Moliyaviy derivativlar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
derivativning bazis aktivlari (foiz stavkalari, tovarlar yoki
qimmatli qog‘ozlar bahosi, valyuta (ayirboshlash) kursi, baholar
va foiz stavkalar indeksi, kredit reytingi yoki kredit indeksi, va
boshqalar) bahosining o‘zgarishi uning bozordagi qiymatining
o‘zgarishiga olib keladi;
boshqa moliyaviy vositalarga nisbatan, katta bo‘lmagan
birlamchi xarajatlar asosida zarur aktivlarga derivativ orqali ega
bo‘lish, o‘z-o‘zidan ushbu bozor konyunkturasiga ta’sir qiladi;
bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar kelajakda amalga oshiriladi;
Derivativlarning asosiy belgilari 1 hosila moliyaviy vositalar bazis aktivga asoslanadi. bir hosila moliyaviy vosita boshqa bir hosila moliyaviy vositaga bazis aktiv bo‘lishi mumkin. masalan, fyuchers shartnomalariga optsion. 2
hosila moliyaviy vositalar odatda bazis aktivni oldi- sotdi qilish maqsadida foydalanilmaydi, balki ularning narxlari o‘rtasidagi farqdan foyda olish uchun foydalaniladi. 3
hosila moliyaviy vositalar moliya bozori (ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar, valyuta va ssuda kapitallari bozori) va mahsulotlar bozori bilan bevosita bog‘liq. 11
Hosila moliyaviy vositalarning asosiy bazis aktivlari quyidagilar
hisoblanadi:
qimmatli qog‘ozlar va valyuta kurslari;
tovarlar va xom-ashyo mahsulotlari;
foiz stavkalari va inflyatsiya darajasi;
rasmiy statistik ma’lumotlar;
atrof muhit holatining fizik, biologik va (yoki) kimyoviy
ko‘rsatkichlari;
bir yoki bir nechta yuridik shaxslar, davlat va munitsipial ta’lim orqali
ijro etib bo‘lmaydigan yoki etilmagan majburiyatlar to‘g‘risida
ma’lumot beruvchi holatlar;
hosila moliyaviy vosita hisoblanadigan shartnomalar;
12
XIX
asr
60
yillar.
Birinchi
zamonaviy
fyuchers
shartnomalarini yuzaga kelishi.
XX asr 70 yillar. Moliyaviy fyuchers shartnomalarini yuzaga
kelishi.
XX asr 80 yillar. Birjadan tashqari derivativlar bozorining
rivojlanishi.