Iqtisod fanlari nomzodi Q.Xoshimov ilmiy ishida: «chet el investitsiyalari – chet el mulkdorlari tomonidan maʼlum kapitalni bir iqtisodiyotdan mutloq boshqa mamlakat iqtisodiyotining qonun bilan taʼqiqlanmagan turli tarmoqlariga aniq va noaniq risklarni hisobga olgan holda, oʼz manfaatiga erishish, nisbatan yuqori darajada samara olish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir», degan mazmunda taʼrif berilgan.
XORIJIY INVESTITSIYALАR
Moddiy boyliklar
Moliyaviy
boyliklar
Intellektual
boyliklar
Boshqa
boyliklar
бинолар;
иншоотлар;
асбоб
ускуналар;
транспорт
воситалари;
бошқалар.
pul mablagʼlari;
bankdagi maqsadli jamgʼarmalar;
sugʼurta polislari;
boshqa qimmatli qogʼozlar.
avtorlik huquqi;
ixtirolardan foydalanish huquqi (nou-xau);
boshqa intellektual boyliklar;
tabiiy resurslardan foydalanish, yer va mulklardan foydalanish huquqlari;
ijara huquqlari;
boshqalar.
CHET ELLIK INVESTORLAR QUYIDAGILAR BOʼLISHI MUMKIN:
chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari,
davlatlar oʼrtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼekti boʼlgan xalqaro tashkilotlar,
chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat koʼrsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar,
chet davlat fuqarolari va Oʼzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʼlmagan shaxslar