7 -mavzu: O’simliklar olami va hayvonot dunyosini muhofaza qilish



Yüklə 108,54 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü108,54 Kb.
#199347
  1   2   3   4   5
7.Мавзу.Умумий экологияdocx


7 -Mavzu: O’SIMLIKLAR OLAMI VA HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH.
Reja


1. O’simliklar dunyosi va uning muhofazasi.
2. Hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish.
3. O’zbekistonda muxofazaga olingan hududlar
4. Qo’riqxonalar Buyurtmaxonalar, «Qizil kitob»milliy bog’lar,
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Qizil kitob, BMT, Yunesko, Qo’riqxona, milliy bog’, davlat buyurtmalari.
1-savolning bayoni
O’simliklar Er yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. Sayyoramizda 500 ming dan ortiq o’simlik turlari mavjuddir.
O’simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatiga ko’ra bir necha guruhlarga bo'linishi mumkin. Suv o’simliklaridan inson kam foydalanadi, lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa manbai hisoblanadi. Bakteriyalar, ayrim qo’ziqorinlar va suv o’tlari tuproqda ham ko’plab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta’sir ko’rsatadi, organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlarga eng kam bo’lgan er osti o’simliklari asosan bakteriyalardan iborat bo’lib, 3 km va undan ortiq chuqurliklarda uchraydi. Er usti o’simliklari turlarga eng boy shuning bilan birga eng ko’p ishlatiladigan va insonning kuchli ta’siri ostidagi o’simliklardir.
Biosfera biomassasining eng katta qismi o’rmonlarda to’plangan. O’rmon biotsenozining hamma komponentlari o’zaro va atrof-muhit bilan uzviy bog’langan. O’rmonlarda qimmatli hayvon va o’simlik turlari jamlangan. Yog’ochdan inson extiyoji uchun zarur bo’lgan 20 mingga yaqin turli mahsulotlar olinadi. Inson hayotida dorivor o’simliklar ham muhim rol o’ynaydi.Shundan 6000 turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. Bundan 1500 turi dorivor o’simlik sifatida ahamiyatga ega.O’zbekistonda 4 mingdan ortiq yovvoyi o’simlik turlari mavjud bo’lib, shundan 577 tasi dorivor o’simliklar, 103 turi bo’yoqdor o’simliklar, 560 turi efir moyli o’simliklar hisoblanadi.
Er yuzidagi yashil o’simliklar produtsent(avtotrof) organizmlarga kiradi va biosferada moddalarning aylanma harakatida asosiy rol o’ynaydi. O’simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonat angidrid gazini yutib, yiliga 5·1011tonna kislorod chiqaradi va 200 mlrd. tonnaga yaqin organik mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar hayotida asosiy ozuqa va kislorodning manbai bo’lgan o’simliklarning ahamiyati katta. 30 mingdan ortiq o’simlik turlari yo’qolib ketganligi qayd qilinadi. Mavjud 300 mingdan ortiq yuksak o’simliklarning 2500 turidan doimiy, 20 mingga yaqin turlaridan ehtiyojlarga qarab foydalaniladi. Inson hayotida dorivor o’simliklar ham muhim rol o’ynaydi. Shaharlarda yashil o’simliklar havoni tozalaydi, kishilarga estetik zavq beradi, dalalarni shamollardan ximoya qiladi. O’simliklar havoni tozalaydi, tuproqlarni eirilishdan saqlaydi, yog’inlarni ushlab qoladi va daryolarni suv bilan bir maromda ta’minlaydi, kishilarga estetik zavq beradi.
Biosfera biomassasining eng katta qismi-98,7 foizi o’rmonlarda to’plangan. O’rmon biotsenozining hamma komponentlari o’zaro va atrof muhit bilan uzviy bog’langan. O’rmonlarda qimmatli hayvon va o’simlik turlari jamlangan. Yog’ochdan inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan 20 mingga yaqin turli mahsulotlar olinadi.
Insonning o’simliklarga ijobiy va salbiy ta’siri bo’ladi. O’rmonlarni tiklash, ko’kalamzorlashtirish, o’simliklarining navlarini yaratish va boshqalar ijobiy ta’sirga kiradi. Insonning salbiy ta’siri oqibatida oxirgi o’n ming yil ichida sayyoramizdagi o’rmonlarning katta qismi yo’q qilingan, ko’plab qimmatli o’simlik turlari yo’qolib ketgan. O’rmonlarning maydoni 62 mln. km2 dan 40 mln. km2 (1994)gacha qisqargan.



Yüklə 108,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin