqalar. Avstriya Shveytsariyaga nisbatan Germaniya bozoriga ko‘proq muhtojlik sezadi. So‘nggi yillarda Avstriya ko‘proq Italiya bilan hamkorlik qilmoqda. 1992 yilda Avstriyada turistik kun miqdori 1987 yildagiga nisbatan 3,6 mln. ga ortdi. Avstriyada "gavjum" sezoni juda aniq, ya’ni yozgi "pik" avgust oyiga to‘g‘ri keladi. Avstriyada qishki turizm mavqeining o‘sishi bilan birgalikda ushbu mamlakat va boshqa Alp davlatlari, ya’ni Shveytsariya, Italiya, Fransiya, Germaniya va Sloveniya oldida qishki sport o‘yinlarining ekosistemaga ta’sir qilish muammosini hal qilish turibdi. Shu bilan birgalikda ushbu mamlakatlarda yozgi turizm mavqeining tushishi sezilmoqda.

Yüklə 35,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin