Xarajatlar haqida


Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalash usullari



Yüklə 72,15 Kb.
səhifə16/23
tarix22.10.2023
ölçüsü72,15 Kb.
#159678
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Qo`shimcha mahsulot hisobi (Восстановлен)

6. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalash usullari


Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashni jarayonli usuli .Bu usul ishlab chiqarish jarayonining quyidagi xususiyatlariga ega bo’lgan korxonalarda qo’llaniladi:
- bir yoki bir necha turdagi mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish;
- texnologik jarayonning qisqa davri;
- tugallanmagan ishlab chiqarishning yo’qligi yoki miqdori kam bo’lganligi.
Bunday korxonalar sanoat tarmog’ining tog’-kon korxonalari (ko’mir, neft va boshqalarni qazib olish), qurilish materiallari sanoati, elektr va issiqlik stansiyalari va boshqalar kiradi. Yordamchi ishlab chiqarishning energetik xo’jaliklarida jarayon usulidan keng foydalaniladi.
Jarayon usulida xarajatlar butun ishlab chiqarish jarayoni uchun yoki bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonining alohida bosqichlari uchun belgilangan kalkulyatsion moddalari bo’yicha hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida ishlab chiqarish jarayonining umumiy xarajatlari mahsulot birliklarining soniga bo’linadi va bitta kalkulyatsion birligining tannarxini hisoblab chiqadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlarining soni va tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligiga qarab, mahsulot birligining tannarxini hisoblashning uchta varianti mavjud.
Birinchi variant (eng oddiy) bir turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan va tugallanmagan ishlab chiqarishi yo’q bo’lgan korxonalarning asosiy ishlab chiqarishida - ko’mir va tog’-kon sanoati korxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqarishda, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarishning energetik xo’jaliklarida qo’llaniladi. Bu ishlab chiqarishlarda mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish jarayoni uchun xarajatlar summasi ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Ko’mir sanoatida, masalan, texnologik jarayonning barcha bosqichlarida ko’mirni qazib olish va sotish xarajatlari (ishlab chiqarishga tayyorgarlik, ko’mir qazib olish, ko’mirni vagonlarga yuklash, tashish, tozalash, saralash va boyitish), ishlab chiqarilgan ko’mir tonna miqdoriga bo’linadi va bir tonna ko’mirning tannarxi aniqlanadi. Yordamchi ishlab chiqarishning elektr xo’jaligida unga qilingan xarajatlar hosil bo’lgan elektroenergiya miqdoriga bo’linadi va 1 kvt/soat elektr energiyaning tannarxi aniqlanadi.
Ikkinchi variant esa bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan va tugallanmagan ishlab chiqarish yo’q bo’lgan tarmoqlarda – elektr va issiqlik energiyasi bir vaqtda ishlab chiqariladigan elektr stantsiyalarda, neft va gaz ishlab chiqarish sanoati korxonalarida va boshqalarda qo’llaniladi.
Bir vaqtning o’zida har xil mahsulot turlarini ishlab chiqarish yoki qazib olishga bog’liq xarajatlar, ushbu muayyan mahsulot turlariga taalluqli bo’lsa, shu mahsulot turi bo’yicha hisobga olinadi. Barcha turdagi mahsulotlar uchun umumiy xarajatlar mahsulot turlari orasida korxonada belgilangan usullarda taqsimlanadi.
Masalan, neft va gaz ishlab chiqarishda quduq amortizatsiyasi, er osti jihozlariga ta’mir va texnik xizmat ko’rsatish, quduqlarning qaytimini oshirish, deemulsiya, nasos bilan neftni chiqarib olish va saqlash, sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlari neftga, gazni yig’ish va tashish xarajatlari esa - gazga o’tkaziladi. Neft va gaz ishlab chiqarish uchun boshqa barcha xarajatlar ular orasida yalpi neft va gaz qazib olish massasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Mahsulot birligi tannarxini hisoblashning uchinchi varianti ishlab chiqarish jarayonining etarlicha uzoq muddatiga ega bo’lgan va hisobot davrining oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishlari mavjud bo’lgan korxonalarda qo’llaniladi – qurilish materiallari sanoatida va boshqalar.
Hisobot davrining boshi va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari korxonada belgilangan usul bilan (odatda, me’yoriy tannarx bo’yicha) baholanadi. So’ngra hisobot davri xarajatlariga hisobot davrining boshi va oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati bilan tuzatishlar kiritiladi va tuzatilgan xarajat summasini ishlab chiqilgan mahsulot birligi miqdoriga bo’linadi.
Ayrim tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish belgilangan koeffitsientlar bilan qayta hisoblanib tayyor mahsulotga aylantiradi. Bu holda mahsulot birligining tannarxi hisobot oyi xarajatlarini keltirilgan birliklar miqdoriga bo’lish bo’yicha aniqlaydi.

Yüklə 72,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin