Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar


Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari



Yüklə 25,26 Kb.
səhifə2/6
tarix11.06.2023
ölçüsü25,26 Kb.
#128326
1   2   3   4   5   6
Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Ular iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga sayyohlik, sayr-tomoshalarni uyushtirishda, alohida o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, Fransiya va Italiyaning dengiz qirg‘oqlari, Ruminiya va Bolgariya sharqiy sohillari, AªShda Koliforniya va Florida dengiz bo‘ylari, Bagam va Bermud orollari plyajlari bilan so‘zsiz xalqaro turizm va kurotlar maskaniga aylangan.
Okean va dengiz suvlarining cho‘milishi uchun qo‘lay bo‘lgan qirg‘oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining quruqlikka tutash bo‘lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi, suv to‘lqinlari, ko‘tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relyefi, suvdagi yirtqich qonxo‘r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-yo‘qligi h.k., qirg‘oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar ta’sir etadi.
Daryo va ko‘llar ham turizm resursi yoki boyligi bo‘lib xizmat qiladi. Ular yer usti landshaftlarini yasatadi, mikroiqlim sharotini hosil qiladi, turistlar uchun baliq ovlash, suv sporti bilan shug‘ullanish, turistik markazlar, kurort maskanlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunda Avstriya, Shvetsariya, Buyukbritaniya, Vengriya, Polsha kabi mamlakatlardagi daryo va ko‘l suv havzalari turizmning eng rivoj topgan turlari bo‘lib hisoblanadi. Ammo, keyingi yillarda G‘arbiy Yevropadagi Reyn daryosi suvi haddan tashqari ekologik jihatdan ifloslanib ketish natijasida, u turizm va dam olishda oldingi o‘z o‘rni va mavqeini yo‘qotmoqda.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda o‘rmon boyliklarining roli ham anchagina. U turistlarning dam olishida, hissiyotini (emotsiyasini) muvozanatlantirishda, lirik shart-sharoitlarni vujudga keltirishda, «tashqi dunyo»dan ajralgan holda, qisqa vaqtlarda yashashida muhim rol o‘ynaydi. o‘rmonlar toza havoni ishlab chiqaruvchi asosiy man’ba, salomatlikni qayta tiklovchi maskan, kurort hududlarida shovqinni qaytaruvchi asosiy vositalardan hisoblanadi.
Xorijiy sayyohlarni o‘ziga ko‘proš jalb šiluvchi omillardan biri - bu ekzotik (g‘alati, ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar qo‘riq xonalar, davlat buyurtmalari, milliy bog‘lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus hududlardir. Bunday hayvonat va o‘simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq bo‘lib, Afrika, Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika (AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish mintaqalari va hududlari hisoblanadi.
Ko‘pgina xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qiladigan omillardan biri, bu shifobaxsh mineral suvlar bo‘lib hisoblanadi. Uning asosiy maskanlariga Rossiya, Gruziya, Vengriya, Slovakiya, Chexiya, Ukraina kabi bir qator mamlakatlar misol bo‘ladi.
Xorijiy turistlarning tog‘ sharoitidagi sport turlari alpinizm (Alp, Kordilyera, Himolay to¼lari h.k.), chang‘i sporti (Skandinaviya, Alp, Tatra tog‘lari) suv ustida chanqida suzish, suv ostida suzishlar turlari borgan sari rivojlanib bormoqda. Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Shvetsiya, Buyukbritaniya, Gretsiya hamda AQSH mamlakatlarida xorijiy sayyohlar sport ovlari, baliq ovlashlarda keng ko‘lamda ishtirok etmošdalar.

Yüklə 25,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin