Xalqaro valyuta operatsiyalari



Yüklə 103,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix26.12.2023
ölçüsü103,12 Kb.
#198224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalqaro hisob kitoblar

Deviz
siyosati.
Markaziy
bankning
deviz
siyosati
muomaladagi xorijiy valyuta miqdoriga ta’sir etish orqali
valyuta
kursiga
ta’sir koʻrsatish, shuningdek, chet el
valyutasidagi aktivlar barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
Valyuta
interventsiyasi
.
Markaziy
bankning
deviz
siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi
hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish
maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish
yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.
28


Hozirgi davrda valyuta interventsiyasidan koʻzlangan maqsad -
valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ida, kutilmaganda yuzaga keladigan
keskin tebranishlarga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar
valyuta kursini istalgan darajada oʻzgartirish imkoniyatiga ega emas,
chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat qila
olmaydilar. Chunki, tijorat banklari, har yili ulkan miqdordagi
mablag’larni valyuta kursining oʻzgarishini chamalash, valyuta
risklarini
boshqarish
maqsadlariga
sarflaydilar.
Buning
ustiga,
Markaziy banklar tijorat tuzilmalariga xizmat koʻrsatmaydilar. Shu
sababli, valyuta interventsiyasidan maqsad valyuta kursining keskin
tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
Valyuta
interventsiyasi
rasmiy
oltin-valyuta
zaxiralari
yoki
Markaziy banklarning banklararo “SVOP” bitimlari hisobiga amalga
oshiriladi.
29


Devalvatsiya
- milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki
xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining tushishidir.
Ya’ni, ayni paytda 1 USD = 9400 UZS boʻlsa, ma’lum bir muddat,
masalan 6 oydan soʻng 1 USD = 9600 UZS boʻlishi, milliy valyutaning
xorijiy valyutaga nisbatan devalvatsiyasi hisoblanadi.
Devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab boʻlib, inflyatsiyaning
kuchayishi va mamlakat toʻlov balansining salbiy qoldiqqa ega boʻlishi
hisoblanadi.
Devalvatsiya siyosati mamlakat toʻlov balansi yomonlashganda
va mamlakatga import oqimi sezilarli darajada koʻpayganda amalda
qoʻllash iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etadi.
Demak, devalvatsiyani qoʻllash shart-sharoiti yuzaga kelganda,
uni darhol amalga oshirish lozim, aks holda sun’iy ravishda kursning
qat’iy ushlab turilishi, butun iqtisodiyotga sezilarli darajada talofat
etkazishi mumkin.
30



Yüklə 103,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin