Xalqaro valyuta operatsiyalari


14 Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan



Yüklə 103,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix26.12.2023
ölçüsü103,12 Kb.
#198224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalqaro hisob kitoblar

13


14
Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan 
quyidagi turlari mavjud: 

forvard valyuta bitimlari; 

moliyaviy fyuchers bitimlari; 

valyuta optsioni; 

svop operatsiyalari. 


15
Forvard valyuta bitimi - bu, valyuta boʻyicha bitim
imzolangan sanadan boshlab, ikki ish kunidan keyin amalga
oshiriladigan toʻlovni nazarda tutuvchi bitimdir. Bu bitim aniq
bir sanada, yoki ikki sana orasida amalga oshirishni nazarda
tutishi mumkin.


16
Quyidagilar ushbu bitimning ayrim oʻziga xos boʻlgan
jihatlari mavjud:
a) bu voz kechib boʻlmaydigan va majburiy shartnomadir.
Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga xaqqi
yoʻq. Mijoz shartnomada koʻrsatilgan chet el valyutasini sotib
olishi yoki sotishi shart.
b) bu bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil
etadi. Mijoz bitimda koʻrsatilgan summadan ko’proq valyutani
sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yoʻq.
v) bitim kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart (ikkita
aniq sananing orasida). Mijozda forvard bitimi bajarilish sanasini
uzoqlashtirishga ham, yaqinlashtirishga ham vakolat yoʻq.


Forvard valyuta bitimining shartlari qattiq hisoblanadi, va agar
mijoz uning shartlarini bajara olmasa, bank mijozning forvard
valyuta bitimidagi majburiyatlarni bajarmasdan ketib qolishiga yoʻl
qoʻymaydi, balki bitimning muddatini “uzaytiradi” yoki bank oʻz
hisobidan majburiy ravishda “soʻndiradi”.
17


Valyutalar boʻyicha fyuchers bitimlari- bu kelajakdagi ma’lum bir
sanaga ma’lum hajmdagi valyutani oldindan belgilangan kurs boʻyicha
oldi-sotdi qilish bitimidir. Bu jihatlari bilan ular forvard valyuta
bitimlariga oʻxshaydilar, biroq, forvard bitimlaridan farqli oʻlaroq,
ular:
a) juda oddiy tarzda bekor qilinadi;
b) valyutalar savdosi boʻyicha bitim qat’iy belgilangan standart
summaga tuziladi (masalan, AQSh dollariga fyuchers boʻyicha 25000
funt sterling, AQSh dollariga fyuchers boʻyicha 125000 evro va h.k.);
v) rasmiy birjalarda sotiladi;
g) fyuchers sotuvchilari fyuchers majburiyatlari bajarilishini
kafolatlash uchun birja dilerlariga “pullik marja”ni toʻlashni koʻzda
tutishlari kerak.
18


Valyuta optsioni. Valyuta optsioni uning xaridoriga ma’lum bir
huquqni beradi, ayni paytda, uning zimmasiga kelajakdagi
ma’lum muddatda belgilangan narx boʻyicha xorijiy valyutaning
muayyan miqdorini xarid qilish yoki sotish majburiyatini
yuklamaydi. Optsionni sotuvchi xaridor oldida kelajakdagi
muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx boʻyicha muayyan
miqdordagi
xorijiy
valyutalarini
xarid
qilish
va
sotish
majburiyatlarini
oʻz
zimmasiga
oladi.
Optsion
xaridori
(shuningdek, optsion egasi deb nomlanadi) ushbu operatsiyani
amalga oshirish huquqini olish evaziga belgilangan miqdordagi
pulni - vositachilik haqini toʻlaydi. Optsion oldindan belgilangan
muddatgacha kuchga ega boʻladi. Ushbu muddat ekspiratsiya
sanasi deb ataladi.
19


Optsionlarning quyidagi
ikkita asosiy turi
mavjud:
“koll-optsion”
yoki xarid qilish uchun optsion;
“put-optsion
” yoki sotish uchun optsion.
Valyuta optsionlari valyuta riskini kamaytirish va oldini olish
maqsadida foydalaniladi.
Shuningdek, optsionlarning amerika va yevropa turlari mavjud.
Amerika optsioni deb, odatda, optsionni harakat muddatini
hohlagan vaqtida bajarilishiga aytiladi. Shuning uchun, optsionni
harakat muddati uning birinchi va oxirgi hisob-kitob sanasi orasida
oʻrnatiladi.
Yevropa optsioni deb, odatda optsionning faqat hisob-kitobning
ma’lum bir oxirgi aniq davrida bajarilishiga aytiladi. Optsion bitimi
boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirish uchun ikki ish kuni olinadi.
20


Valyutaviy svop operatsiyalari – valyutalarni qayta sotib olish
sharti bilan sotish, ya’ni ma’lum bir muddat valyutalarni oʻzaro
almashinish operatsiyasidir. Valyutalarni xaridorga dastlabki sotish
joriy, ya’ni spot kurs boʻyicha, qayta sotib olish operatsiyasi esa,
forvard kursi boʻyicha amalga oshiriladi. Kelajakdagi forvard valyuta
kursi LIBOR (London Interbank Offered Rate - LIBOR, London
banklararo
foiz
stavkasi)
orqali
hisoblanadi.
Svop
bitimida
valyutalarni sotish va ularni qaytarib sotib olish kurslarining har
ikkalasi ham koʻrsatiladi.
Svop kelishuvida bitim summasi va amal qilish muddati boʻyicha
hech qanday cheklovlar mavjud emas. Mazkur holat, korxonalarga
optsion yoki fyuchers operatsiyalariga qaraganda uzoq muddatli svop
operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
21


Svop bitimining oʻziga xos afzalliklari bilan bir qatorda,
kamchiliklari ham mavjud. Xususan ularni quyidagilarda koʻrish
mumkin.
1. Svop bitimini tuzishni xohlovchi, ya’ni valyutalarni qayta
sotishni xohlovchi kontragentni topishning qiyinligi.
2. Kelishuv ikki tomonlama bitim shaklida rasmiylashtirilganligi
bois, uni toʻxtatish, yoki bekor qilish ikki tomonning roziligi bilan
amalga oshiriladi.
3. Svop bozorida bitimni kafolatlovchi tomon boʻlmaydi. Bu esa,
tomonlar oʻzaro bir-birlarining toʻlovga qobilligiga ishonch hosil
qilgan holda bitimni tuzishi kerakligini koʻrsatadi.
4. Bozordagi yakka, kichik ishtirokchilar uchun svop bitimini
tuzish imkoniyati har doim ham boʻlmaydi. Svop bitimi odatda, yirik
transmilliy tashkilotlar, davlatlar vaxalqaro moliyaviy institutlar
oʻrtasida tuziladi.
22


Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda,
milliy
valyutaning
xalqaro
mavqeini
belgilashda
va
mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari
tizimida valyuta siyosati muhim rol oʻynaydi.
Valyuta siyosatining shakli va oʻrni, mamlakatning valyuta-
iqtisodiy
holati,
jahon
xoʻjaligining
evolyutsiyasi,
jahon
maydonidagi oʻrni bilan aniqlanadi.
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish boʻyicha
qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir.
Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti boʻlib XVF
hisoblanadi.
23


24
Valyuta siyosati maqsad va amalga oshirish muddatiga koʻra 

Yüklə 103,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin