Xarazmshohlar davlati va uning yuksalishi


Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy



Yüklə 237,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix21.06.2023
ölçüsü237,87 Kb.
#133398
1   2
2 MAVZUGAAA

 
Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy 
markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, 
Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga 
kirgan 
Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, 
chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi 
davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri buyuk ipak 
yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi. Xorazmshohlar davlati davrida -yirik 
siyosiy birlashmaning vujudga kelishi bilan davlatning siyosiy mavqei oshdi. 
Bu esa o‘z navbatida hunarmandchilikning, savdoning rivojlanishiga, 
shaharlarning yuksalishiga zamin yaratdi. Ulkan mintaqada siyosiy yaxlitlik va 
barqarorlikka 
erishilishi 
natijasid 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning 
rivojlanishida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Arxeologik izlanishlar, yozma 
manbalar guvohligiga ko‘ra sun‘iy sug‘orishga katta e‘tibor berilib, vohalar 
imkonidan iloji boricha keng foydalanishga harakat qilingan. Natijada 
dehqonchilikniig rivojlanishida uzilish bo‘lmagan. Turli hil qishloq ho‘jalik 
mahsulotlari yetishtirilgan. Ulardan yuqori hosil olingan. Shaharlarda hayot 
qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab 
chiqarilgan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyim- kechaklar
gilam, poyondoz, teri, jun, yog‘-moy, sovun, qurol-aslaha, egar-jabdug‘lar, ho‘l 
meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar ham 
ichki bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda tegishli davlat 
idoralarining hissasi ham katta bo‘lgan. Chunonchi, doim bo‘lganidek 


muxtasiblar bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning sifati, toshu tarozuning 
ahvolidan xabardor bo‘lishni to‘xtatmaganlar. Karvon yo‘llarida to‘xtash 
joylari, suv omborlari, havzalari qurilgan yo borlari ta‘mirlangan, katta 
karvonlarni qo‘riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy pahlavonlari ham jalb 
etilgan. 
Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga 
aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, 
Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan. 
Xorazmshohlar davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining ijtimoiy turmush tarzi 
yashi bo‘lishi uchun hukmdorlar alohida ahamiyat berganlar. Jumladan, 
Xorazmshoh Takash o‘z farmonlaridan birida raiyatga nisbatan adolatli 
bo‘lshga, dehqonlarning manfaatini himoyaga qilishga, soliqlarni olish 
jarayonida qonunlarga to‘liq rioya etishga amr qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh 
ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini soliqlardan ozod 
etgan. 
Xorazmshohlar davrida dehqonlarning turmush tarzi ancha yuqori bo‘lgan. 
Xukmdorlar va iqto egalari ham dehqonchilikdan yuqori hosil olish uchun 
dehqonchilikka ko‘p mablag‘ sarflab, qishloqning iqtisodiyotiin qo‘tarishga 
harakat qilganlar. Takashning munshiysi -shaxsiy kotibi Muxammad Bag‘dodiy 
At-tasviri ila-t-tarassul (Muxim nomalar bitish yo‘l-yo‘riqlari) asarida o‘sha 
davrdagi axvolni yozib qoldirgan. 
Bu davrdagi voqea-hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va to‘g‘ri xolis xulosalar 
chiqarishi mumkin bo‘lgan inson Shahobiddin An-Nasaviy Sulton 
Muhammadning hukmronligini yuksak baholab shunday deydi: «Uning amalga 
oshirgan ishlari nihoyatda ulug‘ edi, otasi unga Xuroson va Xorazm 
hukmdorligini meros qoldirdi, u bunga Iroq va Mozandaronni ham birlashtirdi. 
Shu bilan birga, qo‘l ostiga Kirmon, Kesh, Seyiston, G‘ur, O‘azni, Bomiyon 
mamlakatlarini, Hindistonning vodiylariga qadar maskanlarni qo‘shib oldi. Bu 
ishlarning hammasini qilichlar qindan chiqarilmasdan, hatto qinlar yelkalarga 
osilmasdan amalga oshirildi, bu mamlakatlarni ortiqcha kuchsiz, kurashsiz, 
zo‘ravonlik va vayronagarchiliksiz, faqat tahdid va qo‘rqitish bilan bosib oldi. U 
o‘z qo‘l ostiga to‘rt yuzga yaqin shaharlarni birlashtirdi. Boshqa birov 
bo‘lganda bu darajada muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechardi, u esa bir og‘iz 
so‘z bilan qo‘l ostiga shuncha miqdordagi mulkni to‘pladi». Anushteginlar 
davrida madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan 
to‘ldirish, iste‘dod egalarining boshini silash, asrab-avaylash odati saqlanibgina 
qolmay, yanada rivoj topdi. Ziyo maskani bo‘lmish kutubxonalar faoliyatiga 
katta e‘tibor berilgan. Masalan, Buxoro viloyatidagi shaharlardan birida 
fuqarolar, ya‘ni umumiy kutubxona mavjud bo‘lib, unda saqlanadigan 
qo‘lyozma asarlar g‘oyatda noyob hisoblangan. Xuddi shunday kutubxonalar 
o‘lkaning boshqa yerlarida ham, masalan, Xorazmda bo‘lgani ma‘lum. 


Madrasalarga kelsak, manbalarda yozilishicha, bunday bilim maskanlari 
saltanat markazi Xorazmdan tashqari Nishopur, Isfahon va boshqa shaharlarda 
ham qad ko‘targan. Ularda o‘qish jarayoniga juda katta mas‘uliyat bilan 
qaralganini shundan ham bilib olsa bo‘ladiki, Madrasa rahbari va mudarrislar 
oliy hukmdor yo uning joylardagi noibining maxsus buyrug‘i bilan 
tayinlanganlar. Chunki har qanday jamiyat, u qanchalik turli imkoniyatlarga ega 
bo‘lmasin, agar shu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga qodir mutaxassislar 
bo‘lmas ekan, ular og‘izda qolaveradi. Mutaxassislar esa tarbiyalanadi, 
parvarish etiladi. Xorazmshohlardan Otsiz, Takashlarning shu ma‘nodagi 
buyruqlarini tahlil qilarkanmiz, ular mazkur haqiqatni juda to‘g‘ri 
anglaganliklari namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ta‘lim va tarbiya, fan 
sohalariga mutasaddilarning ilmli, iymonli, hurmatli, halol bo‘lishlariga katta 
e‘tibor bilan qaraganlar. Mazkur siyosat o‘z mevasini ham bergan. Bahoviddin 
Marvaziy, Abu Ali Hasan Buxoriy, Zahiriddin G‘aznaviy, Ismoil Jurjoniy
Faxriddin Roziy, Maxmud Zamahshariy, Abulfath Xorazmiy, Abulqodir 
Jurjoniy, Sirojiddin Xorazmiy, Rashididdin Votvot, Sayfi Isfarangiy, Ziyo 
Xo‘jandiy, Najmiddin Kubro, Majididdin Xorazmiy kabi o‘nlab matematiklar, 
yulduzshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, 
mutassavvuf olimlar shular jumlasidandir. Albatga, biz va hamkasblarimiz 
mazkur ro‘yxatni yanada davom ettirib, ularning har biri haqida ko‘plab qog‘oz 
qoralashimiz mumkin. Ammo bu alohida tadqiqot uchun mavzu bo‘lgani 
sababli quyida ularning ba‘zi birlarining e‘tiborga molik jihatlariga diqqatni jalb 
etmoqchimiz. Qutbiddin Muhammad va Otsiz zamonlarida mashhur tibbiyot 
olimi Sayyid Ismoil Jurjoniy faoliyat ko‘rsatib, bir qator qimmatli asarlar 
yaratgan. Ular orasida Qutbiddin Muhammadga bag‘ishlangan «Zahirayi 
Xorazmshohiy» asari alohida o‘rin egallaydi. Bu asarning qimmati shu qadar 
bo‘lganki, Jolinus (Galen), Muhammad Zakariyo, Ibn Sino, Abu Sahl Masihiy 
asarlari bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi eng muhim asar va manbalardan 
biri sifatida qabul qilingan. O‘n ikki jilddan iborat bu asar tibbiyotning barcha 
yo‘na- lishlari, tashrih, oddiy va murakkab dorilar haqidagi tadqiqotlarni o‘z 
ichiga olgan. U arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ismoil Jurjoniyning eng 
katta xizmatlaridan biri shundaki, u Ibn Sinodan keyin tibbiyot sohasidagi 
barcha yo‘nalishlarni yangi tadqiqotlar asosida qaytadan bayon qilib chiqqan. 
Olim faoliyatining biz uchun qadrli tomonlaridan yana biri shundaki, Ibn Sino 
yurtimizdan «bir chiqib» qolgan yagona buyuk tibbiyot olimi emas, balki bu 
soha undan keyin ham bizda yuksak darajada taraqqiy qilib kelganligi ma‘lum 
bo‘ladi. Zero, o‘tmishdagi olimu fozillarimiz ilmu tafakkurga doimo sodiqpik 
bilan xizmat qilib kelganlar. Ularning sodiqlik to‘g‘risidagi tushunchalari 
vatanga nisbatan ham yuksak darajada edi. Buni biz mashhur mutasavvuf olim 
va shoir Najmiddin Kubro misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Ulkan hududda markazlashgan davlatning tashkil topganligi turli xalqlar 
o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarni nihoyatda rivojlanishiga olib 


keldi, o‘zaro urushlarga chek qo‘yilib, xalqning tinchligi ta‘minlandi. Mirzo 
Ulug‘bek bu holatni shunday ifodalaydi: «Mo‘tabar tarixlarda bitilmish va zikr 
etilmishkim, Sulton Muhammad Xorazmshoh zamonida Eron va Turon davlati 
bag‘oyat osoyishtalikda va solim edi. Chunonchi, agar ko‘zi ojiz kampir qizil 
oltin to‘la tashtni boshiga qo‘yib Mashriqdan Mag‘ribga jo‘naydigan bo‘lsa, 
biror jonzot unga daxl qilmagan. Shoh shu darajada kuchaydiki, mamlakatda 
birorta ham o‘g‘ri qolmadi». 
Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Xorazmda bo‘lgan arab sayyohi va geografi Ibn 
Yoqut ham Xorazmning yuksak darajada taraqqiy etgan o‘lka ekanligini qayd 
qilib o‘tgan edi.G‘arb, xususan, rus tarixchilari Sulton Alouddin Muhammad 
hukmronligi davrini o‘ziga xos «Renessans» davri, ya‘ni «Xorazm Uyg‘onish» 
davri deb ataganliklarini hisobga olsak, uning naqadar buyuk hukmdor 
bo‘lganligini ko‘ramiz. 
Sulton Alouddin Muhammadning yuksak madaniyatli va ma‘rifatli shaxs 
bo‘lganligi shubhasizdir. U yoshligidanoq saljuqiylar davlati poytaxti Marvda, 
shuningdek, o‘sha davrda SHarqning eng go‘zal va katta shahari hisoblangan 
xorazmshohlar poytaxti Gurganjda zamonasining buyuk allomalaridan yetarli 
bilim olgan. 
Xorazmshohlar davri fan va madaniyat yuksalgan, chunki Xorazm an‘anaviy 
ravishda fan va madaniyat beshigi bo‘lib kelgan. Shuningdek, Xorazmshohlar 
davrida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiy etgan va davlat arboblari ham ilm-ma‘rifatli 
bo‘lgan. Xorazmshohlar zamonida ayni shu ikki omil o‘zaro uyg‘unlashgan edi. 
Xorazmshohlarning barchasi chuqur bilim egasi edilar. Ular ham dunyoviy, 
ham diniy bilimlarni egallaganlar. Masalan, Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan
ko‘plab nazm namunalarini yoddan aytib bera olgan, san‘at va ilmga katta ixlos 
bilan qaragan. Ruboiylaridan birida u shunday deydi: «Dunyo beliga urilgan 
tamg‘a mening farmonimdir, falak qulog‘idagi halqa mening paymonimdir. 
Bugun shunday saltanatni qo‘lda tutsamda, do‘st rizoligiga erishish mening 
iymonimdir». Takash, El- Arslon, Sulton Muhammad va xorazmshohlarning 
boshqa namoyandalari ham keng bilimli, she‘r va san‘atni qadrlovchi 
bo‘lganlar, nazmda ijod qilganlar. Takash esa ayniqsa ud chalishni o‘rniga 
qo‘ygan. 
Ulug‘ qobiliyatli sarkarda, mohir diplomat va ma‘rifatparvar hukmdor 
bo‘lmaganida, Sulton Alouddin Muhammad bu qadar yuksaklikka 
ko‘tarilmagan, o‘zi esa, buyuk hukmdorga, Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm 
va Movarounnahr yuksak fan va madaniyat markaziga aylanmagan bo‘lardi. 
Bularning barchasi Sulton Alouddin Muhammadning adolatli hukmdor hamda 
fan va madaniyat homiysi bo‘lganligidan dalolat beradi. Uning vaziri 
Shahobiddin Xivaqiy o‘z davrining eng bilimli, ma‘rifatli davlat arboblaridan 
bo‘lgan. Islom dini qonunlarini mukammal bilgan. Davlat boshqaruvining 
barcha masalalarida o‘ziga xos mustaqil fikrga ega bo‘lib, doim adolat 


yuzasidan ish ko‘rgan. An-Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh Sulton 
Muhammad barcha ishlarda dono vaziri Shaxobiddin Xivaqiy bilan 
maslahatlashgan va uning fikrlariga quloq solgan. 
Mo‘g‘ullar hujumi jarayonidagi voqealar bu ulkan saltanatning siyosiy asoslari 
ancha bo‘sh ekanligini ko‘rsatdi. Mamlakatdagi turli siyosiy kuchlar o‘rtasidagi 
hokimiyat uchun kurash, xalq millat uchun og‘ir kunlarda dushmanga qarshi 
yakdil bo‘lib birlasha olmaslik, aksincha, o‘zaro nizo, fisqu-fasodlarning yanada 
kuchayishi, oxir-oqibat saltanatni halokatga olib keldi. Zamondoshlarini va 
keyingi avlod vakillarini hayron qoldirib, juda qisqa muddatda (uch yil 
davomida) mag‘lub bo‘lgan bu ulkan saltanatning va uning hukmdori 
Xorazmshoh Sulton Muhammadning achchiq taqdiri hozirgi avlod uchun 
achchiq saboq bo‘lmog‘i lozim. Zero, tarix saboq olish uchun manbadir. 

Yüklə 237,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin