Xarakter va kasbiy sifatlar. Qobiliyatlar, ularning tabiiy asoslari shaxsning kasbiy shakllanishi. Shaxsning k



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə3/4
tarix16.04.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#98782
1   2   3   4
Xarakter va kasbiy sifatlar. Qobiliyatlar, ularning tabiiy asosl

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Verbal
Kommunikatsiya. Kommunikatsiya - bu odamlarning o’zaro ish faoliyatidagi bir - biri bilan bo’lgan axborot ayirboshlashuvi. Boshqacha aytganda, kommunikatsiya – bu muloqot.
Har qanday ma’lumotni ishoralar tizimi orqali uzatish mumkin. Bu borada verba lva noverbal kommunikatsiya turlarini ajratmoq lozim. Verbal – kommunikatsiya – bu nutq. Noverbal - nutqsiz, so’zlashuvsiz kommunikatsiyadir. Noverbal kommunikatsiya usullari nutq bilan so’zlashuvni to’ldiradi. O’rtacha olganda kishi bir kunda 30 daqiqa atrofida so’zlashadi. Verbal kommunikatsiya orqali axborotning taxminan 7% uzatiladi (ishbilarmonlar orasida muloqotda 35%), noverbal muloqotda sea 60% dan 70% gacha axborot uzatiladi. Shuning uchun ham, ming marotaba eshitgandan ko’ra, bir marotaba ko’rgan afzal deyishadi. Boshqacha aytganda, noverbal kommunikatsiya nutqiy so’zlashishga qaraganda ma’lumotlarga ancha boydir.
Verbal kommunikatsiya. Ritorika. Verbal kommunikatsiya - bu so’zlashish. Ritorika - notiqlik sana’ti bo’lib kishidan chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuzi) ni talab qilgan. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, miloddan avvalgi III-II asrlarda tizimli fan shaklini olgan. Ishbilarmonlik ritorikasi - bu samarali, tasdiqlovchi va asoslangan so’zlashuv haqidagi fan.
Ritorika inson muloqotining barcha-axloqiy, hissiy, mulohazali yoki mantiqiy sohalarini qamrab oladi. Shuning uchun ritorika nafaqat tadbirkorlik maqsadlarining shakllanishida, balki odamlarning qarashlari, fikrlari, jamoalarning va jamiyat qarashlarning qaror topishida ishtirok etadi.
Ritorikani o’rganish quyidagi amaliy masalalarni yechishga yordam beradi:
- umumiy va ishbilarmonlar orasidagi muloqot madaniyatini;
- sizni qiziqtirayotgan shaxslar, tashkilotlar va tuzilmalar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o’rnatish;
- muzokaralarga tayyorgarlik ko’rish va ularni muvaffiqaytli tarzda o’tkazish;
- firmaning samarali tijorat kompaniyasini tashkil etish;
- jamoada ijodiy muhitni yaratish;
- korxonada qulay psixologik muhitni yaratish;
- so’zlashuv usullari orqali boshqaruvni takomillashtirish.
Telefon suhbatlarini olib boorish etiketi
Kun davomida biz bir necha bor telefon go’shagini olib mijozlar-u hamkorlar, hamkasaba-yu ishbilarmonlar, do’stlar va oilamiz bilan gaplashamz, ammo bu vositadan mohirona foydalanish oson ish emas.
Telefon orqali yoqimli tarzda o’zini tanishtirish-suhbat boshlashning eng yaxshi yo’li. Bu tanishtirish iloji boricha qisqa bo’lishi va firma nomi, ismi-sharifingiz (kerak bo’lsa bo’limingiz nomi va murojat shaklini o’zida qamrab olishi kerak, chunki qo’ng’iroq qiluvchida kom bilan gaplashayotganligi haqida aniq tasavvur hosil bo’lishi lozim.
Ism-sharifini aytgan chog’ida qo’ng’iroqni qabul qiluvchi ovoz intonatsiyasini go’yo savol berayotgandek baland qilishi kerak, chunki bu qo’ng’iroq qiluvchini o’z iltimosi yoki fikrini aytishga chorlaydi.
Agar suhbat qurish qo’lingizdan kelsa, uni mustahkamlash kerak.Kim ko’proq savol bersa, u suhbatni olib boradi, uni boshqaradi.“Ochiq qolgan savollar” hamkoringizni muloqot qilishga undaydi. Gapiruvchining gapini bo’lish odobdan emas. Agar suhbatdoshingiz bir nima demoqchi bo’lganini, ammo gapirmayotganini sezib qolsangiz, unda u sizni hurmat qilgani haqida xulosa qilishingiz mumkin.
Yaxshi tayyorlanish - deyarli yutuqqa erishish demakdir!
Telefonda gaplashishdan oldin, suhbatga chorlaydigan kishi kim bo’lishidan qat’iy nazar xursandchilik bilan telefon go’shagini oling. Narigi go’shakdagi suhbatdoshingiz yuzingizni ko’rmasa ham, chehrangizdagi tabassumni sezib turadi. Telefon orqali so’zlashuvda so’zlarni to’g’ri tanlash, ya’ni ritorika, muvaffaqiyatning faqatgina 7 % ni ta’minlaydi, qolganini esa o’zingizni tutishingiz, ovozingizning yoqimliligi hal qiladi.



Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin