7 -mavzu: O’simliklar olami va hayvonot dunyosini muhofaza qilish



Yüklə 108,54 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü108,54 Kb.
#199347
1   2   3   4   5
7.Мавзу.Умумий экологияdocx

Ilvirs Qo’ng’ir ayiq
Orol dengizining qurishi, daryolar suvining ifloslanishi va suv omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga olib keldi. O’zbekistonda har yili mahsus ruhsatnomalar asosida turli hayvonlar ov qilinadi. Ruhsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining yo’qolishiga olib kelmoqda. O’zbekistonda noyob o’simlik va hayvonlar qonun tomonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o’tkazilmoqda.
O’zbekistonda Biologik xilma- xillikni saqlash bo’yicha Milliy strategiya va harakat rejasi qabul qilingan(aprel, 1998) va zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
«O’rmon to’g’risida» (1999 y.), «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» (1997 y.), «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» (1997 y.) qonunlari qabul qilingan. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish uchun qo’riqxonalar va buyurtmaxona, parvarishxonalar tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 9 qo’riqxona(7-jadval), 2 milliy bog’, 9 davlat buyurtmaxonalari, 1 ekomarkaz faoliyat ko’rsatayapti (66-rasm).
Ajoyib tabiat go’shalari, tog’, qayir va to’qay o’rmonlari muhofazaga olingan. Alohida qo’riqlanadigan hududlar 2 mln. gektardan ortiq maydonni egallagan bo’lib, bu pespublika hududining 4%dan ziyodini tashkil qiladi. Mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun alohida qo’riqlanadigan hududlar maydoni 10% dan kam bo’lmasligi kerak.
Orol dengizining qurishi, daryolar suvining ifloslanishi va suv omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga olib keldi
4-savolning bayoni
O’zbekistonda har yili un minglab, turli hayvonlar ov qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining yo’qolishiga olib kelmoqda.
O’zbekistonda noyob o’simlik va hayvonlar qonun tomonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o’tkazilmoqda.
Ekosistemalarda organizmlar qanchalik xilma-xil bo’lsa, uning tashqi ta’sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo’ladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud xilma-xillikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Genetik xilma-xillik, turlar xilma-xilligi, ekosistemalar xilma-xilligi ajratiladi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar o’tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog’lar, buyurtmaxonalar tashkil qilish faoliyati jadallashgan.
Qo’riqxona- deganda insonning har qanday xo’jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat kompleksi asl holida saqlanadigan hududlarga aytiladi.
Qo’rixona quruqlik va suv havzasining harakterli tabiiy landshaftlari bo’lgan ma’lum bir maydon bo’lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir.
Qo’riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo’riqxona xududlaridan xo’jalikda foydalanish, xattoki pichan urish, ov qilish, baliq tutish, zamburug’larni terish umuman taqiqlanadi. Uning xududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. Bu erda tabiat bir butun holda o’rganiladi.
Qo’riqxona xududlari turli xil hayvon va o’simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizdagi hama Qo’riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Bu erda doimo ilmiy-tekshirish ishlari olib boriladi.
O’zbekistonda 1-Qo’riqxona 1926 yilda Zomin rayonining Jizzax o’rmon xo’jaligiga qarashli «Guralash» tog’ archa Qo’riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan. U keyinchalik Zomin tog’-o’rmon Qo’riqxonasi nomi bilan qayta tiklangan. Hozirda bizda 9 ta Qo’riqxona mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: Milliy bog’larda- tabiatdan foydalanish, aholi dam olishi uchun sharoitlar ham mavjuddir. Milliy bog’lar (parklar)da landshaftlar muhofaza qilinadi va aholi ham dam olishi mumkin. Respublikamizda 2 ta milliy bog’ bor bo’lib:
1. Zomin halq bog’i
2. Ugum-Chotqol milliy bog’idir.
1. Zomin halq bog’ida dam olish, sport o’yinlari va turizm bilan shug’ullanishi bilan birga tog’ landshafta u erdagi archazorlar, o’tloqlar, hayvonlar va tabiatning ajoyib namunalari muhofazaga olingan. Dengiz satxidan 1000-4030 m. balandlikda joylashgan.
2. U Tyanshanning g’arbiy qismi tizimidagi Ugom-Chotqol tog’lari yonbagirlarini egallab yotadi. Dengiz satxidan 1000-3200 m. balandlikda joylashgan. Bu milliy bog’da respublikada va halqaro sport musobaqalarini o’tkazishda, ayniqsa Toshkent shahar aholisining dam olish maskani hisoblanadi. Bundan tashqari Milliy bog’ xududida yong’oqzorlar, archazorlar, alp o’tloqlari kabi landshaft mintaqalri mavjud. Milily bog’ faunasi tarkibida qora bars, oq tirnoqli ayiq, yovvoyi cho’chqa va x. uchraydi.
Buyurtmaxonalarda- qisman muhofaza yoki to’liq muhofaza ta’minlanishi mumkin. Bunday alohida muhofaza qilinadigan hududlarda yo’qolib borayotgan noyob o’simlik va hayvonlar, tabiat kompleksi muhofaza qilinadi.
Davlat buyurtmalarida (chet elda rezervatlar) ba’zi tabiiy resurslardan foydalanishi mumkin. Bu erda tabiiy-geografik majmuilar, ayrim hayvon va o’simlik turlari muhofaza qilinadi, unda qator tabiiy resurslardan xo’jalikda foydalanishga ruxsat beriladi.
Davlat buyurtmalari - doimiy va vaqtinchalik bo’ladi. Ma’lum bir maqsadga erishgandan so’ng ayrim buyurtmalardagi muhofaza tartibi bekor qilinishi mumkin,
O’zbekistonda 8 ta davlat buyurtmasi faoliyat ko’rsatmokda, ularda respublikamizning hayvonot va o’simliklar dunyosi muhofaza qilinadi va tiklanadi. Ular quyidagilardir:
1. Oqbuloq tog’ davlat buyurtmasi 111000
2. Xorazm ko’l buyurtmasi 7800
3. Tudako’l ko’l buyurtmasi 30000
4. Dengiz ko’l davlat buyurtmasi 86000
5. Nurun-tepa to’qay buyurtmasi 29000
6. Amudaryo davlat buyurtmasi
7. Chadikko’l buyurtmasi 18600
8. Kuxitang tog’-o’rmon davlat buyurtmasi



Yüklə 108,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin