Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining vujudga kelishi va amal qilishi


O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining o’rni



Yüklə 398,18 Kb.
səhifə9/14
tarix13.02.2022
ölçüsü398,18 Kb.
#52527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4nf4IbVYNMTGDl4O323

O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining o’rni


Bugun O’zbekistondagi ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o’tkazilayotgan tub o’zgarishlar o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tariladi. O’zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini jahon andozalari darajasidagi yangi texnika bilan ta’minlash uchun investitsiya mablag’lari ajratayotgan moliya institutlari oldiga katta vazifalar qo’yilmoqda. Bu vazifani moliyalashning nafaqat an’anaiviy usuli bank krediti va boshqa kreditlarga, balkim xorijiy valyuta-kredit munosabatlariga tayangan holda amalga oshirilib kelinmoqda.

O’zbekistonda olib borilayotgan har tomonlama asoslangan xalqaro valyuta- kredit munosabatlari mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va investsiya muhitiga ijobiy ta'sir etishi bilan birga investitsiyalar kiritish ob'ektlarini jozibadorligini ham oshirmoqda. Bular, o’z navbatida, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga barcha moliyalashtirish manbalaridan keladigan invetitsiyalar hajmini o’sib borishini ta'minlamoqda.

Xususan, 2019 yilda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi keskin oshib, 2018 yilga nisbatan 133,9 % ni tashkil etdi.

2019 yil yanvar-dekabr oylarida 189,9 trln. so’m asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirilib, ularning 70,7 % yoki 134,3 trln. so’m jalb etilgan

mablag’lar hisobidan moliyalashtirilgan bo’lsa, korxona, tashkilot va aholining o’z mablag’lari hisobidan 29,3 % yoki 55,6 trln. so’m moliyalashtirildi (3-rasm).

Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo’yicha, 2019 yilning yanvar- dekabr oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o’tgan yilning mos davridagi ulushiga nibatan 3,1 % punktga kamayib, 26,6 % ni yoki 50686,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.


Yüklə 398,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin