Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar


Iqtisodiy geografik omillar



Yüklə 25,26 Kb.
səhifə3/6
tarix11.06.2023
ölçüsü25,26 Kb.
#128326
1   2   3   4   5   6
Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

Iqtisodiy geografik omillar. Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy texnika bazasi, ya’ni mehmonxonalar fondi, umumiy ovqqatlanish korxonalari (restoran tarmoqlari), sport inshootlari, tomosha va sayr qilish, dam olish, bir qator servis xizmati ko‘rsatish obyektlari ichki va tashqi kommunikatsiya tarmoqlari avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transporti, aloqa vositalari, Internet tarmog‘i kiradi. Xalqaro turizmning jadal rivojlanishiga yangi temir yo‘llar, avtomobil trassalari, dengiz, daryo, havo transportlari, zamonaviy turistik avtobuslar, yengil avtomobillar, shu jumladan yotib uxlaydigan komfortabelli avtomobil tirkagichlar, mototsikllar, motorollerlar, yangi dengiz, daryo passajir kemalari, teploxodlar, tez uchar reaktiv havo laynerlari h.k. bularning hammasi xalqaro turizmni rivojlantirishga katta imkoniyatlar tug‘diradi.
Ma’lum bir mintaqada, hududda xalqaro turizmning rivojiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-geografik omillarga qo‘yidagilar kiradi:

  • turstlarni qabul qiluvchi mamlakatlar, mintaqalar, hududlarning iqtisodiy-geografik joylanishi;

  • turistlarni qabul qiluvchi va turistlar yuboruvchi mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi;

  • ichki turizm sohasining rivojlanish holati;

  • xorijiy turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi, malakali kadrlarning soni, ularning tayyorgarlik darajasi h.k.

  • ma’lum bir hududda rekratsion resurslarning šiymati, transport xizmatlari turi, oziq-ovqat mahsulotlarning narxi, mehmonxonalarda joylashish narxlari, turistik obyektlar qurilish maydonlarining bahosi;

  • trasport, aloqa vositalarining hududda tutgan o‘rin va holati bilan xarakterlanadi.

2. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar.
Iqtisodiy omillar. Turizm rivojlanishiga makroiqtisodiy omillar bilan bir qatorda mikroiqtisodiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Makroiqtisodiy barqarorsizlik, ishsizlik darajasini o‘sishi, pulning qadrsizlanishi kabilar jamiyatni qo‘zg‘atadi va bezovta qiladi. Ayrim hollarda esa kishilar ishi o‘z uyida qolib, hech qayoqqa sayyohatga bormasdan o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Qachonki, biror mamlakatning iqtisodiyoti yuksalishda bo‘lsa, qaysi kim ishlab chiqarish imkoniyatlari, ya’ni valyutalar miqdorining ortib borishi bilan belgilanadi. Qaysi bir mamlakatda turizmdan keladigan foyda YAIMda salmog‘i anchagina bo‘lgan taqdirda investitsiyalar ya’ni mehmonxonalar qurishga va infratuzilmasini rivojlantirishga sarf etiladi. Shu bilan birga milliy daromadini o‘sishi, ayniqsa aholi shaxsiy ehtiyoji qobiliyatini qondirishga qaratilgan xarajatlarning o‘sishi darajasi, ularning sayyohlikka bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Kishilarning dam olishida turistik mahsulotlar va turistik tovarlar bahosi eng muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, turizmni moliyalashtirishda valyuta kursi muhim rol o‘ynaydi. Valyuta almashtirishning soddaligi, uning osonligi kabilar. 2002 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari o‘rtasida yevroning muomalaga kiritilishi. Ushbu hududdagi sayyohlar uchun yagona valyutaga o‘tilishi juda katta imkoniyatlar to‘g‘diradi.
Xalqaro turizmning rivojlanishiga odatda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kishilarning turmush darajasi bir muncha yuqori bo‘lganligi sababli, turizm harakati ommaviy tusga egadir. YA’ni buning asosiy sababi ishchilarning oylik ish haqi miqdori, ularning tatil paytida oladigan tatil pulining ko‘pligi, nafaqaxo‘rlarning nafaqa pulining yuqori bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Tabiiyki, xalqaro turizmning rivojlanishi darajasiga mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatlar (iqtisodiy inqirozlar, valyuta inflyatsiyasi, ishsizlik darajasining o‘sishi va pasayish holati kabilar) ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadilar.

Yüklə 25,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin