Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot



Yüklə 22,12 Kb.
səhifə2/3
tarix01.12.2023
ölçüsü22,12 Kb.
#170847
1   2   3
A.Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot” nomli asari, feodalizimga munosabat.

A.Smit xususiy tadbirkorlikni rivojlanishining ikki shartini ko’rsatib beradi:
1. Shaxsiy manfaat;
2. Raqobat.
U monomorliyalarga qarshi chiqqan. Raqobat qancha kuchli bo’lsa,
monopolizm ehtimoli shuncha kam bo’ladideb hisoblaydi. Davlat erkin raqobatzga aralashmasa, erkin raqobat cheklanmasa u do’nyoning rivojlanishiga olib keladi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo’lib iqtisodiyotga ob‘ektiv, odamlarning irodasiga bog’liq bo’lmagan tizim sifatida qaraydi. Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo’lmaydigan iqtisodiy qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonular amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit tushunchasiga ko’ra, erkin raqobat hisoblanadi. Olim iqtisodiyotda davlat sektori samarasizligini ko’rsatib o’tadi. U hukumatga qo’yidagicha ta‘rif beradi: «Davlat birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o’zgalar pulini esa hamisha o’zingnikidan ko’ra behuda sarflaysan». U davlatning faqat 3 funksiyasini tan oladi:
1. Mamlakat xavfsizligini ta‘minlash,
2. Adolatli sud qilish,
3. Jamiyat uchun zarur bo’lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta‘minlash.

«Ko’rinmas qo’l» nazariyasi


A.Smit iqtisodiyot davlat boshqaruvidan xalos bo’lsa, butun jamiyat
rivojlanishining sabablarini tushuntirish uchun «ko’rinmas qo’l» nazariyasini
foydalanadi. «Ko’rinmas qo’l» deb u bozor mexanizmiga ta‘rif beradi:
«Har bir alohida odam o’z kapitalini uning mahsuloti eng ko’p qiymatga ega bo’ladigan tarzda ishlatishga intiladi. Odatda u jamiyat foydasiga yordam berishni ko’zda tutmaydi, balki faqat o’z manfaatini ko’zlaydi… U o’z manfaaatlarini ko’zlagan holda jamiyat manfaatlariga ko’proq xizmat qiladi».
Bozor mexanizmi asosida talab, taklif, mahsulotlar narxi va raqobat turishini
isbotlab beradi. Bunda raqobat asosiy rol o’ynaydi. U ishlab chiqaruvchilarni
resurslardan samarali foydalanishga va haridorlar ehtiyojini hisoblashga majbur etadi. Bozor iqtisodiyoti normal ishlab turgan sharoitda Smit nazariyasiga ko’ra foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiradi.
A.Smit merkantilistlarning proteksionizm siyosatini tanqid qiladi. Uningcha,
chetdan ancha arzon bahoga olib kelish mumkin bo’lgan tovarni o’zida ishlab chiqarish bema‘ni narsadir.
Uning nazariyasida qo’yidagilar taklif etiladi:
Ishchi kuchining erkin harakati;
Ichki va tashqi savdo va sanoatda to’la erkinlik (proteksionizmga qarshi) siyosati;
Erkin yer savdosi, davlat ixtiyorida qolgan yerlarni xususiy shaxslar o’rtasida
taqsimlash;

Mustamlakalarda sanoat rivojini taqiqlashni bekor qilish.


A.Smitni iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi va undagi nazariy qarashlardan
turli davlatlar, eng avvalo, Angliya hukumati, keyinchalik esa ko’pchilik Yevropa
mamlakatlari o’zlarining iqtisodiy siyosatida foydalandilar.
Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi.
A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy o’zgarishlarning
natijasidir, deb ko’rsatib o’tadi. Uz tadqiqotida A.Smit oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya‘ni uning qiymatini topish vazifasini qo’ydi. U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, hiqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat»- bu buyumning foydaliligi, hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Bunda u bir vaqtning o’zida ikki har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko’p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo’ladi ( bu konsepsiya keyinchalik D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta‘limotlarining asosini tashkil etadi). Ikkinchi konsepsiyaga binoan - tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya‘ni ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. A.Smit o’z qarashlarida bu ikkala konsepsiyadan foydalandi:

  1. Ishlab chiqarish

  2. Taqsimot

Smitning fikricha «Tabiiy baho» (qiymat) – bu shunday bahoki, unda mehnat, kapital va yer uchun to’lanadigan normalar tarkib topadi. Bu tabiiy normalar halqlarning yashash sharoitlariga, geografik va tabiiy sharoitlariga va o’ratcha harajatlar darajasiga qarab o’rnatiladi. A.Smit fikriga ko’ra esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – ob‘ektiv bozor qonunlarining amal qilishi natijasidir. Agar talab baklifdan kam bo’lsa, bozor bahosi tabiiy bahodan past, agar talab taklifdan ko’p bo’lsa, bahoning oshishiga va taklifning ko’payishini rag’batlantiradi. Bunda bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo’lishi mumkin.

Yüklə 22,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin